.
54
10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI INTERAKTIV USULLAR YORDAMIDA
TASHKIL ETISH
Yusupova Mavlyuda Abdulahatovna
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontegi tumani
43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Tel: 990881115
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarning samarasini oshirish uchun
interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: Pedagogik texnologiya, DTS, interaktiv metodlar, “O‘qituvchining o‘gitlari”,
PISA, PIRLS.
Bugungi kunda ta’lim tizimining eng asosiy talablaridan biri bu darslarni zamonaviy
usullarda o‘tish va ta’limni takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli
foydalanishdir. O‘quvchilarning har bir darsga qiziqishini, faolligini oshirishda, interaktiv o‘qitish
usullari ijobiy samara bermoqda. hozirgi kun maktab ta’limiga qo‘yilayotgan muhim talab ta’lim
mazmuniga zamonaviy axborot texnologiyalarni keng qamrovda joriy etishdir. Mazkur talab
dars jarayonida muammoli vaziyatlar yaratib, o‘quvchilar faolligini oshirish, mustaqil va ijodiy
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z nuqtai nazarini asoslay olish, ularni nutqiy faoliyatiga
tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishga xizmat
qiladi. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish ijobiy samara beradi, o‘quvchi faolligi va qiziqishini, o‘qituvchi
mahoratini oshiradi. dars jarayonida o‘quvchilarga faqatgina dTS talabi bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarini berish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu bilim va ko‘nikma asosida o‘quvchilarni
hayotga, tabiatdagi har bir ijtimoiy voqealarga to‘g‘ri munosabatini rivojlantirishni, ya’ni ta’lim
bilan birga tarbiyani ham qo‘shib olib borishni asosiy maqsad qilib, uni amalga oshirish muhim
vazifalardan biridir.
Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab,
o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani
amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi
pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan
turlaridan biri bu interaktiv metodlardir.
Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni
ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga
qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish,
to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi
o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada
o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik
ta’minlanadi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi uchun
biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o‘quvchilar diqqatini jamlashda
qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish,
ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirib,
lug‘at boyligini oshiradi. Masalan, 3-sinf o‘qish kitobi assida tuzilgan rasmli testlardan namunalar
keltiradigan bo‘lsak, “O‘qituvchining o‘gitlari” she’rining muallifi kim?
a) Anvar Obidjon b) Muhiddin Omon d) Normurod Norqobilov
55
10
Topishmoqning to‘g‘ri javobini toping “Bo‘lar sariq yo qizil, yer tagida yetilar”
a) uzum b) olma d) sabzi
bunday testlar xalqaro o‘qitish tizimiga mos testlar hisoblanadi. dars jarayonida shunday
testlardan foydalanish orqali o‘quvchilarin bilim darajasini yanada oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Sababi test aynan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos ravishda tuzilgan va bolani
har tomonlama shakllantirishni ko‘zlaydi.
Boshlang‘ih sinf o‘quvchilarini tangicha pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning
afzalliklari birinchi o‘rinda bola darsga qiziqadi, chunki bu oddiy maruza shaklida tshkil
etiladigan darlardan qiziqroq tarzda tashkil etiladi. O‘quvchi darsda o‘z fikrini erklin bildira
olish imkoni paydio bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida endigina shakllanayotgan bolaning nutqini
o‘sishiga yordam beradi. Eng muhimi esa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ham eshitib fikrlash,
ham ko‘rib bildirilayotgan fikrlarni talil qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
natijasida darsning saviyasi yuqori bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi ham
ko‘tariladi. bundan tashqari tashkil etiladigan interaktiv darslar Xalqaro ta’lim tizimlari: PISA,
PRLIS talablariga javob beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. UMAROVA, X. hAMROQULOVA,R. TOJIbOYEVA 3-SINf “O‘QISh
kITObI”„O‘QITUVchI“ NAShRIYOT-MATbAA IJOdIY UYI TOShkENT – 2016
2. https://moluch.ru/archive/294/66754/
56
Do'stlaringiz bilan baham: |