10
1-SINF ONA TILI DARSLARIDA CHIROYLI YOZUV DAQIQALARINI
O‘TKAZISHNING PSIXOLOGIK VA MеTODIK ASOSLARI
Назарова Дилрром Усарваевна
Ангрен Шахар 7-мактаб бошлангич синф укитувчиси
Annotatsiya:
Orfografik malaka - murakkab malaka. O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillasha
borib, malakaga aylantiriladi. Maqolada shu malakaning psixologik va metodologik asoslari
ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Malaka, o‘quvchi, o‘qish, yozish, tafakkur, jarayon, metodik.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish
malakasida o‘quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o‘ylab o‘tirmay, so‘z va
gaplarni yoza boshlaydi. demak, o‘qish va yozish malakasi harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga
oshirilish jarayonidir. Malaka o‘qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish
darajasiga yetkaziladi. O‘qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi.bu jarayonlar
kichik yoshdagi o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
- o‘quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak;
- fonematik eshitish qobiliyatlarini o‘stirish muhim. fonematik eshitish imloviy malakani hosil
qilishning muhim shartidir. Shu bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun
xilma-xil mashqlar o‘tkazib boorish maqsadga muvofiqdir. Nutq tovushlarini yozuvda ifodalash
uchun harflarning roli kattadir. hozirgi o‘zbek tilidagi 30 ta tovushni yozuvda ifodalash uchun 29
ta harfni ishlatamiz. O‘zbek tilidagi j harfi ikki tovushni ifodlashi nutqning tovush jihatidan sonini
oshiradi. hozirgi o‘zbek adabiiy tilida unli fonemalar oltita: a, o, i, e, o‘, u. Unli fonemalar tilning
harakatiga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi. Shunga ko‘ra ayrim vaqtlarda tovushlarning aytilishi va
yozilishida farq qiladi.Masalan: a unlisi (muomila, munosibat, muhokima va b) i tovushiga yaqin
talaffuz qilinadi, ammo har vaqt muomala, munosabat, muhokama yozilishi kerako unlisi urg‘usiz
bo‘g‘inlarda o–tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya, lekin konstitutsiya yoziladi.u unlisi
ba’zan ikkinchi bo‘g‘inda i eshitilsa ham, u yoziladi: butun, tushuncha, usul yoziladi. Undosh
fonemalar jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi. Undosh tovushlar so‘zlash a’zolarining faol
ishtirokiga va ta’sirida paydo bo‘ladi. Undoshlarning muhim xususiyati ular orasidagi jarangli va
jarangsizlikdir.b, v, g, d, r, j, g‘, m, n, ng, y, l, – jaranglip, f, k, t, s, ch, sh, x, q, h – jarangsiz.J-
harfi o‘zbek yozuvida ikki tovushni belgilashga hizmat qiladi. bu tovushlardan biri portlovchi
b‘lib, uni talaffuz qilganda tilning uchi yuqori tish milklariga yopishib zo‘r bilan aytiladi. J –
portlovchisi nutqimizda juda ko‘p uchraydi : jon, majlis, Jahon, vaj. Lekin rus tilidan va boshqa
jahon tillaridan olingan so‘zlarda sigg‘aluvchi qorishiq tovush o‘rnida aytiladi va yoziladi: jurnal,
jyuri, garaj, tiraj mujgon.S – yoki rus tili va Ovrupa tillaridan o‘tgan so‘zlardagi ajratilmas ts
tovushi yangi imlo bo‘yicha quyidagicha yoziladi: Soy, sirk kabi so‘zlarda xat boshida kelsa bitta
s shaklini, xat o‘rtasida unlidan so‘ng ts ikki harfni: militsiya, xat o‘rtasidaundoshdan so‘ng bitta
s shaklini: ssenariy, konsert va boshqa, xat oxirida unlidan so‘ng bitta shaklda yoziladi.X (x) va h
(h) tovushlari paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham aytilishiga ko‘ra ham bir–biridan farq qiladi. h (h)
bo‘g‘zda paydo bo‘lib, sirg‘aluvchi va ma’no ayiruvchi tovush o‘rnida yoziladi: behi, hush, shohi,
ham, hamma, ogoh.
X (x) esa portlovchi, til orqa tovushi: xulq, shox, xat, baxt, taxt, mix, axborot kabi.demak,
orfografik jarayon, ayniqsa boshlang‘ich ta’limda, nihoyatda murakkab jarayondir. bu
murakkablikka muvofiq kеladigan samarali usullarni bеlgilash va ularni amalga oshirishda
o‘quvchilarning individual va o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish va ta’lim
jarayonini muayyan tizimda, muayyan strukturada tashkil qilish talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdumannotov A. boshlanqich sinf o‘quvchilarida axloqiy xislatlarni shakllantirishda Alishеr
Navoiy mеrosidan foydalanish. // Pеdagogikaning dolzarb muammolari, 1–qism, Samarqand,
1998, 61-62 b.
2. barkamol avlod orzusi // Qurbonov Sh., Sayidov Q, Ahliddinov R. //Xalq ta’limi. 1998. №6
4–196.
3. boshlanqich ta’lim kontsеpsiyasi //boshlanqich ta’lim, 1998, №6, 15-18 bеt
307
Do'stlaringiz bilan baham: |