II BOB Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq-atvoriga
ta`sirini o`rganishning metodologiyasi
2.1 O`quvchilar xulq -atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi
2.2 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatlari va tasavvurlarini o`rganishning natijalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim va tarbiyaning dolzarb roli ortib boradi. Zero, ta`lim O`zbekiston xalqi ma`naviyatidagi yaratuvchanlik faolligini keltiruvchi uzluksiz jarayondir. O`sib kelayotgan avlod vakillarining barcha qulay imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasbiy tayyorgarligi, mahorati uzluksiz ravishda takomillashadi, ajdodlarning bebaho tajribasi ularga
meros sifatida uzatiladi. Yoshlar, ularning iqtidorlik va bilim olishga layoqati, uquvchanligi ta`lim jarayonida takomillashadi va xulq-atvor qadriyatlar tushunila boshlanadi. Har bir inson o`zicha takrorlanmasligi tufayli jamiyat har bir shaxsning xarakteri va o`ziga xosligini qo`llab - quvvatlaydi, uning madaniyatni yanada yuksak darajasiga ko`tarishga ta`sir etuvchi yangi fazilatlari
va hislatlarini umumlashtiradi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida
tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o`z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas, degan fikrlari izchil ravishda ilmiy
tadqiqotlarni olib borishni talab qilmoqda. Mazkur g`oyalar «Ta`lim to`g`risida» gi Qonunda rivojlantirilgan bo`lib, ular muhim nazariy hamda metodologik ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi va ular hulq atvori ijobiy tarzda shakllantirishning dolzarbligidan kelib chiqib, biz tadqiqotning asosiga kchik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs xulq-atvor fazilatlarining shakllanishiga sabab bo`luvchi ijtimoiy psixologik omillar, pedagogik shart-sharoitlarni belgilash va xulq-atvor tasavvurlar, tushunchalarning bu borada psixologik mexanizm sifatida o`rni borligi g`oyasini oldik.
Turli taraqqiyot davrlarida inson psixologiyasi va shaxsi o`zgarishi qonunlaridan kelib chiqqan holda, biz kichik maktab yoshi davrini xulq atvor
kategoriyalarni faol ravishda o`zlashtirish va shu asnoda xulq-atvor tasavvurlar
shakllanishi uchun eng senzitiv-qulay davrdir, deb tanladik. Zero, aynin shu
davrda shu davrda shaxsning o`zini o`rab turgan muhitdagi eng nodir xulq-atvor
qadriyatlarga nisbatan munosabatlari faollashadi, ularni o`zlashtirish orqali, hulq
atvor tasavvurlarini va bilimlarini boyitish, uni his-tuyg`ulari va xattiharakatlarida namoyon etishga psixologik jihatdan hozirlik kuchayadi. Bundan
tashqari, ushbu davrda yoshlarning muloqot doirasi kengayadi, o`z-o`zini anglashi, o`z-o`zini nazorat qilishi, jamiyatda o`z o`rnini topish, ijtimoiy mafkuraviy masalalarga nisbatan qiziqishlari ortadi, jamiyatda sodir bo`layotgan o`zgarishlar, madaniyat va ma`naviyat sohasidagi barcha o`zgarishlarga munosabatlar tizimi sayqallashadi. Bu holatlarning barchasi mazkur yosh davrini kurs ishi ob`ekti qilib tanlashga asos bo`ladi.
Kurs ishidan ko`zlangan asosiy maqsad xalqimiz an`analari va maxsus ijtimoiy omillarning kichik yoshdagi o`quvchilarda xulq atvorni o`zgartiruvchan ta`sirini o`rganish va ushbu jarayonni eksperimental tarzda
kuzatishdan iboratdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni
amalga oshirishni rejalashtirdik.
-Xulq atvor muammosini nazariy tahlil qilish va unipsixologik fenomen
sifatida aniqlash.
-Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning xulq atvorni o`ziga xosligini
tadqiq etish.
- Kichik maktab yoshidagi o`quvchilardagi psixologik xususiyatlariga ta`sir etuvchi va ularni o`zgartiruvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etish va aniqlash.
Milliy an`ana va urf-odatlar mohiyatini o`z ichiga olgan xulq atvor tasavvurlarni shakllantiruvchi maxsus ta`lim jarayonidagi va darsdan tashqari
amalga oshiriladigan ijtimoiy tadbirlar kompleksinianiqlash.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq atvor dunyoqarashi va tasavvurlari dinamikasini qayd etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |