10
CHIZMACHILIK O‘QITISH METODIKASIDAQO‘LLANILADIGAN ILMIY -
TADQIQOT BOSQICHLARI VA DARSNI TO‘G‘RI TASHKIL ETISH METODIKASI
Ro‘zimatova Diloramxon Mahamadumarovna
Andijon viloyati Asaka tumani
18- umumta’lim maktabi
1- toifali tasviriy san’at fani o‘qituvchisi
Tel 94 109 03 80
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida chizmachilik darslarini to‘g‘ri tashkil
etish qo‘llanadigan metodlar haqida fikr bildiriladi.
Kalit so‘zlar:
o‘qitishning texnik vositalari, chizmachilik, P.Odilov
chizmachilik fani umumta’lim maktablarida 2000-yildan boshlab P.Odilov va
A.Umronxo‘jaevíar tomonidan tuziigan dastur bo‘yicha o‘qitilib kelinmoqda. 1993-yilda
O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-metodika markazi tomonidan «Chizmachilik o‘qitishni
takomillashtirish konsepsiyasi» e’lon qilindi. 1995-yilda shu konsepsiyaga asosan chizmachilik
fani «Texnikaviy grafika asoslari» deb yangidan nomlanib, shu nomda dastur va darslik chop
qilinib, o‘quv jarayoniga kiritildi.2004-yiida P.Odilov va boshqalar tomonidan umumta’lim
maktablarining 8 va 9-sinflari uchun «chizmachilik» darsligi nashr qilinib, o‘quv jarayoniga
kiritildi. hozirgi kunda respublikamiz umumta’lim maktablarida A.Umronxo‘jaev tomonidan
tayyorlangan «chizmachilik» hamda P.Odilov va b. tomonidan tayyorlangan «chizmachilik»
darsliklaridan foydalanilmoqda.
Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan barcha fanlarning o‘z maqsadi bo‘lgani kabi
chizmachilik darslarida ham o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantirishga ahamiyat
qilish kerak:
a) bilim olish jarayonlarini boshqarish (aniq maqsadga yo‘naltirilgan diqqat, xotira va hokazo).
b) o‘quvchilaring nutq imkoniyatlari, turli belgili tizim (simvolik, grafik, obrazli)larni tushunish
va ulardan foydalanish qobiliyati. chizmachilikdan o‘quvchilarning bilimi, ularning grafik
savodxonlikka qiziqishlarí qator ta’sirlarga bog‘liq.
Chizmachilikni o‘qitish sohasida qo‘llaniladigan tadqiqotlar o‘qitishning qonuniyat va
xususiyatlarini aniqlash, dastur mavzularini o‘rganishda samarali metod va usullarni ishlab chiqish
va amaliyotga tatbiq qilish, grafik topshiriq, o‘qitishning texnik vositalari, tavsiyalar ishlab chiqish
kabilarni o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot ishlarining zarur sharti fanning maktabda o‘qitilish ahvolini yaxshi bilishdan iborat.
buning eng yaxshi yo‘li bevosita maktabda chizmachilik o‘qitish. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan
har kuni uchrashib tursa, o‘qituvchi o‘quvchilarning dastur, darslik, didaktik materiallar va
ko‘rgazmali qurollarga nisbatan munosabatlarini bilib boradi. bu unga o‘qitishdagi kamchiliklarni
tez va chuqur bilishga va ularni bartaraf qilish yo‘llarini izlashga imkon beradi.
Chizmachilikda pedagogik tadqiqot jarayonini o‘zaro bog‘liq bir necha shartli bosqichlarga
bo‘lish mumkin. har bir bosqichning o‘z vazifalari bor: birinchi bosqich – bunda o‘qituvchi darsni
yanada samarali va o‘quvchilar uchun qiziq holda tashkil etish maqsadida quyidagi tavsiyalarga
amal qilishi lozim: - o‘qituvchilar tajribasini o‘rganishda quyidagilarni aniqlashi kerak:
- o‘qituvchi qanday qiyinchiliklarga duch keladi;
- qiyinchilik va kamchilarning sabablari.
Ushbu o‘rgangan jihatlarni darslarda qo‘llash pedagoglarning yutuq va kamchiliklarini o‘rganib,
dars jarayonida qo‘llashi orqali samarali darsni tashkil etish imkoni paydo bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich - gipotezani qo‘yish. Gipoteza (ilmiy faraz) bu ma’lum muamoni hal qilish yo‘li
ko‘rsatilgan taklif. darsni yanada qiziqroq bo‘lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi. O‘qituvchi
muhokama uchun mavzuni o‘rtaga qo‘yadi dars baxs – munoza va tortishuvlar asosida tashkil
etiladi. har bir o‘quvchi o‘zining erkin fikrini bildiradi. dars yakunida gipoteza o‘zgarmasdan
qolmaydi.
Uchinchi bosqich - gipotezani tekshirish va nazariyalarni qurish. bunday tekshirish ilmiy
tadqiqotning turli metodlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ya’ni turli zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, metodlar, internet tarmoqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Xulosa o‘rnida aytishimiz lozimki, o‘qituvchi o‘zini ma’naviy-siyosiy hamda ma’rifiy saviyasini
207
10
oshirib borishi ustida tinmasdan ishlashi zarur. U milliy qadriyatlarimiz, o‘zbek xalqining boy
madaniy merosi va o‘tmishini yaxshi bilishi, bulami o‘quvchilarga dars jarayonida o‘z o‘rnida
tushuntirib, ongiga singdirib borishi zarur.
O‘qituvchi chizmachilikdan o‘quv dasturini puxta o‘rganishi, uning asosiy yo‘nalishi hamda
mazmunini tushunishi, maqsadi hamda umumta’lim maktablaridagi yoki kasb-hunar kollejlaridagi
vazifalarini aniq bilish shart.
O‘qituvchi darsga tayyorlanishda mashg‘ulotlar o‘quvchilar uchun faqatgina foydali
bo‘lib qolmasdan, balki qiziqarli bo‘lishiga erishishga harakat qilish kerak. chizmachilik fani
o‘qituvchisining geometriya, mehnat ta’limi, matematika fanlaming o‘quv dasturi bilan ham
anishgan bo‘lishi foydalidir.
chizmachilikdan o‘quv materialini aniq rejalashtirish talab qilinadi. bunda dastur bo‘yicha
mavzu yoki bo‘limni ajratilgan soatlar bo‘yicha o‘tiladigan hajmini taqsimlash ayniqsa
yangi ish boshlayotgan O‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Shu o‘rinda, Pedagog
olim A.S.Makarenkoning quyidagi so‘zlari juda o‘rinli: «Agar sizning ishingizda hamisha
muvaffaqiyatsizliklar va kamchiliklar hamroh bo‘lsa, har qadamda o‘z ishingizni bilmaslingiz
ko‘rinib tursa, siz kamsitishlar va har xil kinoyalardan ortiq hech bir nimaga erisholmaysiz» - deya
ta’kidlagan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E.I.Ro‘ziyev, A.O.Ashtrboyev. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. — T.: «fan va
texnologiya», 2010
2. www.ziyouz.com kutubxonasi
208
Do'stlaringiz bilan baham: |