Atoqli mutafakirlarimizning ta’lim - tarbiya sohasida qoldirgan muhim fikrlarini o`rganish, pedagogik tafakkurning o`sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim - tarbiya mazmuni va metodlarini o`rgatadi. O`tmishning pedagogik tizimlarida bo`lgan ilg`or fikrlardan ijodiy foydalanadi. Kishilik jamiyati paydo bo`lishi bilan odamlarda mehnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlatish ko`nikmalari hosil bo`ldi. Bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o`sib, kamol topa bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |