3.Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy o`zgarishlar.
Respublikamizning eng nufuzli universitetlari qatorida bo‘lgan va jahonning ko‘pgina nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan diplomatik aloqada bo‘lib kelayotgan Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiy ta’limga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy anjumanlarning muntazam ravishda o‘tkazilib kelayotganligi fikrimizning dalilidir. Kasbiy ta’lim fani bizga, O‘zbekiston mustaqilligining birinchi yillaridan kirib keldi. CHunki, qo‘llanayotgan tajribalar kasbiy ta’limning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Talabalarimizga kasbiy ta’lim, kasbiy tarbiya berish muammolari ko‘zga tashlanib qoldi. SHu nuqtai nazardan birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov: «Bozor munosabatlariga o‘tish davrida kasbiy bilimlarni berishimiz maqsadga muvofiqdir»1,- deb ta’kidlagan edi.
Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, u albatta har bir odamdan iqtisodiy fikrlashga o‘rganishni talab qiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab yanada kuchayadi. SHuning uchun ham iqtisodchilarga yoshlikdan boshlab iqtisodiy fikrlashni o‘rganishlari uchun, mamlakatimizda o‘rta umumta’lim ta’lim muassasasiidan boshlab, iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishga kirishildi2. Oliy o‘quv yurtining talabalari, ayniqsa iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashni o‘rganibgina qolmay, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijalarga olib kelishini ko‘z o‘ngida keltira bilishni o‘rganishi zarur. SHunday qilib, bugungi kunda jamiyat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida anglab etgan holda ularni oqilona hal qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilash soha mutaxassislaridan juda katta bilim va malakani talab etadi. Bo‘lg‘usi iqtisodchilar bugungi davr talablariga javob berish uchun o‘z bilim va malakasini tinimsiz oshirib borishi, zamonaviy tajribalarni qunt bilan o‘rganishi, izlanishi lozim. Bu nafaqat bugungi kun kishilari, balki kelajak avlod oldida ham juda katta mas’uliyatni bo‘yniga olish demakdir. Kasb ta’limi uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilib borildi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasining pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘z bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. SHu sababali kasbiy mahorati etishmaydigan, ijodiy izlanishlardan yiroq, ta’limtarbiya, kasb-hunar ishida no‘noq kishilar ham shu sohaga aralashib qoldilar. Oliy ta’lim tizimida yo‘l qo‘yilgan bunday xato va kamchiliklar ijtimoiy hayotimizda o‘zining salbiy oqibatlarini namoyon qildi. Respublikamizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning bugungi bosqichida “Kasbiy pedagogika” fanining asosiy vazifasi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. Kasbiy ta’limga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 1. Ta’lim islohotlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi; 2. Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish, alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi; 3. Kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; 4. Kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.1 Kasbiy pedagogika talabalarni ta’limi, tarbiyasi, o‘qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim-tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimini asoslaydi. Ushbu fan insonni kasbiy faoliyatga tayyorlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |