Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig’i masalalarini o’rtaga qo’yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo’limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa, ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining boshqa muammolarini o’rganadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fan ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o’rgana turib ijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari: (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. SHu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish ham lozimdir.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. ijtimoiy psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham o’rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o’rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
SHunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar hisoblanadi. SHu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya tomonidan o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. SHu bilan birga ijtimoiy pedagogika o’zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi.
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha:
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
SHuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’lif bersak ham bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |