Pedagogika va psixologiya


MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALANING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI



Download 1,13 Mb.
bet132/157
Sana14.07.2021
Hajmi1,13 Mb.
#118984
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   157
Bog'liq
умум пед маъруза 2 хориж учун

MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALANING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI.

Reja:

1. “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari.

2. Pedagogik texnologiyaning mezonlari. Pedagogik texnologiyasiga ilmiy-nazariy yondashuvlar. 3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi.

Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari.

«Texnologiya» materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir.

«Texnologiya» fani ham qadimgi yunonistonda paydo bo’ldi va u ikkita so’z – «texne» - san’at va «logos» - o’rganish – dan iborat. Ushbu davrda, bu hunarmandning predmetni tayyorlash san’atiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o’zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatar edi.

Hunar o’rganish individual tarzda amalga oshirilar edi. Ko’pgina hollarda, hunar sirlari, faqat avloddan avlodga, oilaviy qarindosh urug’larga o’rgatilar edi. Avloddagi uzilishlar, ma’lum bir kasb sirlari­ni yo’qolishiga olib kelgan hollar ham mavjud. Misol tariqasida, qadim SHarqdagi machit madrasalarning tashqi va ichki devorlar, gumbazlaridagi naqshlar tabiiy bo’yoqlarining tayyorlanish sirlari yo’qolib ketganini keltirish mumkin. Bu bo’yoqlar hanuzgacha odamlarni o’zining tabiiyligi, chiroyi, ranglari jilosi, takrorsizligi, o’zidan nur sochib turishi, uzoqqa chidamliligi bilan maftun etib kelmoqda.

«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo’lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o’q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo’ldi.

Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo’llari va usullarining murakkab jarayonlarini o’zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo’lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo’ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o’rganish taqozo etiladi.

«Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko’paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi.

«Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. CHunki kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, ommaviy o’qitishni taqozo etdi. YUqorida zikr etilganlar ta’lim asoschisi YA.A. Komenskiyning ilmiy merosini tashkil etadi. «Pedagogika» fanining rivojlanish asosiy bosqichlarini belgilab berishi mumkin

XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining beqiyos va yuqori talablariga javob beradigan pedagogik texnologiyaning paydo bo’lishi ham shu qonuniyatga bo’ysunadi.

Jamiyat va ta’limning rivoji – bu ikkisi yagonalashgan tizim bo’lib, uni «jamiyat-ta’lim» tizimi sifatida tasvirlash mumkin. Bu tizim ishlab chiqarish usuli, o’qitish vositalari va o’qitish tizimi omillari bilan belgilanadi

XX asrning ikkinchi yarmida, ilmiy texnik taraqqiyotning talablari asosida paydo bo’lgan pedagogik texnologiya, uning jadallashuvi uchun xizmat qilmoqda.

Ko’p sonli xorijiy tadqiqotlar ma’lumotlariga ko’ra, «talabalarning to’la o’zlashtirishi» tushunchasi, guruhdagi har bir talaba tomonidan o’quv materialining kamida 80% ga o’zlashtirishini anglatadi. To’la ishonch bilan, isbotsiz aytish mumkin-ki, bunga faqat o’ta mahoratli professor va dotsentlar erishishi mumkin. Oddiy professor-o’qituvchilar tarkibida, o’quv materialining bu darajadagi o’zlashtirilishiga, faqat iqtidorli talabalargina erishishi mumkin. Ommaviy ta’lim sharoitida talabalarning to’la uzlashtirishiga qanday qilib erishish mumkin? Bunda uchta yo’lni ko’rsatish mumkin:


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish