Kalit so‘zlar:
Bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari
bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganinsh uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi.
fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada
rivojlangan bo‘ladi.Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish boshqarish,
nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib
bo‘lmagan bo‘ladi.Miyaning bu qismlari 12 yoshga kelib rivojlanib bo‘ladi. bu jarayon to‘liq
shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida,faoliyatlarini tashkil
etishlarida va emotsional sohalada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Pedagoglar ota-onalar bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida
o‘ylaganlarida inson miyasining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari
lozim. bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa,bolaning
emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
bo‘ladi. bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa,bolaning
emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
bo‘ladi. buning oqibatida bolaning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy
rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi.bunday holatda energiya taqsimlaninshining majburan
buzilishi sodir bo‘lib,u 7-8-yoshli bolalarni qo‘rquv,agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib
keladi. bu bolani maktabga o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas,lekin bolanining
aqliy kamolotiga erta o‘qishni, yozishni, sanashni o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi.
Ma’lumki,rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan
abstract mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan
tayyor bo‘lmay turib,unga xarf va raqamlarni yozish,o‘qishga o‘rgatilsa psixik rivojlanishning
teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi.Psixolog olimlarning fikricha,psixik va evolyutsiya
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlar kabi o‘zgarmas,hamda universaldir.Yuqoridagi fikrlarni
umulashtirib aytish mumkinki,neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur
bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7-8 yoshga kelib shakllanadi.Ya’ni shu
yoshda bola 45 daqiqalik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi.
6-7-yoshli maktabga tayyor bolada’’Men shuni xohlayman ‘’ motividan ‘’Men shuni bajarishim
kerak’’motivi ustunlik qila boshlaydi.
kichik maktab yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi.kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning ahloqiy onglari 1-4-sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va
ahloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlarning boyish sezilarli darajada boyiydi.
Bu davrda kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘gri taqsimlash borasida yaxshi
o‘qish,o‘ynash,sayr qilishva boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar.demak,
oilada bola u bilan hisoblashadigan,maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. kichik maktab
davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir.Shuning uchun ham rivojlanishning bu
bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Agar
shu yoshda bola bilish,o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa,
do‘stlashishni bilmasa,o‘ziga nisbatan,o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la
olmasa,bu ishlarni kelgusida amalga oshirishi qiyinroq bo‘lib,boladan yuqori ruhiy va jismoniy
zo‘riqishni talab etadi.
132
10
Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish,jumladan moddiy narsalarning
har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish,ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi.7-
10-yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi,10-12-yoshgacha bolalarda esa 65
foizgacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlangan.kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni rasm
chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligini o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Ohanglarni farq
qilish sezgirligi,ayniqsa bolalarga musiqava ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi.
Sezgilarning o‘sishida shuningdek,jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq
harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul –harakat sezgilarini o‘stiradi.
O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflab berish
mushkul bo‘lgan paytlada tasvirlab, taqqoslab,xarakterlab,misollar bilan ko‘rsatib beradilar.
dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. bu holat,albatta biror-
bir yordamchi qurollar,predmetlar,maketlar,sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini
rivojlantirishi mumkin.Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur,harakatlar qilishga
qiynaladilar.kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida,shuningdek
ertak va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘z hayollari
va tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalar to‘qiy oladilar. bu yoshdagi bolalar
tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi.Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar,boshqalari
esa fantastic obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shu bois turli tasavvurlar zamirida ularning
qo‘rquvni yengishi,do‘st topishi,xursandchilik hislari yotadi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6
yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi.bu davrda bolaning
yozma nutqi ham shakllanadi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga,mustaqil fikrlashga
o‘rgatish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir.
kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi.Individ
ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi.bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi
uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof-hayotdagi narsa –hodisalarga
nisbatan fikrini,munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi.
kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-
onasi,o‘rtoqlari va ayniqsa o‘qituvchisi bilan bo‘ladigan munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi.
bola o‘qituvchisini aql sohibi,ziyrak,sezgir,mehribon inson deb biladi.O‘qituvchining obro‘si
oldida ota-onalar,oilaning boshqa a’zolarining nufuzi keskin kamayadi.Shu sababli bolalar bu davrda
o‘qituvchining so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar.bolalarning o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyati
hamda shaxsining shaklllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi o‘ziga
xos xususiyatlariga,sinfdagi o‘z mavqeini qay darajada anglab yetishiga,tarkib topgan o‘quvchilar
jamoasi bilan o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
KIchik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha barqarorligi,anglanganligi
bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik
bilan o‘tadi,ancha chuqur va kuchli bo‘lib qoladi.kichik maktab yoshidagio‘quvchilarning
umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik,ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi.darslarda va
tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlardaular quvnoq va tetik bo‘ladilar.bunday holat esa kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bo‘lib hisoblanadi.
Bu yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari
haqidagi bilimlar qiziqtiradi.bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy
o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy
qiziqishlari,emotsiyalari,jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi.Qiziquvchanlik kichik
maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligininamoyon etilish shakli hisoblanadi.
bu davrda bolalarda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi.bu yoshdgi
bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular
asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.Ularda mehnatga havas
uyg‘onadi,mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash,ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga
intilish singari fazilatlar tarkib topadi.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intelektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi.O‘quv
faoliyatida bolalar katta hajmdagi bilimlar va faktlarga duch kelib ular bolalarda taajjublanish,
ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib,qiziquvchanlik, urichoqlik,shubhalanish va shu
kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos bo‘ladi.
133
10
O‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib birmuncha
pasayish ko‘zga tashlanadi.O‘quv faoliyatiga qiziqish 1-2-sinflarda ko‘tarilib, 3-4-sinflarda
pasayadi.kichik maktab yoshidagi o‘qishga qiziqishning pasayishi sabablaridan biri sifatida
V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qo‘yilishi,bu esa bolada o‘qishga
nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoniyatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida
deb biladi.
O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori
darajada rivojlanishi,balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.
kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.O‘quvchining maktabdagi
muvaffaqiyati uning keying psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi.
buning natijasida o‘z-o‘zidan oilasi,o‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay
boshlaganini ko‘rish mumkin.
Xulosa sifatida aytish mumkinki,boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi –
bu o‘quvchilarni ‘’o‘qish’’ga,bilim olishga o‘rgatishdir.kichik maktab yoshidagi bolalarning
psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.bu o‘zgarishlar ularning
hayotlarining ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi.
Barchamizga aqlan yetuk, ma’nan barkamol, ruhan va jismonan sog‘lom farzandlar kamolini
ko‘rish nasib qilsin.
foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.
1. M.G.davletshin va boshqalar ‘’Yosh davrlar va pedagogic psixologiya’’ T.TdPU.2009.
2. Petrovskiy .A.V. Yosh psixologiya va pedagogic psixologiya. M.1979.
3. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash.- T. fan.2003.
4. G‘.b.Shoumarov .Oila psixologiyasi.T.Sharq. 2010.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |