O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“UMUMIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
“Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ta’lim menejmentiga doir fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanish
Bajardi: Ta’lim muasssalarining boshqaruvi
mtaxassislikagi 1-kurs magistranti
Axmadjonova Malika Farhod qizi
Ilmiy rahbar:
p.f.d., professor B.X.Xodjayev
TOSHKENT – 2021
MUNDARIJA:
Kirish ………………………………………………………………….………………. 3
I BOB. TA’LIM MENEJMENTIGA DOIR FANLARNI O'QITISHNING O’ZIGA XOSLIKLARi
1.1-§. Ta’lim menejmentiga doir fanlarni o’qitish tizimining tahlili …………...……... 7
1.2-§. Ta'lim menejmentiga doir fanlarni o'qitishning zamonaviy innovatsion texnologiyalari................................................................................... ………………….15
II BOB. TA'LIM MENEJMENTIGA DOIR FANLARNI O'QITISHDA KAYS-STADY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH AMALIYOTI
2.1-§. Keys-stady texnologiyasini tashkil etish va boshqarish…………………………22
2.2.-§. Ta’lim menejmentiga doir fanlarni o’qitishda keys-stady texnologiyasidan foydalanish …………………………………………………………………………… 30
Xulosa………………………………………………………………………………….40
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………..……...43
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib boromoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi – talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, musatqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi.
Respublikamiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz! Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1 mazmunidagi fikrlaridan ham anglashimiz mumkinki, yoshlar masalasi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan hisoblanadi.
Yosh avlodga ta’lim berish jarayonida nazariy bilimlar bilan cheklanibgina qolmay, ularni amaliy hamda mustaqil fikrlashga o’rgatish, pedagogdan anchagina mehnat va ma’suliyat talab qilinmoqda. Bundan tashqari bugungi kuning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanmay dars jarayonini tashkil qilish ta’lim sifatini kutilgan natijaga erishishishga to’sqinlik qilish mumkin. Shuning uchun pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish, uni mavzuning mazmuniga moslagan holda talabalarga mashg’ulotni qiziqarli qilib tashkil etish juda muhim. Joriy yilning 27-may kuni A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Taʼlimda menejmentning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish taʼlim muassasalarining rahbar va professor-oʻqituvchilari, tajribali rahbar va pedagoglar, oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari pedagoglari, ilmiy xodim-izlanuvchilar va taʼlimda menejment yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjumanda Xalq taʼlimi muassasalarini boshqarishga menejmentning zamonaviy usullarini joriy etish, rahbar xodimlarni taʼlim sohasi menejeri sifatida qayta tayyorlash hamda taʼlimda menejment boʻyicha yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha erishilgan natijalar soha vakillari, rahbar, mutaxassis, olim va professor-oʻqituvchilar tomonidan tahlil qilindi. Shuningdek, ilgʻor tajribalarni umumlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻllarini aniqlash asosida navbatdagivazifalar belgilab olindi. Ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi: Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat.
Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |