Pedagogika va Psixalogiya



Download 431 Kb.
bet8/9
Sana21.07.2022
Hajmi431 Kb.
#832683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5303120751732202219

2-bob bo`yicha xulosa
Oilada bolalarni muvaffaqyatli tayyorlashda xalq pedagogikasi o`ziga xos ma’lum tizimga ega bo`lib, bu tizim oilada ota va onaning burchi, vazifalari, farzandlarning ota va ona oldidagi burch, vazifalaridan iborat bo`lib hisoblanadi.
Bu borada xalq pedagogikasi katta imkoniyatlarga ega bo`lib, mazkur imkoniyatlar xalq og`zaki ijodi, diniy ta’limotlar, milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, xalq o`yinlari, o`yinchoqlar, xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi, milliy musiqa, xalq qo`shiqchiligi, tasviriy san’at, tarixiy yodgorliklar, milliy me’morchilik, xalq raqs san’atida namoyon bo`ldi.
Bolalarni tarbiyalash, ularni o`z xalqi, vataniga sodiq, kelajak hayotga o`z o`rniga, ma’lum kasb egasi bo`lishiga, halol, pok, vijdonli, barkamol, ektuk shaxs bo`lib voyaga etishishi ma’lum yo`nalishlar, tarbiyaning ma’lum shakl va metodlari vositasida amalga oshiriladi. Shunga ko`ra bu borada ming yillar davomida tarkib topgan tarbiya yo`nalishlari, shakl va metodlari bo`lib, bu metodlar xalq tajribasida sinalgan hamda ta’lim-tarbiya tizimi orqali avloddan-avlodga o`tib kelgan. Bu metodlar xalq pedagogikasining barcha manbalarida o`z ifodasini topgan bo`lib, yoshlarni muvaffaqiyatli tarbiyalashda bir butun, yahlit tarbiya tizimini tashkil etadi. Shunga ko`ra mazkur metodlarning samaralilarini tanlab olish hamda ulardan yoshlarni hayotga tayyorlashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
Ta’lim-tarbiya muassasalari oila va jamoatchilik tarbiyasini tashkil etishda hal etuvchi vazifani bajaradi. Tarbiyaviy ta’sirni muvofiqlashtirishda u o`z ishini qaytadan tashkil etishi, oilalarga yaqinlashish yo`llarini izlashi, pedagogik ma’lumotlarni kengroq yoyib borishi zarur.
Ta’lim-tarbiya muassasasi, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta’sirini muvofiqlashtirish quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:
- Ta’lim-tarbiya muassasalari jamoasi, ota-onalar qo`mitasi, jamoatchilik kengashi, klublar kitobxonalar, stadionlar, huquqni himoya qilish organlari, uchastka nozirlari va sog`liqni saqlash muassasalari ish rejalarini muvofiqlashtirish, har bir tomon vazifalarini aniqlab berish;
- Ta’lim-tarbiya muassasalari kuchiga tayanib ota-ona va jamoatchilik vakillarini bolalar hamda oilalar bilan ishlashga o`rgatishni tashkil etish;
- tarbiyaviy-tashkiliy ish hamda pedagogik madaniyat tashviqotining ayni paytdagi ahvolini va natijalarini chuqur o`rganish, birgalikda muhokama qilish, navbatdagi ishlarni belgilab olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari oila va ota-onalar bilan asosiy ishini ota-onalar kengashi orqali amalga oshiradi. Bu kengash hamkorlikda faoliyat ko`rsatish rejasiga ega bo`lib, umumiy faoliyat tashkilotchisiga aylanadi, ishni nazorat qilib boradi. Keyingi paytlarda ota-onalar qo`mitasi o`z vakolatlarini to`liqligicha amalga oshirmay, o`z ishida yuzakichilikka yo`l qo`ymoqda. Ular:
- Ta’lim-tarbiya shakl va mazmunini tanlashda qatnashish;
- Ta’lim-tarbiya rejalarini tuzishda ishtirok etish;
- kun tartibini o`zgartirish va uning muhokamasida qatnashish;
- tarbiyalanuvchilarni qobiliyat va moyilliklariga qarab guruhlashtirishda ishtirok etish;
- mehnat va dam olishni tashkil etishda qatnashish;
- tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat ko`rsatishda qatnashish;
- rag`bat va jazo tizimini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ota-onalar qo`mitasi hamda hamkorlikdagi pedagogik madaniyati tashviqoti guruhi ishini muvofiqlashtirish o`z samarasini berishi tayin.
Ota-onalar qo`mitasiga katta hayotiy va pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilarning kiritilishi ko`zlangan maqsadga erishishning asosiy omilidir. Ota-onalar qo`mitasining asosiy vazifasi pedagogik ta’limni tashkil etish va ularni amalga oshirishdir. Pedagogik o`qishlar, ota-onalar universitetlari davra suhbatlari, anjumanlar, ota-onalar maktabi kabilar shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan. Bularning barchasi farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan fuqarolarning pedagogik ma’lumotini oshiradi, o`z farzandlarini yaxshiroq tarbiyalashga o`rgatadi, murakkab muammmolarni hal etishda yordam beradi, yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda qo`l keladi, bolalar bilan dildan suhbatga o`rgatadi.
Pedagogik madaniyat tashviqoti guruhi va ota-onalar qo`mitasi faollari bu o`qishlarga ko`proq oilalarni jalb qilishga harakat qiladi. Aksariat oila boshliqlari o`z farzandlarining qobiliyatli va madaniyatli, tarbiyali va a’lochi bo`lib ulg`ayishlarini xohlaydi. Mana shu tabiiy intilish asosida oila va ta’lim-tarbiya muassasalari o`rtasida iliq munosabat o`rnatiladi.
Ta’lim-tarbiya muassasasi va oilaning hamkorlikdagi faoliyati bolalarda ahloqiy sifat, jismoniy sog`liq, aqliy rivojlanish, estetik didni shakllantirishga qaratilgan.
Shu narsa aniqki, ko`plab oila boshliqlari farzand tarbiyasi borasida malakali pedagogik maslahat va kasbiy madadga muhtojlik sezadilar. Shu sababli pedagogik tashviqotni samarali amalga oshirish va oila bilan haqiqiy aloqa o`rnatish vositalaridan biri-tarbiyalanuvchi oilasiga kirib borishdir. Uyga borish orqali yashash sharoiti bilan tanish, tarbiyaviy ta’sirni kuchaytirish chora-tadbirlarini ota-onasi bilin kelishib olishga erishiladi.
Pedagogik tashviqot olib boruvchi qo`mita a’zolari ota-onalar bilan suhbatlashganda quyidagi masalalarga asosiy e’tiborni qaratishi zarur:

  • oila tarbiyasi shakli va metodlari;


  • bolaning shu yoshdagi psixofiziologik xususiyatlari;

  • ahloqiy, jismoniy, mehnat, aqliy tarbiya shakllari;

  • iqtisodiy, ekologik, ho`jalik, huquqiy tarbiya shakllari;

  • bolalar sohligini mustahkamlash;

  • fuqarolik va vatanparvarlik;

  • ongli intizom, burcha va mas’uliyatni tarbiyalash;

  • oila nizo va o`zaro tushunmovchiliklarini bartaraf etish;

  • ota-onaning jamiyat oldidagi javobgarligi va boshqa kabilar.

Kelajak avlodni tarbiyalash birgina ota-onaning vazifasi hisoblanmaydi, balki keng jamoatchilik aralashuvini talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Bu boradagi keng jamoatchilik harakati ham tarbiyachi-pedagog hodimlar tomonidan amalga oshiriladi.



Download 431 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish