10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ERTAK VA MASALNING O‘RNI
Alixonova Dilnoza Alisherovna
Andijon viloyati Jalaquduq tumani
7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99890-626-84-49
Annatatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarni erkin fikrlash,o‘z fikrini bayon eta olish,
ertaklardagi obrazlar orqali hayotga ijobiy va salbiy fikrlash, dovyurak, mard, jasur insonlar bo‘lib
yetishga yordam beradi.
Kalit so‘z:
O‘gzaki nutqni oshirish, erkin fikrlash, muommoliy vaziyat,o‘quvchi faolligini
oshirish, erkin fikrlashga o‘rgatish
Ertak xalq og‘zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo‘lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan
oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko‘pida real hayot tasviri
fantastic elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli suyjeti, voqea rivojidagi
favqulotta, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi:undagi mard, kuchli, topkir, dovyurak,
chakkon qaxramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgu kuchning-yaxshilikning doimo
g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli, bir xil
so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi ifodali
vositalarning jonliligi bolalar uchun g‘oyatda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilarning raxmdil,
saxiy adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kabi timsollarga bo‘linishi
o‘quvchilarga axloqiy jixatidan tarbiyalashga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ertak orqali o‘quvchilarda ijobiy va salbiy xususiystlarni o‘rganib tushunchaga ega bo‘lib
u orqali o‘ziga kerakli xulosani oladilar. biz kattalar ham yoshligimizdan ertaklar eshitib katta
bo‘lganmiz. buvijonlarimizdan turli xil ertaklar eshitib o‘sha ertakdagi yaxshi va yomon xislatlarni
ongli ravishda bolalarcha taxlil qilar edik.
Hozirgi kunda ham biz maktabgacha tarbiyalanuvchi va boshlang‘ich sinf bolalarga turli
xildagi ertaklar aytish orqali ularning ongida yaxshi va yomonni anglashga, hayotda jasur, mard,
kuchli, oqil, insonlar bo‘lish va hayotiy ko‘nikmalar hosil qilmog‘imiz darkor.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ertak eshitib va eshitganlarini og‘zaki qayta hikoya qilib berish
orqali ularning og‘zaki nutqini o‘stirishga yordam beradi. Ertak aytish orqali bolalar o‘zlarining
qalbidagi istak – hohishi, orzu- armonlarini ham bayon etishga harakat qiladilar.
Ertak bolalarda personajlarning hatti-xarakatini muhokama qilib, baxolash ko‘nikmasini
o‘stiradi. Ertakda xalq o‘z hayotini o‘zi hikoya qiladi, shuning uchun o‘quvchilar ertakni o‘qish
bilan ma’lum davradagi xalq hayotini, uylari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Ertak ustida ishlashda quyidagi vazifa va tamoillaga amal qilinadi.
1.Ertak orqali yuksak axloqiy tarbiya berish.
2.Ertak matni asosida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.
3.Ertak orqali o‘zbek xalqining milliy qoloritini o‘zgartirish.
4.Ertak vositasida o‘quvchilarda ijodkorlik xislatlarini tarkib toptirish.
5.Ertakdagi suyujet orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o‘stirish.
Etakni izoxli o‘qish darsining ko‘rilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.O‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash.
2.Ertakni ifodali o‘qish.
3.dastlabki taassurot bo‘yicha suhbat.
4.Ertakni izoxli o‘qish.
5.Ertakni matnini tahlil qilish.
6.Ertak matniga reja tuzish.
7.Reja asosida ertakni qayta hikoyalash.
8.Umumlashtiruvch suhbat.
Masal axloqiy mazmunini kinoyaviy timsollar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. Masalda
insonga xos xususiyatlar kinoyaviy timsollar –hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga
ko‘chiriladi.Masalda fikrning qisqa, lo‘nda,chiroyligi o‘quvchilar nutqi va tafakkurining o‘stirishla
muhum vosita bo‘ladi.
Masalda o‘quvchilarning o‘sha masalni mazmunli, ifodali o‘qish, izohli tarzda o‘qish, masal
127
10
orqali o‘quvchilarda yuksak ahloqiy ma’naviyatni shakllantirishdan iboratdir.
Masal o‘qishda uning muallifiga, undagi qatnashuvchi shaxs yoki narsalar haqida tushunchaga
ega bo‘lib ketiladi ham. Masalni o‘quvchi o‘qiganda undagi janrlardagi qiziq holatlarni tushunib
sevib o‘qiydi.
Bolalarning masaldagi kinoyaviy mazmun emas,balki,birinchi navbatta,timsollarning go‘zalligi
o‘ziga jalb etadi.Shuning uchun masal ustida ishlash hayvonlar hayotidan yozilagn hikoya ustida
ishlash kabi uyushtiriladi.Odatda,masal personajlari o‘z hatti-harakatari, fe’l-atvorlari va nutkiy
uslublari bilan o‘zlarini tavsiflaydilar.ba’zan bu tafsifni personojning o‘zi to‘ldiradi.Muallifning
o‘zi esa bir-ikki so‘z bilan tafsifni mukammalashtiradi.
Masal ustida ishlash quyidagi vazifalar va tamoillarga amal qilinadi:
1.Masal janrning mohiyatini ochib berish.
2.Masaldagi kinoyani ko‘rsatib berish.
3.Masal ko‘rilishi ustida ishlash.
4.Masal matnidagi turli iboralar orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish.
5.Masal mazmuni asosida o‘quvchilarni yuksak axloqiy ruxda tarbiyalash.
Masal o‘qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
I Tayyorgarlik ishlari:
1)
Masal muallifi haqida ma’lumot;
2)
Masalda qatnashuvchi shaxs, hayvon, hashorat yoki narsalar xususiyatlari haqida suhbat;
3)
O‘quvchilarning diqqatini to‘plash.
II Masalni o‘qish:
1)
Ifodali o‘qish;
2)
Izohli o‘qish;
3)
Matnni taxlil qilish.
III Masal kompozisiyasi ustida ishlash:
1. Reja tuzish;
2. Reja asosida qayta hikoyalash;
3. Masaldagi kinoyani ochish;
4. Masaldagi voqealarni hayot bilan bog‘lash.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Qosimova Q. boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. T. O‘qituvchi 1985.
2. Abdullayeva k. Ikkinchi sinfda o‘qish darslari. T. O‘qituvchi 1987.
3. Ashrapova G. Xolmatov N. Uchinchi sinfda o‘qish darslari. T. o‘qituvchisi 1988.
4. Mirzayev I. boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodini o‘rganish. T.O‘qituvchi 1979.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |