Metodik ko`rsatma:
Tarbiyachi bolalarning engil kulishini, ya’ni
burunlarini jiyirmay, lablarini oldinga ortiqcha cho`zmay, og`izlarini keng
ochmay kulishini kuzatib beradi.
«Xokkey»
Maqsad:
Til harakatini faollashtirish.
O`yinning borishi:
Tarbiyachi o`tirgan bolalardan shunday deb so`raydi:
«Bolalar, xokkey o`yini qanday o`ynalishini bilasizmi? (Tushintiradi). Hozir
birgalikda xokkey o`yinini o`ynaymiz. Faqat klyushka o`rnida og`zimizdan
foydalanamiz. Endi shaybani (no`xatni) klyushka bilan (tilimiz) maydonda
(og`zimizda) harakatlantiramiz. (Tarbiyachi qanday bajarish kerakligini
tushuntirib, ko`rsatib beradi)».
Do'stlaringiz bilan baham: |