Kishilik jamiyati paydo bo`lishi bilan odamlarda mehnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlatish ko`nikmalari hosil bo`ldi. Bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o`sib, kamol topa bordi. Keksa avlod mehnat qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mehnat qilishga o`rgatdi, uni mehnat jarayonida tarbiyaladi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o`lchash, suv toshqinlarini oldini olish, odamlarni davolashga oid bilimlar avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |