Mavzu: Fuqarolik, oila va mehnat huquqini o`qitishning nazariy-huquqiy asoslari Reja



Download 31 Kb.
bet1/5
Sana26.06.2022
Hajmi31 Kb.
#705771
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9fmvEAn4YYNnc7ieQOmL8z5nCeKlwsAG07YvUuZa


Mavzu: Fuqarolik, oila va mehnat huquqini o`qitishning nazariy-huquqiy asoslari




Reja:
Fuqarolik huquqi tushunchasi.
Oila huquqi asoslari, oila, uning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati.
Mehnat huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va sub'ektlari haqidagi bilimlarni yetkazib berish yo‘llari.


Fuqarolik huquqi tushunchasi.
Fuqarolik huquqi – huquqiy jihatdan tenglikka, mulkiy jihatdan mustaqillikka va erk muhtoriyatiga asoslangan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir.
Fuqarolik huquqining mohiyati u tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar mazmunida o‘z ifodasini topadi. Yuqorida bunday ijtimoiy munosabat g‘oyatda keng doirani qamrab olishi qayd etib o‘tilgan edi. Bunday munosabatlar, eng avvalo, kishilar va boshqa subyektlar o‘rtasidagi moddiy va nomoddiy ne’matlarga nisbatan odatdagi kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan doimiy, takrorlanib turuvchi harakatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini belgilashga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bunday munosabatlarning asosiy qismini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi.
Fuqarolik huquqiy normalar asosan muayyan ekvivalentlik (barobarlik, teng qiymatlik) bo‘yicha belgilanadigan qiymat, baho, hajm, miqdor bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko‘riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy munosabatlardagi ekvivalentlik subyektlarni manfaatdorligini va adolatni ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Fuqarolik huquqiy normalar orqali moddiy-iqtisodiy munosabatlar maxsus yuridik shaklda ya’ni, mulkiy huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiriladi va mustahkamlanadi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ham ishlab chiqarish munosabatlarining ham iste’mol munosabatlarining huquqiy shakli sifatida ko‘riladi. Bunday munosabatlarga subyektlar o‘z erki irodasi bilan, o‘z manfaatlarini ko‘zlab kirishadilar. Bu holat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning eng muhim belgisi hisoblanadi.
Mulkiy munosabatlarning katta guruhini mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlarning vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tashkil etadi. Jumladan, xususiy mulkdor va uning vakolatlari, ommaviy mol-mulkning huquqiy rejimi, Fuqarolik-huquqiy munosabat xususiyati Kirishadigan munosabatda erkirodaning mavjud bo’lishi Fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtirokchilar ma’muriy maqomidan qat’i nazar tengligi Mulkiy munosabatlarda ishtirokchilarning mulkiy mustaqilligi 18 ixtirolar, fan, adabiyot, san’at asarlarini tijorat muomalasida bo‘lishi bilan bog‘liq munosabatlar shular jumlasidandir.
Shartnoma majburiyatlarining ko‘pchiligi ham mulkiy harakterga ega bo‘ladi. Bular jumlasiga oldi-sotdi, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish, turar-joylarni ijaraga berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, yuk va yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq shartnomalarini kiritish mumkin. Fuqarolik kodeksining 2-moddasida shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlar bilan bog‘liq majburiyatlar haqida ham so‘z yuritiladi. O‘zga munosabatlar bunday boshqa majburiyatlar zarar yetkazish (delikt) bilan bog‘liq munosabatlar, qonuniy vorislik bilan bog‘liq munosabatlar, asossiz boylik orttirish (kondikt) bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lishi mumkin. Fuqarolik huquqiy normalar ta’siri ostida bo‘lgan mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sof shaxsiy munosabatlar (shaxsiy nomulkiy munosabatlar)ga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlarda mulkiy munosabat shaxsiy munosabatlarni keltirib chiqaradi yoxud aksincha shaxsiy munosabat mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, ijodkor ijodiy asarini yozishi natijasida uni o‘z asariga nisbatan mualliflik huquqi ya’ni, muallif sifatida e’tirof etilish shaxsiy huquqi vujudga keladi va ushbu huquq negizida asar tijorat muomalasiga kiritilsa, asardan foydalanganlik uchun haq olish huquqiy vujudga keladi. Bundan tashqari xizmat tartibida berilgan topshiriq natijasida haq olgan xodim tomonidan intellektual mulk obyekti yaratiladi hamda ushbu obyektga nisbatan unda mualliflik huquqi vujudga keladi. Mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sof shaxsiy munosabatlar baho, qiymat bilan ifodalanmaydigan, subyektdan begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan, uning muayyan xususiyatlari ya’ni, sha’ni, qadr-qimmati, o‘z tasviriga bo‘lgan huquq, xususiy hayot sirlari, oilaviy sirlari, shaxsni individuallashtirish xususiyatlari bilan bog‘liq munosabatlardir. Masalan, har qanday fuqaro jamiyatda kishilar o‘rtasida o‘zining ismi-sharifi bilan taniladi (FKning 19-moddasi). Bunday shaxsiy huquqlar qonunda belgilangan yoki belgilanmaganidan qat’i nazar mavjud bo‘lishi mumkin. so‘nggi vaqtlarda shaxsiy huquqlarni amalga oshirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida fuqarolik qonun hujjatlari doirasi kengayib borayotganligini ta’kidlash lozim.
Binobarin fuqarolik huquqiy munosabatlar quyidagi munosabatlarni tartibga soladi:
1) fuqarolik muomalasi ishtirokchilari (fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat)ning huquqiy holatini vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar. Fuqaroning huquq va muomala layoqati mazmuni, yuridik shaxslarni tashkil etish va boshqarish tartibi, davlatning fuqarolik huquqiy munosabatda ishtirok etishining o‘ziga xos xususiyatlari;
2) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar;
3) intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlar, ularni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar;
4) shartnoma majburiyatlari bilan bog‘liq munosabatlar;
5) boshqa majburiyatlar bilan bog‘liq munosabatlar;
6) boshqa mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlar.
Fuqarolik kodeksi 2-moddasi to‘rtinchi bandiga asosan mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlar agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlar mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Masalan, oilaviy huquqiy munosabatlarda ixtiyoriy aliment to‘lash fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. Alimentni majburiy tartibda undirish esa oila huquqi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni uchinchi turini korporativ munosabatlar tashkil etadi.
Yaqqol namoyon bo‘ladigan mulkiy ham, shaxsiy ham harakterga ega bo‘lmay, balki ko‘proq tijorat yuridik shaxslarini tashkil etish, ularni faoliyatini amalga oshirish, boshqarish, qayta tashkil etish, tugatish bo‘yicha uning muassislari, mulkdorlari, ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, tijorat yuridik shaxsni tashkil etish bo‘yicha umumiy yig‘ilishni chaqirish, uning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, tijorat yuridik shaxsi faoliyati to‘g‘risida, tijorat yuridik shaxs boshqaruv organlarining ishtirokchilarga axborot berishi kabilar.
Korporativ munosabatlar Fuqarolik kodeksining 2-moddasida o‘z ifodasini topmagan. Biroq, ularning mavjudligi, o‘ziga xos xususiyatlari xo‘jalik protsessual qonunchiligida belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, korporativ munosabatlar harakteri tijorat yuridik shaxslar huquqiy maqomini belgilovchi qator qonunlar, jumladan “Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik 20 shirkatlari to‘g‘risida”gi qonun va shu kabi qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqi ushbu munosabatlarni tartibga solish uslubi va bunday munosabatlarni doirasi va xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqi bilan yondosh, turdosh bo‘lgan huquq sohalari –oila huquqi, mehnat huquqi, xalqaro xususiy huquq hisoblanadi. Ular bilan umumiylik shundan iboratki, fuqarolik huquqining ko‘pgina kategoriyalari, institutlari ushbu turdosh huquq sohalarida ham qo‘llaniladi. Shuningdek, fuqarolik huquqiy normalar ushbu huquq tarmoqlari uchun subsidiar huquqiy tartibga solish funksiyasini bajaradi. Lekin ular o‘rtasida alohida o‘ziga xosliklar ham mavjud. Masalan, oila huquqi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni o‘rgansa ham, undagi ishtirokchi subyektlar doirasi cheklangan. Oila huquqi erxotin, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi, yaqin qarindoshlar, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi, farzandlikka olish, davlat organlarining oilani mustahkamlash, oilaga, voyaga yetmagan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatishga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Nikoh va oilaga oid munosabatlar maxsus huquqiy manba – O‘zbekiston Respublikasi oila kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Oila huquqida shaxsiy huquqiy munosabatlar ustunlik qiladi va uning hosilasi sifatida mulkiy munosabatlar vujudga keladi. Ushbu holat oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabat mohiyatini aks ettiradi. Masalan, mulkiy harakterdagi aliment majburiyatlari boshqa mulkiy majburiyatlardan emas balki, shaxsiy, oilaviy (nikoh asosida erxotinlik, bobo va nabira o‘rtasidagi qarindoshlik) munosabatidan kelib chiqadi.
Oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi qonun bilan qat’i belgilab qo‘yilgan. Jumladan, ota-onaning o‘z voyaga yetmagan farzandarini boqish va tarbiyalash majburiyati, voyaga etgan bolalarning mehnatga layoqatsiz ota-onalariga ta’minot berish majburiyati. Bu o‘rinda shuni ham unutmaslik lozimki, ba’zi mulkiy munosabatlar garchi ular oila a’zolari o‘rtasida amalga oshirilsa ham masalan, oldi-sotdi, hadya, ijara, ayirboshlash shartnomasi oila huquqi normalari bilan emas, balki fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar mehnat munosabatlari hisoblanadi va alohida huquq tarmog‘i bo‘lgan mehnat huquqi bilan tartibga solinadi.
Mehnat shartnomasi, mehnat muhofazasi, mehnat intizomi, ta’tillar, ish haqi va mukofotlar, ish vaqti va dam olish vaqti, ijtimoiy sug‘urta va mehnat bilan bog‘liq boshqa huquqiy munosabatlar garchi xususiy munosabatlarga o‘xshab ketsa ham mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlari tizimini shakllanishi va rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish va tadbirkorlik subyektlari huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha munosabatlar sohasiga alohida yondashuv bo‘lishini taqazo etmoqda. Bugungi kunda bu sohada juda ulkan normativ-huquqiy negiz mavjud. Shu munosabat bilan tadbirkorlik huquqi (biznes huquqi, xo‘jalik huquqi) alohida huquq tarmog‘i mavjud degan nuqtayi nazarlar ham ilgari surilgan. Bu o‘rinda shuni qayd etish o‘rinliki, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normalar ko‘lami fuqarolik-huquqiy harakterga ega (tijorat yuridik shaxslari maqomi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni rasmiylashtiruvchi xo‘jalik shartnomalari va shu kabilar). Shu sababli ham ba’zi olimlar tadbirkorlik huquqi mustaqil huquq tarmog‘i emas, balki kompleks huquq tarmog‘i (ya’ni, o‘zida ham fuqarolik-huquqiy ham ma’muriy-huquqiy normalarni birlashtiruvchi) deb hisoblaydi.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish