Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


NAVOIY ASARLARI ORQALI BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
NAVOIY ASARLARI ORQALI BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING 
TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Samatova Halima Rustamovna,
Navoiy viloyati Karmana tumani 
10-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Mutafakkirimiz va xalqimiz sevgan shoir Alisher Navoiy jahon adabiyotining buyuk 
namoyondalaridandir. hayot yo‘li ibrat maktabi, asarlari esa kamolotga yetishish vositasi 
hisoblangan ulug‘ shaxs siymosini bo‘lajak pedagog sifatida o‘zimiz mukammal o‘rganib va 
kelajakda yosh avlodga tanishtirishimiz lozim. 
Biz shoir g‘azallaridan yod olib, asarlarini mutoala qilib, ongli ravishda mushohada 
yuritganimizda, buyuk shaxs siymosidan faxrlanish tuyg‘usini tuyamiz va bo‘lajak maktabgacha 
ta’lim muassasasi o‘qituvchisi sifatida o‘z tarbiyalanuvchilarimizda mana shunday faxr his-
tuyg‘usini shakllantirishimiz joizdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga buyuk allomalar avlodlari ekanligimizni anglatmoqchi 
ekanmiz, eng avvalo ularning psixik rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini 
inobatga olishimiz lozim.Ana shu psixik jarayonlardan biri tafakkurdir. bizga ma’lumki, tafakkur 
(arabcha – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari 
aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar ya’ni qonuniy bog‘lanishlani aks etadigan 
bilishning murakkab jarayonidir.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
Unda voqyelik abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. hissiy bilishdan farqli 
o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan fikran chetlashgan, 
mavhumlashgan holda e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga 
va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi.
Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribasiga har safar bevosita 
murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. fikrlash bunda predmet va 
hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. 
Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega 
bo‘lmagan narsalar yuqori darajada ideallashgan obyektlarni yaratish, turli xil forma sistemalarini 
qurish bilan keladi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini 
o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy 
hodisada reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi 
va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi.
Biz boshlag‘ich sinf o‘quvchilari tafakkurini shakllantirishda Navoiy bobomiz merosidan 
foydalanishimiz samarali natija beradi. boshlag‘ich sinf o‘quvchilaritafakkurini rivojlantirish 
jarayonida biz “Sher bilan Durroj” hikoyati orqali bola yolg‘onchilikning oqibatlari xususida 
durrojning yolg‘on gapirishlaridan bilib oladi. O‘qituvchi bu o‘rinda qahramonlarni alohida 
ta’riflab o‘tsa yaxshi bo‘ladi. Sher – bu o‘rmonlar shohi. U hyech narsadan qo‘rqmaydi. Lekin 
u o‘z bolalarini o‘ylaydi. durrojning u yoqdan – bu yoqqa qilgan tinimsiz harakatlari bolalari 
tinchligini buzayapti. Shuning uchun katta bo‘lishiga qaramasdan durroj oldida bosh egib, u 
bilan do‘stlashdi. Mana shu o‘rinda o‘qituvchi bolalarga o‘z onalarining ular uchun hamma 
narsaga tayyorligini ta’kidlab, shuning uchun onalarining qadriga yetishi, ularni har doim yaxshi 
ko‘rishi, ardoqlash, aytganlarini so‘zsiz bajarishi kerakliligini aytib o‘tsa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Vaziyatga qarab bolalardan navbatma-navbat onalariga qanday munosabatda bo‘lishlari 
haqida so‘rab borilsa ham o‘rinli bo‘ladi. 
Durrojning mahmadonaligi, o‘zbilarmonchiligi, yolg‘onchiligi o‘z boshiga kulfat olib 
kelganligini o‘qituvchi obrazli qilib bolalarga yetkazish lozim. bolalardan bu holatga 
munosabatlarini ham so‘rasa yaxshi bo‘ladi. Shunda bolaning yolg‘on va yolg‘onchilikka 
nafrati oshadi, oqibati yomon bo‘lishini sezib yolg‘on gapirmaslik lozim degan fikrni 
miyasida mustahkamlaydi. boladagi rostgo‘ylik xususiyatining shakllanishi uning ma’naviyati 
yuksalayotganligidan dalolat beradi. Xullas, rejada ko‘rsatilgan har bir hikoyat singari bola 
dunyoqarashini kengaytirib, undagi insoniy fazilatlarni o‘stirishda ko‘maklashadi.


217
10
Bulardan tashqari “Hayrat ul-abror” dostonidagi adablilik odati, qanoat, saxiylik to‘g‘risidagi 
hikoyatlarni ham dastur tarkibiga kiritish lozim. Ularda aks etgan insoniy sifat va xususiyatlar 
orqali bolalar tafakkuri shakllantirilsa maqsadga muvofiq hamda juda yaxshi samara beradi. 


218

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish