10
BIRINCHI SINF OʻQUVCHILARINI CHIROYLI YOZUV KOʻNIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH
Ismailova Maxbuba Maxmarajabovna
Samarqand viloyat Kattaqoʻrgʻon tumani
4-umumiy urta taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi
Tel: +998 93 831 84 10
Annotasiya:
maqolada 6-7 yoshli oʻquvchilarni chiroyli yozuvga oʻrgatishdagi qoida va
koʻnikmalar haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
harflarning shakli, gigiyenik qoida, psixologik funksiyalar, idrok etish.
Maktabga qadam qo‘ygan har bir o‘quvchi u yoki bu harfning shaklini tushunib, yozilishini,
ularning bir-biriga bog‘lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini,
qiyaligini, ruchkani ushlash va to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. bu davrda
olingan bilim va malakalar o‘quvchilar uchun doimiy qoida bo‘lib qolishi kerak. chiroyli yozuv
malakalarini shakllantirishda eng birinchi qoida bu gigiyenik talablardir.
O‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok etish,
xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etishini ko‘ramiz. bu bog‘lanishlar miyada
mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. bu hol o‘quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini
xotiraga muhrlash imkonini beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘qituvchi bayon qilayotgan harflar
shaklini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko‘raylik. bu jarayonni uning asosiy xarakteriga
ko‘ra, idrok etish jarayoni deb atash mumkin. biroq bu idrokning aniq va ravshan bo‘lishi uchun
o‘quvchi o‘z irodasini ishga soladi, diqqatini harflarning shaklini to‘g‘ri ifodalashga jalb qiladi.
Yozayotgan so‘z yoki gapning mazmunini tushunmasdan, harflarning shaklini bilmasdan ularni
idrok etib bo‘lmaydi. Yozish jarayoni ko‘rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi. Idrok
etilishi lozim bo‘lgan materialni tartibga solish, o‘rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol
ko‘rsatish, bayonning ravshan va izchil bo‘lishi, sinf doskasiga hamma o‘quvchi ko‘ra oladigan
qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydigan omillardandir. bola
maktabga qadam qo‘ymasdan oldin (3-4 yoshdan boshlab) qo‘liga qalam olib turli shakllarni
chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to‘g‘ri kelmasa-da, ulardagi ayrim
malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. kichik yoshdagi bolalarning
barmoq mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq qildirish
yozuvning sifatiga salbiy ta’sir etadi. Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo‘r)
orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishga qarab qo‘l harakatlari shunga
moslashtiriladi. kichik yoshdagi o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun ularni maktabga
kelgan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishga o‘rgatish zarur:
1. Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish.
2. Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
3. daftardan to‘g‘ri foydalanish.
4. Yozma shakldagi harf va uning unsurlari bilan tanishtirish.
5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo‘g‘in, so‘z va gaplar yozish.
husnixat malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to‘g‘ri
tasavvur qilishga, bir xil qiyalik (65°)da yozishga, harf unsurlarini bir-biriga to‘g‘ri bog‘lab
yozishga, so‘zlarda harflarni to‘g‘ri bog‘lashga, so‘zlarni qatorlarga to‘g‘ri joylashtirishga
o‘rgatiladi.chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib
borish talab etiladi:
1. Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
2. Parta ustida daftarni to‘g‘ri qo‘yish.
3. Yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish.
4. O‘z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish.
5. Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga o‘rgatish.
6. harflarning shaklini to‘g‘ri idrok etishga (qayerdan boshlash, qayerda to‘xtatish, o‘ngga,
chapga burilish, boshlash va h.k.) o‘rgatish.
7. harflarni bir-biriga bog‘lab yozishga o‘rgatish (qayerda qo‘1 harakati uziladi, qayerda
uzilmay, bog‘lab yoziladi).
51
10
8. harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga o‘rgatish.
9. daftar chizig‘idagi qatorlarni to‘g‘ri to‘ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to‘g‘ri yozish.
10. harflarning qiyaligini to‘g‘ri saqlash.
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Abdullayeva Q va b. Sаvоd o‘rgаtish mеtodikasi. Toshkеnt, “O‘qituvchi”, 1996.
2. G‘ulomov M. chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. Toshkеnt, “O‘qituvchi”, 1992.
3. Jo‘rayeva N. boshlang‘ich sinflarda yozuvga o‘rgatish. Toshkеnt. A.Navoiy nomidagi
O‘zbеkiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2009.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |