«Kim ko`proq topadi?»
Maqsad:
Rasm asosida so`zdagi berilgan tovushni aniqlash.
Jihoz:
Berilgan tovush ishtirok etgan so`zlar rasmi tasvirlangan syujetli
rasm.
O`yinning borishi:
Logoped bolalarga tegishli mavzuga oid syujetli rasm
ko`rsatadi, masalan «Polizda». Bolalar rasmni diqqat bilan ko`rib chiqadilar.
Logoped bolalarga: «Bolalar polizda nima terishmoqda?» degan savol bilan
murojaat qiladi, bolalar javob beradilar. Keyin esa «Qaysi predmetlar nomida
«R» tovushi (s tovushi va hokazo) bor?» ko`rinishida vazifa topshiriladi.
Har bir to`g`ri topilgan so`zga doiracha beriladi. Kim ko`proq doiracha olsa,
o`sha bola qolib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |