Pedagogika va Psixalogiya


Muammoning o`rganilganlik darajasi



Download 431 Kb.
bet3/9
Sana21.07.2022
Hajmi431 Kb.
#832683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5303120751732202219

Muammoning o`rganilganlik darajasi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, milliy qadriyatlarni tiklash, jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan, millatimiz faxri va g`ururi, iftixori hisoblangan ulug` allomalarimizning xizmatlarini holisona baholash, nomlarini abadiylashtirish va shu bilan birga, ularning davomchilarini yaratish umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan vazifalardan biriga aylandi.
Oila va oilaviy tarbiyaga oid qimmatli fikrlar Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri manzil», Alisher Navoiyning «Mahbul ul-qulub», Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari», «Oila» asarlarida o`z aksini topgan. Respublikamizda oila tarbiyasiga oid ishlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, shuningdek, A.Zunnunov, M.Inomova, A.Munavvarov, V.Karimova, O.Musurmonova kabi olimlarning asarlarida keng, batafsil yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ishlari ilmiy nazariy asoslarini o`rganish hamda oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayonining mazmuni, yo`l va usullari bilan tanishish.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash yo`llari, usul va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:

  • oila tarbiyasining ijtimoiy-pedagogik asoslari bilan tanishish;

  • ajdodlarimizning oila tarbiyasi borasidagi qarashlarini to`plash va tahlil etish;

  • oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayonining mazmuni bilan tanishish;

  • oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalarini aniqlash.



I BOB. OILA TARBIYASINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Oila tarbiyasining ijtimoiy-pedagogik asoslari
Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi; xususan, bolada iroda, odatlar, fe’l-atvor, xulq, atrofga munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi. Shu bois turmushda insonni kamol toptirish sharoitlari, ta’sir ko`rsatish imkoniyatlarini izchil o`rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar to`g`risida fikr yuritish mumkin emas. Ma’lumki, oila – ijtimoiy-tarixiy belgiga ega bo`lgan muayyan tuzilishli ijtimoiy guruhning ko`rinishi. Chunonchi, uning a’zolarini qarindosh-urug`chilik, nikoh, turmush sharoiti birligi, odob-ahloq umumiyligi, ma’naviy ehtiyoj mosligi kabi aloqalar o`zaro bog`lab turadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo`lib, biologik, ijtimoiy, ahloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o`zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o`zgarishiga bevosita bog`liqdir.
Oila a’zolarining o`zaro muomalalarini tadqiq qilgan venger sotsiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab o`quvchilarining o`qishga va mehnatga bo`lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhiti (vaziyat, sharoit, holat) omillarini to`rt guruhga ajratadi:

  1. ota-onalarning jamoatchilik faoliyati (ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari);

  2. oila ichidagi munosabatlari (ota va ona munosabati, ota-onalarning buva va buviga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o`zaro munosabatlari);

  3. ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati (ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o`quvchilarga dars tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati);

  4. oilada o`quvchining faoliyati (o`quvchining kundalik tartibi, xo`jalik ishlaridagi muayyan majburiyati) va boshqalar.

M.Komloshi yiqqan materiallarini tahlil qilib, oila muhiti (vaziyati, sharoiti, holatini_uch toifaga: ijobiy, o`zgaruvchan va salbiy toifalarga ajratadi.
Psixolog olim V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o`rganib, baxtli bolalik-bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning hamda ota-onalarning bolalariga g`amho`rligining samarasidir, degan xulosaga keladi. Muallif oilalarni yo`nalishiga qarab, uch toifaga mansub ekanligini ko`rsatib beradi: ijtimoiy-ilg`or yo`nalishdagi oila, ziddiyatli yo`nalishga ega bo`lgan oila, past darajadagi ijtimoiy yo`nalishga mansub oila.
Birinchi toifaga xos bo`lgan oilalar bizdagi oilalarning ko`pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar ahloq printsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, shuningdek har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali (yuksak orzu timsoli) nazarda tutiladi. Ijtimoiy-ilg`or yo`nalishdagi oilalarning voyaga yetgat a’zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg`or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsaga o`z farzandlarida ham havas uyg`otadilar. Oilada goho namoyon bo`ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo`jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallar har xil ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog`lanmaydi.
Oila munosabatlarining ushbu ko`rinishida turli yoshdagi o`g`il-qizlarga maqsadga yo`naltirilgan tarbiyaviy-pedagogik ta’sir o`tkazish tizimi o`z xususiyati bilan ajralib turadi. Unday oilada shaxslararo munosabatda ta’sir o`tkazish sohalari yashiringan holda bo`ladi. Shu boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir bo`lishi turlicha baholanadi va ularga bevosita aloqador oila a’zolari turmush tajribasidan kelib chiqqan holda, rag`batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday odilona amalga tushirilgan muloqot ta’sirida o`g`il-qizlarda do`stlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-harakatida va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari saqlangan holda yangi me’yor va talablarga moslashish, o`z faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zo`riqish davrida o`z-o`zini qo`lga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo bo`ladi.
Oila munosabatlarining yana bir turi «avtoritar» deb atalib, bunda ota-onaning obro`si hal qiluvchi rol o`ynaydi. Oilada ota-oanalarning o`zaro teng huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik o`z ahamiyatini yo`qota boshlaydi. Oila a’zolarining yurish-turish, xatti-harakati ko`pincha cheklab qo`yiladi. Ota-ona tomonidan tarbiyaviy ta’sir o`tkazishning asosiy metodi — jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda rag`batlantirish metodidan foydalanilganda ham, u bolaga ma’naviy ozuqa bermaydi. Farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu tuyg`u uzoqlashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi. Oiladagi o`zaro munosabatlar ularni qondirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlik, havotirlik kabi ijtimoiy me’yor va qoidalarga qiyinchilik bilan moslashishdan iborat xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari ruhiy dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), samimiylik, hayrixohlik kabi yuksak insoniy his-tuyg`ular juda nursiz ifodalanadi. Ko`r-ko`rona va so`zsiz bo`ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan tarbiyaviy ta’sir qo`rqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi.
Oiladagi turmush munosabatlarining aralash yoki qorishma toifasida bola shaxsini shakllantirishning muayyan pedagogik tizimi mavjud emas. Oila a’zolari o`rtasida bo`ladigan muno­sabatlar aksariyat hollarda o`git-nasihat, ahloqiy suhbat, yo`l-yo`riq ko`rsatish bilan bog`lanib ketadi.

