Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR 
BILAN ISHLASH USULLARI
Sayidova Ergashoy Rayimovna, 
Navoiy viloyat Karmana tuman 
13-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy 
davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun 
ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik 
muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, 
jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik 
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta 
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
187-sonli qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, 
ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy 
yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish 
va amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega.
boshlang‘ich sinflarda darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlash o‘rgatish bir kunda yoki 
bir soatlik dars davomida amalga oshirilmasdan, balki yillar davomida bosqichma–bosqich turli 
omillar ta’sirida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, muammoli metodlardan foydalanish yaxshi 
samara beradi.
Olib borilgan kuzatishlarga qaraganda ta’lim metodlarining barchasi ham o‘quvchilarni darslik 
va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda mustaqil fikrlashga o‘rgatish vositasi bo‘la olmaydi. 
Ammo darsda turli metodlarni qo‘llash orqali darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda 
ta’lim samaradorligini oshirishga, bilimlarni egallash jarayonining zerikarli bo‘lmasligiga erishish 
mumkin.
Ta’lim metodlari xilma–xil bo‘lib, o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga birlashtiriladi. 
Ta’lim metodlarining tasnifiga oid turli qarashlar mavjud: ba’zi mutaxassislar ta’lim metodlarini 
tasnif etishda darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda bilim manbalarini hisobga olishsa, 
ayrim olimlar o‘qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar 
esa o‘quvchilar faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning ko‘p va 
rang–barang bo‘lishi tabiiy. chunki ta’lim metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot 
mazmuni bilan ham, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan ham, bilim va malakalar bilan ham, 
shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Masalan, Yu.k.babanskiy darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda samara beruvchi 
ta’lim metodlarini o‘quvchilarning faoliyati nuqtai nazaridan tasnif etadi. U ta’lim metodlarini 
uch guruhga ajratadi:
– o‘quv–biluv faoliyatini uyushtirish va amalga oshirish metodlari;
– o‘quv–biluv faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari;
– o‘quv–biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish metodlari.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlash orqali har bir 
guruh, o‘z navbatida, yana kichikroq guruxlarga ajratiladi. Masalan, birinchi guruh metodlariga 
quyidagilar kiradi: og‘zaki bayon qilish, ko‘rgazmali metodlar, amaliy metodlar, induktiv va 
deduktiv metodlar, muammoli–izlanish metodlari, mustaqil ishlash metodlari.
Darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda, darslik bilan mustaqil ishlay olgan o‘quvchilar 
baholashda rag‘batlantirish va nazorat qilish metodlaridan foydalanishda ham o‘z tarkibida 
guruxlarga ajratiladi.
O‘quvchini mustaqil darslik va o‘quv–qo‘llanmalar bilan ishlashda ta’limning muammoli 
metodi faqat o‘qituvchini bilimlarni bayon etishga emas, balki o‘quvchilarni mustaqil ravishda 
izlanishga, fikr yuritishga yo‘naltirishi lozim.
A.G‘ulomov va M.Qodirovlar xususiy metodlar, ya’ni o‘qish ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan 
metodlar borasida to‘xtalib o‘tadilar. Ular ta’limni ikkiyoqlama jarayon ekanligini hisobga olib, 
ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratadilar:


219
10
1. O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar.
2. 
O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar
O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar bilimlarni tayyor holda bayon etish va muammoli 
bayon qilish metodlariga ajratilgan.
O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar guruhiga qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik 
va izlanishga asoslangan metodlar kiradi Ta’lim metodlarini tahlil qilib chiqar ekanmiz, ulardan 
unumli va o‘rnida foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda juda qo‘l kelishini 
ko‘ramiz. Ammo ta’lim metodlarining barchasi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilmaydi. binobarin, reproduktiv metod o‘quvchilarda 
mustaqil fikrlashni shakllantirishga ta’sir etmasa, muammoli izlanish metodi orqali bu borada 
yuqori natijalarga erishish mumkin. 
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlashda topshiriqlarni bajarishda muammolar qo‘yiladi, 
bu muammo – mohiyatiga ko‘ra, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan masaladir.
O‘qituvchi o‘quvchi oldiga muammo qo‘yar ekan, uni hal qilish yo‘lidagi harakat davomida 
o‘quvchi darslik bilan ishlaydi, izlanadi, ijod qilishga intiladi, muammo ustida avvalgi tajriba va 
bilimga tayangan holda fikr yuritadi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf ta’lim–tarbiya jarayonida darslik va qo‘llanmalar 
bilan ishlash adabiyotlarni o‘rganish bilan birgalikda, turli usul, uslub va omillar ta’sir etadi–ki, bu 
usul, uslub va omillar ta’siri natijasida darslik va o‘quv qo‘llanmalar orqali ta’limda ko‘zlangan 
natijaga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta 
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
187-sonli Qarori
2. Ibragimov R. boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning 
didaktik asoslari: Ped. fan. nom. ... dis. – Toshkent, 2002.
3. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2


220

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish