10
UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH: MAZMUN, METODOLOGIYA,
BAHOLASH VA TA’LIM MUHITI
Jumanova Barno Davletovna
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi
12-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunda maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan
islohatlar va ularning amalda qo‘llanish jarayoni haqida to‘xtalib,,ta’lim sifatining
mazmuni,metodologiyasi,ta’limda baholash va ta’lim metodlari haqida o‘qitish jarayoni bilan
bog‘liq fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim sifati,ta’lim mazmuni, metod, metodologiya, xalqaro baholash, tizim,
bilim, malaka, ko‘nikma, muhit.
Keyingi ikki yil davomida ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy tarzda,belgilangan
talablar asosida tashkil etish bo‘yicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish
zarur”deganlarida o‘qituvchilar zimmasidagi ma’suliyat hissi yana bir bor oshdi desam mubolag‘a
bo‘lmaydi.Yurtboshimiz har bir sinfda o‘quvchilarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib
chiqib,davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini,darsliklarni
eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish zarurligini uqtirdilar.bu bugungi
kun talablaridan biri deb qabul qilindi. O‘quvchilar o‘zlari tanlagan fan yoki kasb bo‘yicha
ko‘nikma hosil qilsa ta’lim sifatining ijobiy darajada ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.bu o‘rinda
biz o‘qituvchilarning vazifasi ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘naltirishdan
iborat.
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.uning bu faoliyati
tufayli o‘quvchilarda bilish havaslari tarkib topa boradi.Agar o‘qituvchi ongli ravishda ularning
qiziqishlarini sifatga aylantira olmasa,ular u yoki bu sohani o‘zlari uchun ideal hisoblab,ko‘p
qirrali bilish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadilar.
O‘quvchining individual qiziqishini to‘g‘ri o‘rganish,baholash va barqarorligiga to‘la ishonch
hosil qilish juda ahamiyatli.Shuning uchun biz o‘qituvchilar o‘quvchi qiziqishini,bilim darajasini
to‘g‘ri ko‘rsatishimiz darkor.buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini,bilimini,uning
boshqa individual- psixologik sifatlarini,ya’ni qobiliyatini,iste’dodini,temperamentini va
xarakterini o‘rganib munosabatga kirishishi lozim.Shunda o‘quvchi o‘zining talab va istaklarini
o‘qituvchiga ochiq aytadi va ustozini yaqin inson sifatida ko‘ra boshlaydi.O‘zi tanlagan soha
bo‘yicha havas bilan o‘qishni boshlaydi.Ta’lim sifati-inson hayoti va faoliyatining sifatini
oshirish,aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan,aniq sharoitlarda talab etilib
olingan bilimlar majmui.buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’limga birinchilardan
bo‘lib yangiliklar olib kirgan.Ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi.Sharqona qarashlarga
yo‘g‘rilgan zamonaviy ta’lim tizimiga yo‘l ochib berdi.
Ta’lim mazmuni ta’limning maqsadiga muvofiq tarzda belgilanadi.Ta’lim mazmuniga umumiy
ma’lumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan bilim,malaka va
ko‘nikmalar ham kiradi.Ta’lim mazmuni o‘quv reja va dasturlari,darslik va qo‘shimcha manbalar
orqali yoritiladi.Maktablarda beriladigan ta’lim mazmuni tarixiy va milliy xususiyatlarga ega.
Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta’limning
mazmuni o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari,fan va texnika taraqqiyoti darajasi
bilan belgilangan.Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lgan iymonli,e’tiqodli,bilimli yoshlarni
tarbiyalab berish bugungi kun ta’limining mazmuni hisoblanadi.
”Metodologoya” tushunchasi keng qamrovga ega bo‘lgan atama hisoblanib,metodlar bilan
birga tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi.hozirgi ta’lim tizimida fan
sohalari metodoligik tushunchalar asosida o‘rganilmoqdi.O‘quvchi dunyoqarashining kengayishi
va atrof-muhitga turli qarashlar bilan munosabat bildira olishlariga zamin yaratadi.O‘quvchilar
faqat ilmiy jihatdan emas,hayot bilan hamohanglik malakalariga ham ega bo‘ladilar.har bir fan
o‘z ko‘lami doirasida uning strukturasini,taraqqiyotini,ilmiy-tadqiqot usullari va vositalari,uning
natijalarini asoslash yo‘llarini,bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rgatadi.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishda o‘quvchilar bilim.malaka va ko‘nikmalarini baholash
155
10
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.baho o‘quvchilarning bilimini,malakasini,ko‘nikmasini
aniq ko‘rsatadigan o‘lchov mezonidir.O‘qituvchi har qanday vaziyatda ham o‘quvchi bilimini
to‘g‘ri baholashi kerak .bu jarayonda o‘qituvchi xuddi shifokor bemorga tashxis qo‘yganday aniq
faoliyat olib borishi kerak.chunki shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘ysa bir insonning umri qisqaradi
yoki vafot qiladi.Agar o‘qituvchi baholashda xato qilsa bir o‘quvchi orqali bir oilaviy sulolaning
hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.bu o‘quvchi ertaga ota-ona sifatida farzand tarbiyalashi
kerak.farzand uchun ota-onaning jamiyatdagi o‘rni muhim.Shunday ekan biz o‘qituvchilar
bemorini o‘ldirgan tabibga o‘xshamaslik uchun o‘quvchilarimizga haqiqiy bahosini qo‘yishimiz
lozim,
Vazirlar Mahkamasining”Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Xalqaro baholash
dasturlari bo‘yicha o‘quv seminarlari olib borilmoqda. PIRLS,TIMSS,PISA singari xalqaro
baholash dasturlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldik .
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishda ta’lim muhitining ahamiyati katta.Zamonaviy o‘quv
jarayonida nafaqat o‘quv jarayoniga,balki ta’lim muhitiga ham e’tibor qaratilmoqda.Ta’lim
muhitining ta’sir doirasi va ma’lum bir shaklga muvofiq shaxsni shakllantirish sharoitlari,uning
ijtimoiy rivojlanishida mavjud bo‘lgan rivojlanish imkoniyatlarini belgilaydi.Ta’lim muhitini
sinf xonasida o‘qituvchining o‘zi yaratadi.Muhit o‘quvchi ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lganda
dars mazmunli yakun topadi.O‘quvchi ta’lim olish uchun muhit to‘g‘ri shakllangandagina
bilim olishga harakat boshlaydi.Sinf xonasidagi o‘quv muhitini yaratish uchun o‘qituvchi bilan
o‘quvchilatning kuchlari birlashadi.bu muhit ijobiy yoki salbiy bo‘lishi har bir o‘qituvchining
pedagogik mahoratini ko‘rsatadi
barcha aytilgan fikr va xulosalar qachonki o‘qituvchi o‘z ishiga fidokorona yondashgandagina
ta’lim sifati ko‘tarilib,kelajak barkamol avlod qo‘liga o‘tadi.Shundagina biz kutgan ta’lim
jarayonidagi yuqori samaradorlik nazariy va amaliy ifodasini topadi va ezgu maqsadlarga keng
imkoniyatlar ochib beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Islom Abdug‘niyevich karimov”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
2. ”Til va adabiyot ta’limi”jurnali 2019-yil 11-son.
3. ”O‘zbek tilining izohli lug‘ati”3-jild.
4. A.Avloniy”Turkiy Guliston yoxud axloq”as
156
Do'stlaringiz bilan baham: |