Oila a’zolari o`rtasidagi munosabatlar tuzilishini tahminan ushbu tarzda tushuntirib bersa bo`ladi:



  1. buva va buvi hamda oilaning qolgan barcha a’zolari aloqasi;

  2. ota-onaning o`zaro munosabatlari;

  3. ota-ona va farzandlar orasidagi muloqot;

  4. farzandlarning o`zaro munosabatlari tartibi;

  5. kelinning barcha oila a’zolari bilan munosabatlari;

  6. kelinlarning (ovsinlar) o`zaro muloqot qilishlari kabilar.

Teng huquqli oila a’zolari o`zaro inoq va ittifoq bo`lib turmush kechirishlari uchun keksalar ruhiyati er-xotinlar ruhiyati va ma’naviyatidan, turli yoshdagi o`g`il-qizlarning ruhiy xususiyatlaridan (chaqaloqlik, go`daklik, bolalik, kichik maktab o`quvchisi, o`smirlik, o`spirinlik) muayyan ko`lamda bilimga ega bo`lishlari shart.
Vatanimiz psixologlari va sotsiologlarining tekshirishlariga qaraganda, oilaviy tarbiya kamchiliklari turli-tuman ekanligi dalillab ko`rsatilgan, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ildizlar ochib berilgan:
1) bolalarga kattalar tomonidan diqqat-e’tiborning etishmasligi;

  1. farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining mavjud emasligi yoki xohishning yo`qligi;

  2. ota-onalar bilan farzandlar o`rtasida o`zaro tushunishning yo`qligi va unga ikki tomonlama intilishning etishmasligi;

  3. ota-onalarning o`g`il va qizlarga nisbatan qo`pol muomalada

bo`lishlari;
5) ko`r-ko`rona otalik va onalik mehr-muhabbatining hukm surishligi va uning barqaror ahamiyat kasb etmasligi;

  1. oila davrasida, muhitida doimiy janjallarning qaror topganligi va ularni kamaytirish uchun intilishning yo`qligi;

  2. ota-onalarning beqaror his-tuyg`ulari, kayfiyatlari, ularning tartibsiz, tasodifiy xarakterga ega bo`lishligi;

  3. ota-onalarning shaxsiy qiziqishlarining o`zaro mos tushmasligi va tubdan bir-biriga qarama-qarshiligi;

  4. katta-kichik yoshdagi farzandlar davrasida ota-onalarning salbiy xulq-atvorlari hamda ularning ichkilikbozliklari, chekishlari, giyohvandligi, intim qiliqlari;

10) ota va ona o`rtasidagi o`zaro tushunmovchiliklarning surunkasiga davom etib turishi;

  1. oila muhitida adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, o`g`rilik, tovlamachilik, poraho`rlik illatlarining namoyon bo`lishi;

  2. oila turmushining to`ralarcha qonun-qoidasi — shaxsiy manfaatdorlikka ruju qo`yilganligi;

  3. ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy darajalarining past ekanligi;

14) oilada yaxshi an’analar, rasm-rusmlar, urf-odatlarning yo`qligi va ma’lum qolipdagi salbiy xatti-harakatlarga rioya qilinishi, ijtimoiy muhitdan tubdan ajralib qolishligi, loqaydlik kabi qator kamchiliklar va illatlar o`g`il-qizlarni oqilona tarbiyalashga halal beradi, ko`zlangan maqsad sari intilishga g`ov bo`ladi.
Allomalarimiz ta’kidlaganidsk, insonni tarbiyalashdagi eng asosiy yo`l — e’tiqoddir, e’tiqodga esa ishontirish yo`li bilangina ta’sir etish mumkin, holos. Tarbiya ishining muvaffaqiyatli chiqishi uchun tarbiyachilar tinmay o`zlarini tarbiyalashlari kerak.
Faqat ana shu yo`llar bilangina yuqorida ko`rsatib o`tilgan oila tarbiyasidagi hato va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Mazkur mas’uliyatli burchni bajarish uchun ota-onalar o`z ustilarida ko`proq ishlashlari va tarbiya vositalarini takomillashtirishga intilishlari zarur.



Download 431 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish