10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQINI
RIVOJLANTIRISH USULLARI
Alikulova Sohiba Tursunbayevna
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 2-umumta’lim
maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Telefon: +99897 568 57 70
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablaridagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
og‘zaki nutqini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o‘yinli metodik usullar tavsiya etilgan.
Kalit so‘zlar:
Nutq madaniyati, tasviriy ifoda, to‘g‘ri talaffuz, ibora.
Biz, o‘qituvchilar, ko‘pincha o‘quvchi nutqining qay darajada rivojlanganligini o‘tilgan
mavzuni biror bir rasmga qarab hikoya qilish, ularning bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishiga
qarab aniqlaymiz.bu yaxshi, albatta. Lekin mazkur usul bilan nutq madaniyatining yetarlicha
rivojlanishiga erishish mumkin, deb bo‘lmaydi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish va nutq madaniyatini rivojlantirishga ko‘proq yordam beradigan
usullardan biri –yangi mavzuni bayon qilishdan oldin o‘tkaziladigan 3-5 daqiqalik kirish suhbatidir.
Suhbat muvaffaqiyatni ta’minlash uchun,,Bizning oila’’,,,Mening onam’’,,,Bizning maktab’’,,,Ona
shahrim’’ mavzularida suratdagi kabi rasmli kartochkalar tayyorlanadi va o‘quvchilarga taqdim
etiladi.Ular mavzu asosida matn tuzadilar. Turli qiziqarli mavzularga oid kartochkalar yil davomida
o‘quvchilarga berib boriladi. bolalar 1-sinfda faqat 4 -5 ta gap tuzishgan bo‘lishsa, 4-sinf oxiriga
kelib, ular 35-40-tagacha gap tuza olishga muvaffaq bo‘ladilar.
Nutq o‘stirishda foydalaniladigan usullardan yana biri tasviriy ifodalardir. bunda bolalarga
avvaldan tayyorlangan rasm ko‘rsatiladi, unda tasvirlangan narsaning nomini aytish so‘raladi yoki
o‘sha rasmning tasviriy ifodasi aytilib, gap nima haqida ketayotganligini aniqlash lozim bo‘ladi.
Masalan: o‘rmon sanitari –bo‘ri.
bu jarayonda,,So‘z o‘yini’’ metodi ham o‘ziga xos avfzalliklarga ega. bunda bir unli yoki
undosh tovushning o‘zgarishi bilan yangi so‘z hosil bo‘lishi tushuntirib beriladi. Topshiriqlar
orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi oshiriladi. Masalan: Tol, lol, bol, qol; bosh,yosh, qosh, tosh.
,,O‘yla, izla, top!’’usuli asosida o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirishlari orqali,,Gulla, yashna
hur O‘zbekiston “shiorini hosil qiladilar.
,,Izlanish’’ metodi. bu metodning afzalligi –o‘quvchilarni ziyraklikka tilimizni hurmat qilishga
o‘rgatadi, nutqimizda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. O‘quvchiga
uydan maktabgacha bo‘lgan masofada yoki yon atrofimizda uchraydigan xato yozilgan so‘zlarni
yozib kelish topshirig‘i beriladi. Masalan, o‘quvchilar dorihona, dukon, shurva kabi binolar
peshtoqlari va reklama e’lonlari matnidagi xato so‘zlarni yozib keladilar hamda doskada ushbu
so‘zlarning yozilishini ko‘rsatib beradilar, Xullas, xato ustida birgalikda ishlanadi. bola nutqidagi
kamchiliklar orasida so‘zlarni to‘liq aytmaslik, shevada gapirish, talaffuzda ayrim tovushlarni
tushirib qoldirish kabi holatlari ko‘p uchraydi. bu hol, ayniqsa, yozma matnda kuzatiladi. Mazkur
kamchilikni bartaraf etishda talaffuzda tushib qolayotgan harf va tovushlar ishtirokida so‘zlar hamda
gaplar tuzdirish, ularni daftariga yozdirish eng samarali yo‘l hisoblanadi. She’r va maqolalardan
o‘qitish ham ijobiy samara beradi. Noto‘g‘ri talaffuz etilayotgan ko‘rib-kurib,bo‘ldi-buldi,keldi-
kildi,daraxt-darax,baland-balan va hokazo so‘zlarni ular nutqida to‘g‘ri qo‘llanilishga e’tibor
qaratish kerak bo‘ladi.O‘quvchilar nutq ko‘nikmalarini o‘stirishning eng samarali usullaridan
biri,,ko‘rganingni xotirla’’ usulidir. bola har kuni maktabga, do‘konga boradi. Yo‘lda ko‘rgan
narsalarnini aytadi va ular ishtirokida gaplar tuzadi.bu topshiriqni o‘quvchilar juda faollik va
zo‘r qiziqish bilan bajarishadi. O‘qituvchi esa yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni tuzatib boradi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda ma’nodosh so‘zlardan foydalanishga o‘rgatishda,,Berilgan
so‘zlarga mos so‘zni top “ o‘yini o‘zining ijobiy jihatlari bilan ahamiyatli, ham qiziqarlidir. Nutq
madaniyatini rivojlantirishda tilimiznng ko‘rki bo‘lgan iboralarning ahamiyati beqiyos. Ular
fikrimizni aniq, ravshan bayon qilish uchun zarurdir. Iboralar o‘rni bilan ishlatilganda nutqimiz
yanada go‘zal va ta’sirli chiqadi. Masalan,,,Yetti uxlab tushiga kimagan ‘’-o‘ylamagan, kutilmagan
voqea – hodisaning yuzaga kelishi.,,Tepa sochi tikka bo‘ldi ‘’- jahli chiqqan, juda asabiylashgan
kishiga nisbatan aytiladi. Ushbu iboralar aytilishida qisqa bo‘lsa-da, juda keng ma’noni anglatadi.
Biz ham so‘zlashuv jarayonida maqol va iboralarda o‘rinli foydalansak, nutqimiz g‘oyat go‘zal
106
10
bo‘lishi haqida o‘quvchilarga sodda qilib tushuncha bera turib, uyda kattalar yordamida iboralarga
misollar topib kelish topshirilsa, o‘quvchi bu ishni jon deb bajaradi. Navbatdagi darsda o‘sha
topshiriq ustida ishlansa, bu bolalar nutqi rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar nutqining mukammalligi boshlang‘ich sinfdan boshlab jiddiy
harakat qilish lozim. ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqinig buzilish
holatlari kuzatiladi.Og‘zaki nutq buzilishi bolaning yozma ko‘nikmalarini to‘liq egallashiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchining nutqidagi ayrim kamchiliklar, o‘qish va yozuvdagi qiyinchiliklar
ba’zan uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishining pasayib ketishiga, ruhan tushkunlikning paydo
bo‘lishiga olib keladi. Samarali olib borilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni
to‘liq o‘zlashtirishiga, darslarda faol bo‘lishiga zamin yaratadi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich
ta’lim jarayonida interfaol usullar hamda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning
darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqil fikrlash faoliyati rivojlantirishga, tafakkurini
o‘stirishga yordam beradi. chunonchi, interfaol usullar ta’lim jarayonida darslarni mazmuni, sifati
boyishiga va samarali tashkil etilishga, o‘quvchlarning tashabbuskorligiga va yangiliklarni tezkor
qabul qilishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim jarayonini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ham ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Xalq ta’limi” jurnali 2005- yil 3-son
2. “boshlang‘ich ta’lim” jurnali. 2015-yil 11-son
107
Do'stlaringiz bilan baham: |