10
O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI VA UNGA QO‘YILGAN
PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK TALABLAR
Rasulova Madina Abdurashidovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 68-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Xusanova Gulzoda Absalomovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 20-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
O‘zining mustaqil ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi
ta’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim tog‘risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga
erishdi.Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb – hunar egallashga bo‘lgan e’tibor
kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim – tarbiya tizimiga yangicha ilmiy – uslubiy yondoshuvlar kirib
kela boshladi. bu yondoshuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni-ning turli tashkiliy va metodik
jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko‘pchiligi pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir.
Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagogva tarbiyachilarning salohiyati, kuchli kasbiy
bilimi va mahorati ko‘p narsani belgilaydi. Ularning zimmzsiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya
yuklangan.Inson hayotda bola tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligini barcha – barcha anglab
yetadi. Ota – onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi
uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo‘yilganida esa bolaga atrof – muhit va
jamoatchilikning ta’sirikuchli bo‘ladi. Ta’lim muassasalari va mahalla – kuy, umuman, ijtimoiy
atmosfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘nggi daqiqasi gacha ta’qib qilib boradi.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning
ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllntirishga qaratiladi.O‘quv faoliyati o‘z ryvojlanishining
hamma bosqichlarida ijtimoiy maq-sadga ega.Shuningdek, maqsadli amalga oshiriladigan jarayon
hisoblangan ko‘p qirralidir.Uning asosini o‘qitish jarayoni, ya’ni tarbiyachi, o‘qituvchi tomonidan
bolaga, o‘quvchiga bilim, malaka va ko‘nikmalarni tashkil etadi.”kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi pedagogga qo‘yiladigan zamon talablari majmuini
belgilaydi.bir – biriga bog‘liq bo‘lgan talablarning majmui pedagogning umumlashtirilgan
modelini tashkil qiladi.Umum lashganmodelga muvofiq o‘qituvchiga qo‘yiladigan asosiy
talablar qo‘yidagilardan iborat: ta’lim berish mahorati, tarbiyalay olish mahorati, o‘quv – tarbiya
jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiy fazilatlari; ta’limoluvchilarning bilimlarini xolisona
baholay olish va nazorat qila olish mahorati va h.k.
Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog “qiyofa”sini
ifodalaydi. Olib borilgan kuzatishlar AQSh, Germaniya, Yaponiya, fransiya va boshqa sanoati
hamda intellektual bilimlari rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki,
yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, asosan, qo‘yidagilarga bog‘liq bo‘lar ekan:
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali aloqadorligiga;
- ta’lim muassasalari va professional ta’lim dasturlari turlarning ( tiolari-ning ) xilma –xilligi,
ularda fan texnikaning eng oxirgi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari
va ko‘rinishlari qay darajada aks ettirilganligiga;
- professional ta’lim tizimini ustivor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirishga;
- ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv – metodik adabiyotlar bilan ta’min- lashva ularning
moddiy – texnik asosini yaratish hamda ularning moliyaviy ko‘r- satkichlarini mustahkamlashga;
- professional ta’lim tizimiga eng yuqori malakali o‘qituvchilarni va muta- xassislarni jalb
qilish;
- o‘quv jarayonini informatizasiyalash va komp’yuterlashtirishga erishish;
- kadrlar tayyorlashning sifat bahosini va ob’ektiv nazorat tizimini qo‘llashga o‘rgatish;
- shaxsning rivojlanishi, o‘lchovi, sifat va xulqini, qobiliyati va intellektini baholash hamda
kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan psixologok – pedagogik izlanishlarni bajarish
lozim;
- tarbiyachi va o‘qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy
203
10
himoyalab turish kerak.
Bugungi kun mutaxssisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektgaega bo‘lgan,
fan asoslarini chuqur o‘rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli, ma’naviyatli inson
bo‘lishi kerak. U o‘z mutaxssisligi, masalan, xorijiy tillardan birini bilishi hamda AkT texnologik
vositalardan foydalanaolishi shart.
Zamonaviy pedagog yuqori madaniyatli, xalqimiz tarixini chuqur biladigan va uning kelajagi
uchun jon kuydiradigan insonparvar va oliyjanob kishi bo‘lishi kerak. Uzliksiz ta’lim tizimini
amlaga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash borasida gap
borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malakali va pedagogik
mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash
lozim.
Shunday ekan, tarbiyachilik va o‘qituvchilik- katta san’atdir. bu san’atga u yoki bu pedagog
osongina, o‘z – o‘zidan erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom
avlod uchun chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r,zamon talablarini tez va kengroq
tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy – siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan
amalga oshirib boruvchi, mustaqil g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, ha-qiqiy
vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladi.
Pedagogik mahorat tug‘matalant yoki nasldan – naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning
negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi.Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma
o‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Axborot va komunikasiya texnologiyalari ta’lim mazmunining doimiy ravishda yangilanishi,
o‘qyv – tarbiya jarayonining tashkiliy shakl va metodlarini isloh qilinishiga olib keladi.
Bugungi kunda hayotning o‘ta o‘zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi
jihatlarini yuzaga chiqara oladi:
1).Ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy texologiyalarning yangilanishi 3 – 5 yilni tashkil etib, avlodlar
almashinishi sur’atidan ham o‘zib ketmoqda;
2). Uzliksiz ta’lim va yangiixtisoslikka ega bo‘lish shaxsning ijtimoiy mavqe ini saqlab
qoliahning ajralmas qismiga aylandi;
3).kerakli axborotlarni o‘z vaqtida topish, olish, qabul qilish va samarali foydalanish har bir
insonning qobiliyariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limda kompetentlikni rivojlantirishga, birinchidan,kmop’yuterlashtirish jarayoni katta
yordam beradi. Axborot portlashi deb ataluvchi holatda u, ayniqsa, dolzarb bo‘lib qoladi.
Ikkinchidan, bunda inson katta axborot oqimiga duch kelib, uni tahlil qilish, tushuntirishhamda
undanfoydalanish yoki foydalanmaslik haqida qaror qabul qilishni bilishi kerak bo‘ladi.
Kompetentlik yondashuvi bilan qiziqish- ning yana bir sababi bu bozor munosabatlarining
rivojlantirilishi va raqobatbar-dosh kadrlarni tayyorlashdir. bu nihoyat, uchunchidan, O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimini kompetentlik bilan ishlab chiqilayotgan va tatbiq etilayotgan xalq-aro
tizimga birlashidir.
kompetensiya ( lot.competo erishyapman, munosibman, loyiqman ) u yoki bu sohadagi
bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi.
kompetensiya ( lot. competere layoqatli, munosib bo‘lmoq ) shaxsning biror bir sohadan
xabardorlik, shu sohani bilish darajasi.
Komnementlik ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradgan bilimga
ega bo‘lish, dalil isbotli fikr, kishining muayyan sohadagi saviyasini ifoda etadigan atama.
Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim,
ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirishdir. kompetentlik insonga muayyan masalalardafikr
bildirishi, ma’lum qarorlarni ishlan chiqishda ishtirok etishi yoki mustaqil ravishda qaror qabul
qilishimkonini beradi.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti shunday deydi:”Buyuk maqsadlari-mizga, ezgu
niyatlarimizga erishamiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga
oshirilayotgan islohatlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga
javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo‘lgan mutaxssis kadrlarni tayyorlash
muammosi bilan bog‘liq ”.
Kasbiy kompetentlik – murakkab xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy, axborot, kommunikativ,
refleksiv, intellektual, tadqiqotchilik kompetensiyalariini o‘zida mujassamlashtirgan integral
tizimdir.
204
10
“Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” tizimidagi intergrasiya fanlararo ta’limning maqsadlari va
vazifalariini aniqlash bilan ta’minlanadi. fanlar bo‘yicha vertikal va gorizantal integrasiyani
o‘tkazish, ularni alohida bloklar va fanlarning asosiy bloklari bo‘yicha aloqalarni aniqlash, asosiy
fundamental tushunchalarni ajratib beradigan kurslarniajratish, fanlarni tuzilmaga solish, fanlar
turini va semantik tushunchalarini tuzish, tayyorgarlikning turli bosqichlaridagi ta’lim ketma –
ketligini aniqlash integrativ kurslarni ishlab chiqishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Kasbiy ta’limda kompetentlikka asoslangan yondashuvni amalga oshirish istiqbollari:
* har bir bolaning shaxsiy salohiyatini hisobga olishva uni ruyobga chiqarishning samarali
yo‘llaridan foydalanish;
* o‘quv maqsadlari mazmunini o‘zgartirishorqali shaxs rivojlanishi masalasi ni birinchi o‘ringa
ko‘tarish;
* o‘quv metodlarini qayta tanqidiy ko‘rib chiqish va shaxsning tadqiqotchi-lik ko‘nikmalarini
rivojlantiradigan metodlaridan foydalanish;
* o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizmini amaliyotga joriy etish.
205
Do'stlaringiz bilan baham: |