Pedagogika V a psixologiya kafedrasi "ijtimoiy pedagogika"


Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari



Download 2,46 Mb.
bet37/147
Sana28.03.2022
Hajmi2,46 Mb.
#514382
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
Bog'liq
Ижт пед модули 2 та

Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari

MADANIYAT

DIN

TA’LIM

OILA

IJTIMOIY
INSTITUTLAR
3-Ilova


Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе'yorlari va axloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi



Oila – ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.

Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi.


Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shuqullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi.
Sotsiologiya keyingi 2-3 asr davomida kishilik jamiyatida yuz bergan o`zgarishlarni o`rganish asosida maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy dunyoning eng muhim xususiyatlari orasida sanoatlashuv, urbanizatsiya va siyosiy tizimlarning yangi tiplarini sanab o`tish mumkin.
Sotsiologiya boshqa fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xudq- atvorini o`rganadi. Sotsiologiya antropologiya, tarix, iqtisod va siyosatshunoslik orasidagi aloqalar muhimdir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy ijtimoiy bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti uchun zarur bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir institut-ta'lim muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, boyliklar bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi.
Ijtimoiy pedagogika- bu pedagogik fanlarning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib, uning tadqiqot ob'ekti shaxs bo`lib, u aniq manzilga ega. Ya'ni ijtimoiy pedagogikaning ob'ekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy qayotda adashgan, odob-axloq me'yorlaridan oqishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika-bu shaxslarning ijtimoiylashuvi qamda ularga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fani tarmoqidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir.

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish