10
MAKTABDA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI YARATISH
Urunova Muxabbat Murotovna
Buxoro viloyat Kogon tuman
15-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Annotatsiya:
Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab
yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan , zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni
vatanparvarlik ruhida yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini
takomillashtirish masalalarida alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
Ona tili, o‘qish,matematika,tabiat va umuman barcha fanlarda rasmli,harakatli
slaydlardan foydalanib o‘quvchiga mavzuni yetkazish
“Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi .Uni davlat, . hukumat,hokimlarning o‘zi
hal qilolmaydi.bu butun jamiyatning ishi,burchiga aylanishi kerak ”-deydi prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev.
hozirgi axborotlashgan davrda farzandlarimizni zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan qilib
tarbiyalashda maktabning o‘rni beqiyos.buning uchun maktablarda zamonaviy ta’lim tizimini
joriy qilishimiz lozim.maktabda o‘qitiladigan barcha fan o‘qituvchilari birinchi navbatda o‘zlari
zamonaviy ta’lim savodxonligiga ega bo‘lishi kerak.O‘zi o‘qitadigan faniga qiziqish, hurmat
uyg‘otish maqsadida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanishi,har bir darsda bir yangilikni joriy
qilishi kerak.buning uchun maktabdagi dars xonalarining har biri televizor,kompyuter,proyektor
bilan ta’minlangan,bu qurilmalarni boshqarishni o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida shuni bilamanki bolajonlarimiz qiziquvchan,yangilikka
intiluvchan bo‘ladi.har bir darslikning elektron variant,multimediasi bizda bo‘lishi kerak.
Zamonaviy pedagogik texnoligiyalar asosida darsni o‘tsak bolajonlarimiz uchun juda qiziqarli
va tushunarli bo‘ladi.Ilgari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari har kungi dars ko‘rgazmalarini qo‘lda
tayyorlashgan.bizda hozir barcha imkoniyatlar eshigi ochiq,biz bundan unumli foydalanishimiz
ya’ni har bir dars slaytlarini mustaqil turli ilg‘or pedagogic texnolagiyalar asosida o‘tsak
o‘quvchini fanimuzga nisbatan qiziqishi ortadi.chunki u har kun maktabdan bir yangilik kutib
keladi.Zamonavoy axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davrda darslarni
kompyuter yordamida o‘tish biz o‘qituvchilardan zamonaviy bilim va malaka talab qiladi.Ona
tili, o‘qish,matematika,tabiat va umuman barcha fanlarda rasmli,harakatli slaydlardan foydalanib
o‘quvchiga mavzuni yetkazish tezroq tushunarli bo‘ladi.chunki hozir barcha o‘quvchilarimizning
uyida shunday axborot texnologiyalar mavjud, unga maktabda ham shunday zamonaviy muhitni
yaratsak,uni kelajakka bo‘lgan,fanlarga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi,zamon bilan hamnafas
bo‘lib voyaga yetadi.
biz shunday mas’uliyatli kasbni tanlagan ekanmizki, bu kasbimizning fidoiy jonkuyari
bo‘lib harakat qilishimiz kerak.Prezidentimiz yosh avlodning kelajakda komil, barkamol inson
bo‘lib yetishi uchun ishonch bildityaptilar.bu ishonchni oqlash biz pedagoglarning zimmamizga
yuklanadi,chunki bilimlar poydevori boshlang‘ich sinfdan qo‘yiladi.Ota-ona murg‘ak jajji
farzandini yetaklab bizning qo‘limizga keltirib topshiradi,uning taqdiri,kelajagi bizning
qo‘limizda.Ularning kelajakda buyuk inson bo‘lishlari uchun biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
javobgarmiz.biz allomalarimiz ustozni qanday ulug‘lashgan bo‘lsa,shumday e’zozga erishish
uchun bolajonlarimiz hayotining uchdan bir qismi o‘tadigan maktabda sifatli ta’lim olishlari uchun
zamonaviy kompyuterlashtirilgan sharoitni yaratib,bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashimiz
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoyev buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quraylik
“O‘ZBEKISTON ”-2019
2. O‘.J. Yo‘ldoshev . Umumiy pedagogika TOShkENT_2017
3. n.ziyo.com>kutubxona>category
239
Do'stlaringiz bilan baham: |