1-guruh uchun krossvord:
Bo 'yiga
1. Keragida suvga o'tasan Qimirlashin poylab yotasan.
2. Kasbi doim taqir-tuqur, Qayda ilon ko'rsa cho'qir.
3. Birlashtirib kiyimni Issiq tutadi sizni.
Eniga
4. Qo'lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
5. Katta oppoq dasturxon Yer yuzini qoplagan.
6. Og'zi yo'g'-u, tishi bor, Duradgorda ishi bor.
Javoblari:
1. Qarmoq. 2. Laylak. 3. Tugma. 4. Shamol. 5. Qor. 6. Arra.
2-guruh uchun krossvord:
Bo 'yiga
1. Tikuvchimas, Bichuvchimas, Ignasi ancha ekan.
2. Kundalik tarix o'zi Har yerda uning so'zi.
3. Bir onadan yuz bola, Yuzovi ham bo'z bola.
Eniga
4. Uyning shiftida ini, Kuylab berar har kuni. Bahorda kutib olib Kuzatamiz kuz uni.
5. Xo'ppa semiz, bir tuki yo'q.
6. Uzun terak, ichi kovak. Javoblar:
1. Tipratikan. 2. Gazeta. 3. Uzum. 4. Qaldirg'och. 5. Tarvuz. 6. Qamish.
Do'stlaringiz bilan baham: |