Yusufaliyev Elyorjon Mashrabovich,
Qо‘qon davlat pedagogika institutining chet tillar kafedrasi
mudiri.
1
Каримов И. А.
Асосий вазифамиз-жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш,
мамлакатимизни модернизация қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат //
Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул
қилинганинг 23 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. Халқ сўзи, 2015
йил 6 декабрь.
E. Yusufaliyev
*
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
46
ilk о‘smirlik yoki о‘spirinlik davrining qarama-qarshiliklariga dosh bera olmay,
adashishlari mumkin.
Tanlangan ilmiy muammo aynan voyaga yetmagan yoshlarning
muammolariga taalluqli bо‘lib, unda ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan ushbu
guruhga kiruvchi о‘smirlarning xulqidagi holatlarning tub ildizlari fanning ilg‘or
metodlari vositasida о‘rganildi, chunki jamiyatimizda “voyaga yetmaganlar
guruhi” atamasi mavjudki, u yosh davrlari hamda ijtimoiy psixologiyada eng
muhim, murakkab, muammolarga tо‘liq bir davr sifatida e’tirof etiladi. Ilk
o‘spirinlarning boshidan kechirayotgan muayyan muammolari, ichki ruhiy
kechinmalarini о‘rganish va ularga bola bu davrning muammolarini osonroq
boshdan kechirishiga kо‘maklashish masalasi ijtimoiy psixologiyaning dolzarb
muammolaridan hisoblanadi.
Ijtimoiy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, deviant xulq-atvor shaxsning
jamiyatda о‘rnatilgan axloq me’yorlari hamda qonun normalariga mos
kelmaydigan, ularga zid bо‘lgan ijtimoiy xulqidir. Agar deviant xulq-atvor qonun
nuqtayi nazaridan tahlil etilsa, bu – jinoyatchilikka moyillik, tartibbuzarlik,
о‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqan esa – yolg‘onchilik, dangasalik,
jizzakilik, urushqoqlik, о‘z joniga qasd qilish va boshqalar. Bunday xulqning shakli
bevosita insonning shaxs bо‘lib shakllanishi va jamiyatda munosib о‘rin egallab,
ongli, faol pozitsiyani egallashiga tо‘siq bо‘ladi. Shunday vaziyatlar qurboni bо‘lib
qolgan bola, agar ijtimoiy muhitda, ya’ni oilaviy о‘zaro munosabatlarda,
tengqurlari davrasida, mahalladagi о‘rtoqlari yoki dugonalari orasida о‘zining
munosib о‘rnini topaolmasa, tushkunlikka tushadi, agressiv, jizzaki, urushqoq
bо‘lib qoladi, norozilik kayfiyati bois о‘qishdan ham sovib, “kо‘cha bolalari”
guruhiga aralashib qoladi.
Deviant xulqni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni rossiyalik olim L.
B. Shneyder deviant xulqni shaxs kundalik sa’y-harakatlarida nisbatan barqaror
takrorlanuvchi, muhim ijtimoiy normalardan uni chekintiruvchi, nafaqat о‘ziga,
balki jamiyatga ham aniq zarar yetkazuvchi (moddiy, ma’naviy, axloqiy) va
ijtimoiy moslashuvga tо‘g‘onoq bо‘lgan harakatlar tizimi yoki shakli sifatida
ta’riflab, uning sabablari algoritmini keltirgan. Ularning eng muhimlari
quyidagilar:
his-hayajonli vaziyatlarda о‘zini nazorat qila olmaslik;
oiladagi noma’qul vaziyat, ota-onalarning о‘smirlik davri psixologiyasi
borasida savodsizliklari, ba’zan ochiq janjalkashlar oilasi yoki er-xotin о‘rtasida
oddiy murosa qilishning yо‘qligi, hattoki, oilaning notо‘liq maqomga kelib
qolganligi, ya’ni murakkab pedagogik vaziyatlardan chiqish borasida ota-ona
bilimlarining yetishmasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |