Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


MAKTAB TA’LIMIDA TARIX FANININI MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
MAKTAB TA’LIMIDA TARIX FANININI MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA 
YORITISH 
Abdusalomova Sevara Rahmonqulovna
Toshkent shahar, Yashnobod tumani 
153-maktabning tarix fani o‘qituvchisi
Tel nomer: +998 99 0086670
Annotatsiya: 
Bugungi kunda o‘quvchilarning dars jarayonlariga qiziqishini o‘stirish maqsadida 
pedagoglardan o‘z ustida tinimsiz izlanish, malaka va ko‘nikmalarini oshirishni talab etmoqda. 
O‘quvchilarning tafakkurini tizimli suratda o‘stira borish, ularning malakalari va ko‘nikmalarini 
shakllantira borish tarix o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri hamda tarixiy bilimlarni 
o‘zlashtirib olishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Maqolaning maqsadi o‘rta maktablarda 
tarixni o‘qitishda innovatsion usullarni qo‘llash xususiyatlarini hisobga olish, modernizatsiya 
jarayonlarini ko‘rib chiqish, metodologiya va tadqiqot usullari, o‘quvchilarning tafakkuri 
tizimini shakllantirish, Bundan tashqari, zamonaviy maktablarda tarixi fanini o‘quvchilarga bahs 
munozarali usullar yordamida guruh ichida aloqalarni o‘rnatishga, o‘z nuqtai nazarini chuqur 
dalillar bilan himoya qilishga, ma’lumot oqimlarini ko‘paytirishga va taqdim etishga o‘rgatadi.
Kalit so‘zlar:
Innovatsion texnologiya, keys texnologiya, case study, bahs-munozara, 
multimedia manbalari 
Tarix fanini o‘qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan hisoblanib, u o‘quvchilarga tarixdan 
bilish berish, ularni maktabda tarbiyalashda va kamol toptirishda o‘qitiladigan tarix kurslarining 
maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari mazmuni va usullarini hamda tarix o‘qitishning vositalarini 
belgilab beradi. hozirda pedagoglar fanni o‘qishda nafaqat adabiy manbalar o‘rganib chiqishi 
qolaversa zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchi 
adabiy materiallarni tanlashda ta’lim-tarbiya jihatidan va tarixiy hodisalarning naqadar haqqoniy 
real va ilmiy qilib yoritilganligini e’tiborga olishi juda muhim. O‘qituvchi tarix darslarida 
foydalanish uchun badiiy adabiyotdan: 
- o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida dasturida ko‘zda tutilgan tarixiy voqealarning 
tasviriga;

tarixiy arboblar va xalq ommasi vakillarining obrazlarini, xalq ommasining rolini ko‘rsatishga;
- muhim tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan joylarni va u yerlarning aniq sharoitini tasvirlashga va 
sh. k. larga bag‘ishlangan asarlarni tanlaydi. 
Tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini o‘stish yuzasidan olib boriladigan 
ishlar har bir pedagog xodim asosiy maqsad vazifalaridan biri hisoblanib hamda fanning predmeti, 
vazifasidan kelib chiqib tarixning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga asoslangan. Pedagog 
o‘quvchilarni ijtimoiy –nuqtai – nazardan har bir ijtimoiy hodisani uning vujudga kelishi va 
rivojalanishida boshqa hodisalar bilan bog‘lanishi hamda munosabatlaridan olib qarashda, 
hodisalarning sinfiy mohiyatiga ko‘ra bo‘lishga, tarixiy jarayonning umumiy ob’yektiv qonunlarini 
tushunishga o‘rgatadi. O‘quv maqsadlari quyidagi innovatsion pedagogik texnologiyalar majmuasi 
yordamida hal qilinishi mumkin: o‘quvchilarning kogektiv faolligini rag‘batlantiruvchi muammoli, 
dizayn va o‘yin usullari; o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni, o‘quv vazifalarini 
birgalikda hal etishni va o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy kommunikativ ko‘nikmalarni egallashga 
yordam beradigan muloqot (interaktiv) mashg‘ulot shakllari (case study, bahs-munozara). 
Ta’lim amaliyotiga yangi formatlarni joriy etish faqat o‘qituvchi munozaralarni tashkil etish va 
o‘tkazish usullarini puxta egallaganda, masofaviy ta’lim va virtual o‘qitish muhiti tushunchasini 
rivojlantirganidagina mumkin ekanligi ko‘rsatilmoqda. O‘z navbatida o‘quvchilar yuqori ishtiyoq 
va faollikni namoyish etishlari, mustaqil ravishda talab qilinadigan ma’lumotlarni topishlari, tarixiy 
asl manbalarni, shu jumladan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishlari kerak. Gumanitar 
bo‘lmagan maktablarda tarixni o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar 
berish o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berish lozim 
Axborot kommunikatsion texnologilari yuksak darajada rivojlangan asrda ta’limda 
innovatsiyalarning o‘rni katta. kompyuterlar kabi innovatsion texnologiyalardan samarali 
foydalanish, ta’lim jarayonida Internet, multimedia manbalari ta’lim sifatini namoyish etishning 
yagona usuli hisoblanadi. O‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatini oshirishning innovatsion 


100
10
texnologiyalaridan biri bu multimedia vositalaridan foydalanishdir. Sinfda o‘qitish va o‘rganish 
jarayonida sinf xonasida multimedia vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bu bilan ta’minlanadi. 
O‘quvchilarga vazifalar va ularning mazmuni to‘g‘risida yaxshi ma’lumot beradigan turli xil 
matnlar bilan ishlash imkoniyati yaratiladi. bundan tashqari, ta’lim texnologiyalari uning ajralmas 
qismiga aylanishi kutilmoqda o‘quv dasturlari, o‘quvchilar elektron manbalardan foydalanish va 
ulardan foydalanish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishlari kerak.
Ta’lim muassasalarini multimediya mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ba’zi muammolar 
mavjud haligacha hal qilinmay kelinmoqda:
- ta’lim muassasalarida davlat tilidagi mahalliy elektron darsliklarning (ET) virtual yo‘qligi; 
- mavjud elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi yo‘qligi;
- elektron darsliklardan foydalanishda o‘qituvchilar tayyorlash sifati pastligi;
- o‘quv jarayoniga yangi o‘quv texnologiyalarining yetarli darajada joriy etilmaganligi;

o‘qitishning avtomatlashtirilgan baholash tizimining samaradorligi pastligi.
O‘quvchilar juda ko‘p ma’lumotni elektron qurilmalardan olishadi va bu ularning kundalik 
hayotining tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Sinfda innovatsion texnologiyalarni tarixni o‘qitish 
vositasi sifatida ishlatish ko‘plab afzalliklarga ega. O‘quvchilarga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga 
yordam beradi. bundan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan biri bo‘lgan 
keys usulidan foydalanish mumkin. Ushbu usulda yechilishi zarur bo‘lgan muammoni qamrab 
olgan haqiqiy vaziyat ifodasi; tinglovchilar tomonidan muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan va 
odatda, qaror qabul qiluvchi menejer nuqtai nazaridan bayon etilgan vaziyat; auditoriyada mavjud 
imkoniyatlar va tavakkalni hisobga olgan vaziyat bo‘yicha qaror qabul qilish muhitini tashkil 
qilish xususiyatlari mavjud.
bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan innovatsion yangicha usullar va texnologiyalar orqali 
orqali talabalarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi holatlarda ijobiy kechadi: 
-birinchidan: muammoli vaziyatlarni mashg‘ulot boshlanishida talabalarga taklif etish yoki 
predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berish; 
− ikkinchidan: muammoli vaziyatlar orqali talabaning qiyinchiliklarni yengish, innovatsion 
usul va harakatlarni izlab topishni talab qilish; 
− uchinchidan: multimedialardan samarali foydalanib talabalarning motivatsion doirasiga ta’sir 
o‘tkazish, ya’ni ichki harakatlanuvchi kuchini yuzaga keltirish, fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish; 
−to‘rtinchidan: talabalarning kreativ (noyob, standartli bo‘lmagan) qobiliyatlarini rivojlantir
-
ish; 
− beshinchidan: talabalarni mustaqil fikrlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishga tayyorlash.
Bu metodlar talabalarda jahon andozasiga mos bilimlarni egallashlariga imkon beradi va 
albatta, ta’lim samaradorligiga erishga olib keladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish 
yo‘llari. - T., Nizomiy nomidagi TdPU, 2009. 
2. A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T.:2008 
3. S.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” T.:2004


101

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish