10
ADABIYOT — MUAMMOLAR YECHIMI
Axmadaliyeva Dildoraxon Rustamovna
Andijon viloyati Buloqboshi tumani
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Telefon: +90 549 83 28
Annotatsiya:
Ushbu maqolada adabiyotning buyuk qudratga ega ekanligi,inson hayotidagi
barcha muammolarga u orqali yechim topa olishi tahlilga olingan.badiiy adabiyot—ma’naviyat
xazinasi,ruhiy kamolot vositasi,eng asosiysi,barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb
etishi qayd etilgan.
Kalit so‘zlar:
adabiyot, ilmiy adabiyot, badiiy adabiyot, muammo, yechim, san’at,
abstraksionizm.
Adabiyot—ma’lum bir xalqning muayyan davrdagi badiiy,ilmiy va
boshqa asarlar yig‘indisi. U 2 ga bo‘linadi:
– Ilmiy adabiyot
– Badiiy adabiyot
U tor va keng ma’noda ishlatilinadi.Tor ma’noda badiiy adabiyotni
anglatsa,keng ma’noda inson tafakkurining mahsuli bo‘lgan muayyan
qimmatga ega har qanday yozma asarni ifodalaydi.keyingi ma’nodagi
adabiyot ilmiy adabiyot sifatida e’tirof etiladi. Ilmiy adabiyotga jtimoiy,
siyosiy, publitsistik, memuar, tarixiy, ensiklopedik va shu kabi boshqa
yo‘nalishdagi kitoblar kiradi.
Badiiy adabiyot—borliqni obrazli ko‘rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan
badiiy asarlar majmuidir. Uning quroli—badiiy so‘z hisoblanib,u buyuk qudratga egadir.badiiy
adabiyot so‘z yordamida yaratiladi. Inson qalbiga yo‘l ham o‘sha so‘z orqali topiladi.Shu bois
ham barcha muammolarning yechimi—adabiyot sanaladi. Inson biror-bir badiiy asar o‘qir ekan,
qahramonlar shodligidan quvonadi, g‘am-tashvishlarini o‘zinikidek his qiladi. Asar qahramonlari
yo‘l qo‘ygan xatoliklardan saboq oladi,uni o‘z hayotida qaytarmaslik uchun harakat qiladilar.
Xalq og‘zaki ijodida ta’kidlanganidek:” Odobni beodobdan o‘rgan”. [2-b.200] Zero, o‘quvchi
o‘zini qiynagan savollarga adabiyot orqali javob oladi. Abadiyot—arabcha so‘zdan olingan
bo‘lib, adab so‘zining ko‘pligidir. Adab—yaxshi xulq. [1-b.11]. Yuksak insoniy fazilatlari bilan
lol qoldirgan To‘maris, Oybarchin, Qaldirg‘och, Xolbeka, Shirin,Kumush, Zebi,Ra’no,Oygul
kabi qahramonlarimizdan har tomonlama o‘rnak olsak arziydi. Muammo—hal qilinishi kerak
bo‘lgan narsa,masala[1-b.139]. Yechim—masalaning javobi;asarda voqealarning yakuni.[1-
b.293]. hayotda bo‘lgani kabi har qanday asarda muammo bo‘ladi.Asar qahramonlari o‘zlarining
aql-idroklari,faxm-farosatlari, tinimsiz sa’y harakatlari orqali muammolarni bartaraf etadilar.
demak,muammolardan qutulishning birdan-bir yo‘li unga qarshi borishdir.
Dunyoni kashf etib,dunyoni bildik,
Tatqiq eta oldik yomg‘irni, qorni,
Falak peshtoqiga bayroqni ildik,
bildik borliq aro har neki borni.
Do'stlaringiz bilan baham: |