10
OLMOSHNING MA’NO TURLARI
Zilola Ortiqova
Sam DCHTI akademik litseyi
Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Telefon: +998915545273
ortiqovazilola9@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarga olmosh va uning uslubiyati haqida ma’lumotlar
berish, ularni boshqa so‘z turkumlari o‘rnida to‘g‘ri qo‘llash va takrorlarning oldini olish
masalalarini turli grammatik vositalar orqali yetkazish
Kalit so‘zlar:
Olmoshning uslubiy xususiyatlari, ta’limiy maqsad, oldingi o‘ringa olib chiqish,
nutq faoliyatini o‘stirish, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash,grammatik o‘yin, ichi bo‘sh so‘zlar, olmosh
turlari, ko‘rsatish olmoshlari.
Olmosh va uning uslubiy xususiyatlarini o‘quvchi ongiga singdirishda o‘qituvchi ta’limiy
maqsadni olg‘a suradi. buning uchun o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish natijasida musobaqali
darslar tashkil qilishdan iborat. Guruhda o‘zaro ahillik, guruhda o‘z bilimini namoyon qilish va
guruhini oldingi o‘ringa olib chiqishga harakat qilishdan iborat. O‘quvchilarning mavzu haqida
bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning nutq faoliyatini o‘stirish, nutq jarayonida so‘zlarni
to‘g‘ri qo‘llay olishni o‘rgatadi.
Avvalo, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi, davomatni aniqlaydi,texnik jihozlarni darsga
tayyorlaydi, o‘quvchilarni dars jarayonida kayfiyatini ko‘tarish uchun bir talantli o‘quvchiga
qo‘shiq kuylatadi. O‘quvchilarni 3 guruhga ajratadi va uyga vazifalar turli grammatik o‘yinlar
asosida so‘raladi. doskani uchga bo‘lib o‘quvchilarning ballari qo‘yib boriladi va bu topshiriqlar
shaxmat o‘yini asosida ham olib borilsa dars noan’anaviy tus beradi.
Olmoshning nima uchun ichi bo‘sh so‘zlar deyilishi, uning atash ma’nosi yo‘qligi, ularning
maxsus qoidasi, so‘rog‘i yo‘qligi,barcha so‘z turkumlari o‘rnida kela olishi, ularning sintaktik
vazifasini bajarishi, so‘z, so‘z birikmasi, hatto gap o‘rnida kelishi, olmoshning ma’no turlari,
olmoshning ma’no turlaridan qaysilari olmoshning tuzilishi jihatidan qaysi turlariga kirishi va
olmosh so‘z turkumidan boshqa so‘z turkumlarini hosil qilish masalalarini o‘quvchilarga yetkazish
maqsadida o‘quvchilarning diqqatini tortish uchun turli qiziqarli o‘yinlardan foydalansak maqsadga
muvofiq bo‘ladi. dars jarayonida “Aqliy hujum”,”Zanjir o‘yini” “ko‘rsatish olmoshlarining bir-
biridan farqini bilasizmi?’’, ‘’Bittasi to‘g‘ri’’, “Bittasi begona”, “Beshovi tog‘ri”, “Kim ko‘p meva
tera oladi?” usullaridan unumli foydalaniladi.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning olgan bilimlarini baholash maqsadida “Aqliy hujum”
usulidan foydalaniladi. bunda tezkor savollar yordamida har bir o‘quvchi guruhiga ball to‘plashga
harakat qiladi.
Guruhlarga “Ko‘rsatish olmoshlarining bir-biridan farqini bilasizmi?” grammatik o‘yinda
topshiriq beriladi. bunda guruhlar ko‘rsatish olmoshlari so‘zlovchi bilan predemt orasidagi vaqt
va masofa munosabatiga ko‘ra bir-biridan farqlanishini bilish uchun o‘qituvchi o‘quvchilardan
ko‘rsatish olmoshlari ishtirokida gaplar tuzishni talab qiladi va gap tarkibidagi gaplarni tahlil
qiladi. Natijada o‘quvchi bu olmoshi so‘zlovchining ko‘z oldida bo‘lgan, eng yaqin turgan, nutq
so‘zlanib turgan paytda tilga olingan predmetni ko‘rsatishini, shu olmoshi so‘zlovchining ko‘z
oldida bo‘lgan yoki yaqin vaqt ichida so‘zlab o‘tilgan predmetni yana eslatish uchun ishlatilishini,
u olmoshi orqali ko‘z oldida bo‘lmagan predmetga ishora qilinishini va kishilik olmoshidan farqini,
o‘sha olmoshi so‘zlovchiga nisbatan uzoqroq bo‘lgan predmetni ko‘rsatish, ilgari so‘zlab o‘tilgan
ma’lum bir predmetni, voqeani eslash orqali ko‘rsatishini bilib oladi.
“Bittasi tanish”,”Bittasi begona”,”Beshovi to‘g‘ri” o‘yinlari asosida ham olmosh qaysi so‘z
turkumi o‘rnida kelganini yoki so‘z birikmasi, hatto gap o‘rnida kelganini olmoshning ma’no va
tuzilishi jihatdan turlarini toppish imkonini beradi. bu masalalarni ”Meva teramiz” o‘yini orqali
qo‘llasak ham bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Super test”,”Grammatik topishmoqlar” usullaridan foydalansak
o‘quvchilar e’tibori mashg‘ulotga qaratiladi. Rasm asosida badiiy matn tuzish topshirig‘I berilsa
o‘quvchi olmoshning nima uchun boshqa so‘z turkumlari o‘rnida kelishi, olmoshlar nutqimizni
o‘rinsiz takrorlardan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi ekanini tushunib
190
10
olishadi. dars oxirida “Ofarin”(5 baho) “barakalla”(4 baho) va “Jarima”lar (3 baho), “Jazo” (0
baho) soni aniqlanadi va mashg‘ulot davomida faol qatnashgan o‘quvchilarga yangi kitoblar,
ruchkalar yoki mevalar sovg‘a qilinadi. Uyga vazifa sifatida darslikdagi qoidalar va mashqlar
beriladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. hozirgi o‘zbek adabiy tili Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupova Toshkent “Ilm ziyo” -2015
yil 331-335 betlar
2. O‘zbek tili Asqarova Tosh.
3. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma b.Mengliyev, O‘.Xoliyorov Toshkent “Akademnashri”
2011. 216-219 betlar
4. hozirgi o‘zbek adabiy tili A.Anorbekova, Sh.Mirzayeva “NOShIk” nashriyoti Toshkent-2011
115-122 betlari.
191
Do'stlaringiz bilan baham: |