10
TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING INTERAKTIV USULLARI
Jomurodov Do‘stmurod Mamasoliyevich,
Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
Telefon: +998932912012
dustmurod@inbox.ru
Xasanov Zafar Shavkat o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
Telefon: +998975216717
zafarhasanov6717@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish
jarayonining muhim qismi ekanligi va baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan
foydalanish mumkinligi keng yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
talabalar bilimini nazorat qilish, baholash, interaktiv vositalar, onlayn test kon-
struktorlari, platformalar, dasturlar.
bolon deklaratsiyasi amalda boʻlgan ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim tizimiga yangi usullar kirib kelmoqda. bu holat
nafaqat oʻqitishning yangi usullari shakllanishi, balki bilimni baholash jarayonlariga ham ta’sir
etmoqda. Ma’lumki, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish jarayonining
muhim qismi hisoblanadi. bunda asosan har bir talabaning individual koʻrsatkichlari aniqlanadi.
Ya’ni baholash jarayoni turli talabalarning koʻrsatgan natijalarini taqqoslashni koʻzda tutmaydi.
bilimni baholashning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga
asoslanib, oʻqituvchining ta’lim berish natijalarini tahlil qilgan holda, unga keyingi oʻqitish
jarayonini qanday tashkil qilish boʻyicha toʻgʻri qaror qabul qilishga qaratilgan.
hozirda baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan foydalanilmoqda. Shunday
vositalardan biri
Quizalize dir. bu talabalar oʻrtasida test va viktorinalar oʻtkazishga moʻljallangan
ajoyib vosita. Uning yordamida oʻqituvchi dars jarayoni yoki uyga vazifani qiziqarli topshiriqlar
koʻrinishida tashkil etishi mumkin. Oʻqituvchi baholash natijalarini tezda koʻrishi va har bir
talabaning kuchli va kuchsiz jihatlarini osongina aniqlashi mumkin. Viktorinani yaratish jarayoni
juda sodda. bunda saytdan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, “Mening viktorinalarim” boʻlimida
“Yangi viktorina tuzish” tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Viktorina savol va javoblarini
tegishli maydonlarga toʻldirib boʻlgach, uni guruhga sinov tariqasida taqdim etiladi. har bir
savoldan keyin talabaning belgilagan toʻgʻri javobi uchun ballar beriladi va u talabaga koʻrsatiladi.
Talabalar uni tahlil qilishi yoki yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin.
Quizalize – Kahoot, Socrative, Triventy, Quzizz va boshqa onlayn test konstruktorlari singari
qiziqarli online platformalardan biri hisoblanadi. bu platforma orqali dars davomida talabalar
bilimini baholab boorish imkoniyati mavjud. Oʻqituvchi mash’gulot davomida talabalarga taqdim
etgan savollarga ular Quizalize orqali javoblarini belgilab, ball yigʻib boradilar.
har bir talabaning yiqqan ballari har bir savol oxirida alohida namoyish etib boriladi. Talabalar
oʻz ishlarini tahlil qilishlari, yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin boʻladi. Quizalize orqali
qulay tarzda turli viktorinalar ham yaratish, viktorina savollarida media fayllardan foydalanish
imkoniyatlari mavjud. Va albatta oʻqituvchi xoxishiga qarab, vaqt boʻyicha cheklashlar ham
oʻrnatib boriladi.
Talabalarning darsga qiziqishlarini oshirish maqsadida viktorinalarni oʻyin va musobaqa
tarzida tashkil qilish, talabalar reytingidagi oʻzgarishlarni auditoriyada mavjud katta ekranlarda
namoyish qilib boorish imkoniyati ham mavjud. Shu kabi koʻpchilik platformalardan farqli
ravishda Quizalize orqali baholashning vaqt va makonga bogʻliq boʻlmagan holatda ham tashkil
qilish mumkin boʻladi. Talaba oʻziga qulay boʻlgan vaqt va joyda platformaga kiradi va undagi
savollarga javob berish orqali ball yigʻadi.
Quizalize platformasida talabalarga ularning javoblariga qarab darajali testlar berish imkoniyati
ham mavjud. Talabalar guruhi ularning darslardagi ishtirokiga qarab uchga boʻlib olinadi va
bu har bir guruh bilan ularning layoqatiga mos tarzda ishlash imkoniyatini beradi. Mazkur
platformaga: mavzu bayoni yuzasidan pdf fayllar, videodarslar, web-resurslarga giperhavolalar
153
10
ham joylashtirishingiz mumkin. bundan tashqari platformaga talabalar Google classroom logini
orqali ham kirishlari, ya’ni platformani sinxronlashtirish mumkin
kahoot dasturi. kahoot dasturi turli multimedia elementlari – matn, surat va videolardan
foydalanib, talabalar oʻrtasida onlayn test, debat va soʻrovnomalar oʻtkazish imkoniyatiga ega.
bunda talabalar istalgan koʻrinishdagi qurilmalardan foydalanishlari mumkin.
har bir savolga rasm yoki videoni biriktirish hamda bajarish vaqtini belgilash mumkin. bu
oʻyin koʻrinishidagi test jarayonini oʻtkazishda proyektordan foydalaniladi. Oʻqituvchi umumiy
ekranga savol va javob variantlarini chiqaradi. Talaba esa kompyuter, planshet yoki oʻz mobil
telefoni ekranida faqat variantlarni belgilaydi.
Savollarga qanchalik toʻgʻri va tez javob berilsa, shuncha koʻp ball beriladi. bu orqali qaysi
talaba mustaqil va qaysi biri yonidagi kursdoshidan koʻchirayotganini aniqlash oson. Test
soʻngida umumiy natijalar ekranga chiqariladi. har bir talabaning u yoki bu savolga bergan
javobi doimiy saqlanadi va istalgan vaqtda har bir testing natijalarini Excel jadvali shaklida
yuklab olish mumkin. kahoot’ning yana bir jihati shundaki, undagi tayyor test topshiriqlaridan
foydalanib, oʻz testlaringiz sonini koʻpaytirishingiz mumkin.
Oʻqituvchining bunday onlayn servislardan foydalanishi berilgan nazariy bilimlarni talabalar
tomonidan oʻzlashtirilishini va ularning materialni tushunish darajasini qisqa vaqt ichida
aniqlashga yordam beradi. Agarda shu kabi texnologiyalarning baholash tizimini tahlil qilib, uni
baholashning reyting tizimiga kiritilsa, talabalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi ishtirokini yanada
faollashtiradi. bunday vositalar yordamida dars mashgʻulotlarini qiziqarli va quvnoq ravishda
olib borish hamda talabalarni baholashni interaktiv usulda tashkil qilish mumkin. Shu bilan birga
mobil telefon va planshetlar dars jarayoniga toʻsqinlik qiluvchi emas, balki yordamchi qurilmalar
vazifasini bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Xamidov V.S. Erkin va ochiq kodli LMS tizimlar tahlili // infocom.uz jurnali, № 7, 8. 14-
bet, 2013 y.
154
Do'stlaringiz bilan baham: |