«Fokus»
Maqsad:
Tilni yuqoriga ko`tarish va havo oqimini tilning o`rta qismiga
yuborishga o`rgatish.
O`yinning borishi:
Jilmayish, og`izni sal ochib, tilning oldingi keng
qirrasini yuqorigi labga qo`yish, tilning chekka qirralari og`iz burchagiga tegib
tursin. Tilning o`rta qismida esa kichkina tarnovcha hosil bo`lsin va shunday
holatda burun uchiga qo`yilgan paxta puflab tushirilsin. Agarda havo oqimi
tilning o`rtasidan o`tsa, u vaqtda paxta yuqoriga qarab uchadi.
Metodik ko`rsatma:
1. Pastki jag` harakatsiz bo`lsin.
2. Tilning yon qirralari yuqorigi lablarga tegib tursin.
3. Pastki lab qiyshaymasin va pastki tishlarga tegmasin.
«Itoatsiz tilni jazolash»
Maqsad:
Til muskullarining bo`shashishiga yordam berish.
O`yinning borishi:
Bu mashq quyidagicha o`tkaziladi: tilni keng va tinch
holatda bo`lishi uchun og`izni bir oz ochib, tilni sekingina pastki labga qo`yib,
«yuqorigi lab bilan tilni «pya-pya-pya» deb shaqillatish kerak. Birdan beshgacha
yoki ungacha sanaguncha og`izni ochib, keng tilni tinch holatda ushlab turish
kerak».
Do'stlaringiz bilan baham: |