PEDAGOGIKA
2016, 4-son
47
о‘qishda tengqurlardan ortda qolish, ular tomonidan о‘smirning ajratib
qо‘yilishi, bolaning о‘ziga nisbatan ishonchsizligi, о‘ziga bо‘lgan bahoning pastligi
(yoki ba’zan haddan ziyod yuqoriligi);
bola qobiliyatlarining kattalar tomonidan salbiy baholanishi, undagi
mavjud fazilatlarning ota-ona yoki pedagoglar tomonidan о‘z vaqtida va о‘z
о‘rnida e’tirof etilmasligi(chunki har qanday bolada, ayniqsa, о‘smirlik davrida
bola ongi, xulq-atvori, iqtidorida muayyan ijobiy о‘zgarishlar mavjud bо‘ladi);
ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan zо‘ravonlik, qiynoq,
yomonlikning jazosiz qolishi kabi axborotlarning bola tomonidan qabul qilinishi;
ota-onaning haddan ziyod bandligi, ota-ona bilan bola о‘rtasidagi
mojarolar, oilada muntazam ravishda tanbeh va sо‘kishlarning mavjudligi, ota-
ona tomonidan haddan ziyod nazorat va avtoritarlikning yо‘lga qо‘yilganligi, о‘ta
talabchanlik va, nihoyat, ota-ona (pedagoglar) tomonidan turli taqiqlarning
kо‘pligiga qaramay, zararli ta’sirlarga nisbatan bola qarshilik kо‘rsatishining
sustligi va bu borada kattalar kо‘magining yо‘qligi, (chunki kattalardagi, umuman
olganda, bolaga ijobiy ta’sir kо‘rsatish uchun madaniy, intellektual saviyaning о‘zi
yetishmaydi va boshqa sabablar)
1
.
Agar respublikamizda salkam 7,5 million oila mavjud ekanligini, ularda
tarbiya topayotgan farzandlarning har uchtasidan bittasi voyaga yetmagan
ekanligini inobatga olsak, ularning ijtimoiy xulqidagi salbiy jihatlar profilaktikasiga
qaratilgan maxsus tadqiqot о‘ta dolzarb ekanligini bilish mumkin
2
.
Alohida ta’kidlash joizki, о‘zbek oilasida ota-onalar, buvi va bobolar farzand
tarbiyasiga befarq emas, lekin ularning aksariyati deviant xulq profilaktikasi
bо‘yicha yetarli ma’lumot va tarbiya kо‘nikmalariga ega emasligi tashvishlidir.
Shu bois, voyaga yetmagan farzandi bor bо‘lgan 100dan ziyod oilaviy juftliklar
о‘rtasida ijtimoiy psixologik sо‘rovnoma о‘tkazildi (1-jadval).
So‘rovnoma orqali ota va onaning tarbiya usullari, oiladagi о‘zaro
munosabatlar va ularning tiplari haqida tasavvur hosil qilishga erishildi.
So‘rovnoma tо‘ldirganlarning 66 nafari onalar va qolgan 36 nafari otalarni tashkil
etdi. Shunda jami ota-onalarning 102 nafari tadqiqotda ishtirok etdi. Respondent
ota-onalarning oilaviy ahvoli о‘rganilganida, ularning aksariyati rasman nikohda
turadi. Notо‘liq oila vakilalarining barchasi nikohda bо‘lgan va 4-12 yil oralig‘ida
turmush о‘rtog‘i bilan ajralishgan. Nikohda birga, lekin aslida birga
yashamaydiganlar ham bor, ular jami о‘rganilgan oilalarning salkam 20 foizini
(aniqrog‘i 19,5%) tashkil etadi.
1
Шнейдер Л. Б.
Девиантное поведение детей и подростков. – Москва: Гаудеамус, 2007. –
С. 336.
2
Mustahkam oila. www.muloqot.uz/blogs/160644
Do'stlaringiz bilan baham: |