1.muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi; 2.vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi; 3.tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; 4.tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi; 5.tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish; 6.tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: -Pedagogik kuzatish metodi; -Suhbat metodi; -Anketa metodi; -Intervyu metodi; -Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi; -Test metodi; -Pedagogik tahlil metodi; -Bolalar ijodini o'rganish metodi; -Pedagogik tajriba metodi; -Matematik-statistik metod. E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |