23
10
G.V. Grachev shaxs informatsion-psixologik xavfsizligini inson psixikasining turli- tuman
informatsion omillar ta’siridan himoyalanganligi holati sifatida talqin qiladi. bunday informatsion
omillar sirasiga insonning adekvat ijtimoiy xulq-atvori shakllanishiga, shuningdek, uning o‘ziga
va atrof-muhitga subyektiv munosabatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Informatsion-
psixologik ta’sir tushunchasi mazmunini oydinlashtirishda G.V.
Grachev muayyan jihatlarga
e’tibor qaratadi. birinchidan, mazkur tushunchada axborotning insonlarga yo‘naltirilgan maxsus
vosita sifatidagi maqsadli funksiyasiga urg‘u beriladi. Ikkinchidan, informatsion ta’sir obyekti
– inson psixikasi xususiyatlari tahlil etiladi. hozirgi kunda ushbu tushunchani qo‘llash inson
hissiyotlari va sezgi organlariga ramziy-belgi hamda timsolli vositalar orqali ko‘rsatiladigan
psixologik ta’sir turini tavsiflashga asos bo‘ladi.
Informatsion jarayonlar shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrda o‘zida aqliy-ratsional
(informatsion jihat) va hissiy (psixologik jihat) unsurlarni jamlovchi informatsion- psixologik
ta’sir insonlar salomatligiga putur yetishiga ham sabab bo‘lyapti. Xususan, ekologiya va
ijtimoiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan hozirgi zamon odami uchun real xavf-xatar mavjuddir. Shu
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fikricha, informatsion-psixologik xavfsizlik
deganda, inson psixikasining turli destruktiv information ta’sir (shaxs
ongi yoki ong osti sohasiga
muayyan buzg‘unchi g‘oya, halokatga olib keluvchi yoki zararli axborotning kiritilishi)dan
himoyalanishi nazarda tutiladi. Informatsion-psixologik jihatdan muhofaza qilinmagan inson
yon-atrofdagi voqealarni noadekvat idrok etadi, uning hayotiy muhim manfaatlari, erki, qadr-
qimmati poymol etiladi.
Yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, ularni salbiy-informatsion- psixologik
ta’sirdan muhofaza qilishning ijtimoiy-psixologik asoslarini yaratishda antimanipulyativ xulq-
atvorni shakllantirishga alohida e’tibor berish zarur. Antimanipulyativ xulq dogmatik xarakterga
ega bo‘lmasdan, uning rivojlanishiga ijtimoiy,
biologik, psixologik va siyosiy omillar ta’sir
o‘tkazadi. Ushbu xulq modelini yaratishda ijtimoiy- biologik, ruhiy-ijtimoiy unsurlardan
foydalanish samarali natija beradi. Shaxsga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan
nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini to‘ldirishi yoshlarning
yot, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga imkon yaratadi. Yoshlarda tegishli xulq
shakllanmaganligi, mafkuraviy immunitet tarkib topmaganligi, axborot iste’moli madaniyati
lozim darajada rivojlanmaganligi ularning nojoiz g‘oyalar ta’siriga tushishida asosiy sabablar
sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlar, yigit va qizlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalashga
qaratilgan chora-tadbirlar va tavsiyalarni ishlab chiqishda ijtimoiy-psixologik, individual-
psixologik, yosh, jinsiy, hududiy, demografik, etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olish lozim.
Xulosa oʻrnida
shuni aytish mumkinki, yoshlar xulqining anglanmagan regulyativ
mexanizmlarini o‘rganish, shaxs xususiyatlari bilan bog‘liq yoshlik davriga xos himoya
mexanizmlarini tadqiq etish, jins xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda yoshlik davridagi
psixologik himoya ko‘rinishlarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilish, shaxsning yoshlik davrini
tavsiflovchi
hissiy-irodaviy, kommunikativ, intellektual xususiyatlarini o‘rganish, shaxsning
individual-psixologik tavsifi va turli himoya mexanizmlari xususiyatlari o‘rtasidagi mutanosiblik,
bog‘liqlikni batafsil tadqiq qilish psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar oldida turgan dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.
foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qodirov U.d. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari.
Monografiya. – T.: fan va texnologiyalar nashriyoti, 2013
2. грачев г.В. Личность и общество: информационно-психологическая безопасность и
психологическая защита. – м.: ПЕРСЭ, 2003.
3. Решетникова С.ю., Смолян г.Л. Проблемы информационно-психологи- ческой без
-
опасности: сборник статей и материалов конференции. – м.: Изд- во ин-та психологии
РАН, 1996