Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi II bosqich magistranti Sultanov Dilnura Abdurashidovnaning



Download 41,5 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi41,5 Kb.
#815063
Bog'liq
Dilnura aqriz


Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi II bosqich magistranti Sultanov Dilnura Abdurashidovnaning “Xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv (Rossiya va Аngliya tajribasi asosida)”mavzusidagi dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Taʼlim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar, raqobatbardosh bitiruvchilarga, yaʼni yuqori malakali mutaxassislarga boʼlgan ehtiyoj va talabning oʼsib borishi, ilgʼor texnologiyalarning keng oʼzlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy oʼzgarishlar, chet el investitsiyalari koʼlamining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, oʼquvchilarning iqtidori va qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq ravishda taʼlimga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi, taʼlim berishning ilgʼor pedagogik texnologiyalari, zamonaviy oʼquv-uslubiy majmualarning yaratilishi, taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, innovatsion jarayonlarni tashkil etish, taʼlim mazmunini yangilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga yangiliklarni tatbiq etishda yoʼl qoʼyilayotgan kamchiliklar va mavjud muammolarni bartaraf etish yoʼnalishlarida oʼziga xos talablarni belgilashi keng yoritilgan. Tadqiqot ishining ijobiy jihatlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv bo‘yicha boshqarishni tashkil etish dolzarb pedagogik muammo ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi.
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv bo‘yicha boshqarishda maktab rahbari shaxsining pedagogik imkoniyatlari aniqlandi.
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim maktablarini xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv bo‘yicha boshqarishning pedagogik shart-sharoitlari nazariy va amaliy jihatdan ochib berildi.
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini taʼlim va axborot texnologiyalari vositasida xorijiy davlatlar tajribalari asosida boshqarish tizimini yaratish zarurligi ilmiy jihatdan asoslandi.
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini xorijiy davlatlar tajribalari asosida boshqarish yo‘llari, maktab rahbarlari va o‘qituvchilari malakasini uzluksiz oshirish tizimining afzalligi hamda uning samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali tasdiqlandi.
Tadqiqotchi magistrant Dilnura Sultanova tomonidan ilmiy tadqiqot ishiga qo’yilgan maqsad to’g’ri qo’yilgan bo’lib, xorij tajribasi asosida xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini rivojlantirish, taʼlim standartlariga yangicha yondashuvni tashkil etish hamda taʼlim muassasalari rahbarlari uchun maktabni ilmiy-metodik boshqarishga yo‘naltirilgan tavsiyalar, qo‘llanmalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni o’z oldiga qo’yadi va buni magisrik ishida ochib atroflicha ochib bera olgan.
Ta’kidlash joizki, ilmiy ishning ahamiyatlilik darajasi va unga qo’yilgan talab, undan ko’zlangan maqsad ulkan marralarni ko’zlagan. Tafqiqotchi o’z oldiga xorijiy ta’lim muassasalarining eng ustun taraflarini o’z ishiga qo’shish orqali magistrlik ishining qiymatini yanada orttirgan, o’quvchilarning sifatli ta’lim olish muhitni yanada yaxshilash uchun olib borilayotgan metodikalari ilmiy ishning ahamiyatlilik darajasini orttiradi.
Tadqiqotchi tomonidan muammoning o’rganlganlik darajasi keng tahlil etilgan bo’lib, mavzuga doir ilmiy ishlar quyidagicha klassifikatsiyalangan holda o’rganilgan:
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv bo‘yicha boshqarishning pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va amaliy jihatdan yoritish.
- Xususiy umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida boshqarish tizimini yaratish dolzarbligini asoslash kabi maqsadlarni o’z oldiga qo’ygan.
Ilmiy ish natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati katta bo’lib, istiqbolda xorij tajribasini asosida xususiy maktablrni tashkil etilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda xizmat qiladi.
Tadqiqot ishidan kelib chiqib, olib borilgan tashkiliy va metodik va ishlab chiqilgan pedagogik tavsiyalar berilgan bo’lib, o’z ilmiy ahamiyatiga ega.
Shu bilan birga magistrlik dissertatsiyasida kamchiliklar ham mavjud. Bular: stilistik xatolar bo’lib, lekin kuzailgan bu kamchiliklar dissertatsiyaning mazmuniga ta’sir etmaydi. Tadqiqotning amaliy jihatdan ahamiyati va tadbig’i yuqori deb hisoblaymiz va ishning O’zOO’MTVtalablariga muvofiq deb topamiz.
Sultanova Dilnura Abdurashidovnaning “Xorij tajribasi asosida xususiy maktablarni rivojlantirish va taʼlim standartlariga yangicha yondashuv (Rossiya va Аngliya tajribasi asosida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi tugallangan bo’lib, himoyaga tavsiya etiladi.
Tashqi taqrizchi: Ashurova SanobarYuldashevna
P.F.N, professor O’zbekiston Respublikasi MTV boshqarma boshlig’i o’rinbosari
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish