Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONGLI OʻQISHNI SHAKLLANTIRISH



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONGLI OʻQISHNI SHAKLLANTIRISH
Islomova Muqaddasxon Sobirjonovna
Andijon viloyati Andijon tumani
33-umumiy oʻrta ta’lim maktabi Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
+998932453561
Annotatsiya: 
bu maqolada boshlangʻich sinflarda ongli oʻqishni shakllantirish va savodxonlikni 
oshirish toʻgʻrisidagi fikrlar yoritilgan. Ongli oʻqitishda an’anaviy usullar bilan birgalikda yangi 
metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rasmlardan foydalangan holda matnlar tuzdirish orqali 
oʻquvchilarni fikrlashga undash darsning maqsadini mustahkamlashga yordam beradi.
Kalit soʻzlar: 
ongli oʻqish, an’anaviy usul, zamonaviy metod, topishmoq, ertak, maqol, 
alifbo, audiovizual, texnikaviy yondashuv. 
bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yan
-
gi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat oʻzgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi 
mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga 
oʻzining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vo
-
sitalar ham mavjud boʻlib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylan
-
tirdi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, oʻquvchilarni mus
-
taqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, oʻquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, 
bilimlarni mustahkam oʻzlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish koʻnikma va malaka
-
larini shakllantiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A. karimov oʻzining ―Yuksak ma’naviyat – yengil
-
mas kuch asarida oʻqituvchilarning oʻquvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori 
baholab shunday degan edi: “ Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash-
dek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyana-
miz va tayanamiz, ertaga oʻrnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda 
ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini oʻzimizda yaxshi tasavvur qilamiz”. 
An’anaviy oʻqitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va oʻgʻzaki soʻzlarga tayanib ish koʻrishi 
tufayli «axborotli oʻqitish» sifatida tavsiflanadi, chunki oʻqituvchi faoliyati birgina oʻquv 
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini 
ta’kidlagan holda baxolanmoqda.
Oʻqish darslarida tarbiya oʻqilgan matnning ongli oʻzlashtirilishiga bogʻliq. birinchidan, 
oʻquvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, oʻzida shunday sifatlarni 
shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson boʻlish uchun oʻqishning zarurligini 
anglaydi.
Ongli oʻqishni taminlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar oʻrtasidagi 
bogʻlanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatini qaratish lozim. 
Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Rasmda nima tasvirlangan?
2. Rasmni kuzating matnda nima haqida gap boradi?
3. Rasm bilan matn orasida boʻgʻlanish bormi?
4. Matn mazmunini rasmga qarab soʻzlab bering.
demak, oʻqish oʻqilganlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim, shundagina matndagi 
asosiy fikr, ilgari surilayotgan gʻoya oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtiriladi.
Savod oʻrgatishning birinchi kunidayoq oʻqish ongli boʻlishi, bolalarni ongli oʻqishga oʻrgatish 
juda muhim. Sharoitga qarab muammoli holatni yaratish zarur. bunday holat “Alifbe” dan yoki 
muammmoli savolni keltirib chiqardigan taxminiy suhbat, harf terish matosidan, oʻqiladigan 
topishmoqdan hosil qilish mumkin. Masalan : bahorda birinchi boʻlib qaysi qush uchib keladi?
Ongli oʻqishni ifodali oʻqishdan ajratib boʻlmaydi. Ammo analitik oʻqishning birinchi 
bosqichida ifodali oʻqish mumkin emas, chunki bolalar tugallangan intonatsiyani, soʻzda urgʻuli 
boʻgʻinni ajrata olmaydilar, soʻroq ohangini, orfoepik toʻgʻri oʻqishni ham bilmaydilar. Shuning 
uchun analitik oʻqish bosqichida soʻzni yaxlit, orfoepik qayta oʻqish tavsiya qilinadi. bunday qayta 
oʻqish toʻgʻri intonatsiyaga, oʻqishning ongli boʻlishiga yordam beradi, ifodalilikkka oʻrgatadi.
O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini taminlash uchun matn mazmunini oʻquvchilarning 


49
10
koʻrgan –kechirganlari taassurotlari bilan bogʻlash lozim. Shunda oʻquvchida oʻqishga, oʻrganishga 
qiziqish ortadi. She’r, tez aytish, topishmoq qoʻshiq maqol hikmatli soʻzlardan oʻqitish yod oldirish 
ham oʻquvchilarning oʻqishga qiziqishini oshiradi, oʻqish malakasini shakillantiradi, xotirasini 
mustahkamlaydi. Ongli oʻzlashtirishni amalga oshirishda lugʻat ustida ishlash ham muhimdir. 
Soʻzlarning ma’nosi ustida toʻxtalish fikrni oydinlashtiradi, matnni tushinishga yordam beradi.
boshlangʻich sinflarda oʻqish darslarining uchdan ikki qismi oʻqishni mashq qilishga 
ajratilishi lozim. Savod o‘rgatish davri o‘qish va yozuv darslarida o‘quvchilar o‘qish va yozuv 
malakasini muvaffaqiyatli egallashlari uchun bir qator amaliy ishlarni amalga oshirish zarurki, 
bular bolalarning ongli o‘qish malakasi va imloviy savodxonligini, og‘zaki va yozma nutqining 
to‘g‘ri rivojlanishiga, bola shaxsining umumiy kamolotiga ta’sir qilsin va ta’minlansin. Savod 
o‘rgatish davri o‘qishva yozuv darslarini ilg‘or pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish dars 
samaradorligini oshiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat. 2008-y. 
2. boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi// boshlang‘ich ta’lim, 1998, 6-son.
3. Uzviylashtirilgan davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi, - Toshkent,2013.
4. Abdullayeva Q., Nazarov k., Yo‘ldosheva Sh. Savod o‘rgatish metodikasi.- T, “O‘qituvchi”, 
1996.
5. Abdullayeva Q. Yangi pedagogik texnologiyalar // boshlang‘ich ta’lim, 1999, 4-son, 
8-9-betlar. 
6.Matnazarova k. O‘qitishning faol metodlari// boshlang‘ich ta’lim, 2009, 5-son, 22-23-betlar.


50

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish