Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH METODIKASI



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH METODIKASI
Haydarova Mamlakat Mo‘minovna 
Andijon viloyati Andijon shahar 
13-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998 93 414 10 62 
Anotatsiya: 
ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi 
haqida ma’lumot berilgan. So‘z turkumlarining gapdagi vazifasi, uslubiy vazifalari haqida ham 
fikr yuritilgan va so‘z turkumlari qanday turlarga bo‘linishi haqida to‘xtalib, misollar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: 
leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilar, ot, sifat, son.
So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, 
morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi – so‘z turkumlari haqidagi ilm 
hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratish 3 turga asoslanadi:
1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning 
umumlashtirilgan ma’nolari);
2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi);
3)sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilari. boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari so‘z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik 
guruh alohida o‘rganiladi. bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni 
taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy 
tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning 
quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tartibi, predmet harakati 
yoki holati);
2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
3) o‘zgarish-o‘zgarmasligi;
4) gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari 
asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z 
turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi. dasturga 
ko‘ra, 1-2-sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab tasnif qilinadi. 3-sinfda 
“so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar 
(so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, 
bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 
4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: 
o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va otning gapdagi vazifasi, 
kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni 
o‘rganadilar. boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari va yordamchi so‘z 
turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishini ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni 
so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, 
fe’l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini 
o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib 
kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan 
o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirishi hisoblanadi. bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy 
tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash 
muhim ahamiyatga ega. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.”boshlang‘ich ta’lim”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari.
2.M.Yusupov. O‘qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent:O‘qituvchi. 1985.


140

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish