Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Integral— (lotin tilida - «butun», «tiklangan») – uzviy bog’liqlik, butunlik, birlikdir. Generalizasiya



Download 2,39 Mb.
bet59/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

Integral— (lotin tilida - «butun», «tiklangan») – uzviy bog’liqlik, butunlik, birlikdir.
Generalizasiya(lotin tilida- «umumiy», «bosh») - shartli va shartsiz reflekslarning umumlashishi.
Yo’naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan motivlarning bir butun ekanligida o’z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehtiyojlarida namoyon buladi,
Yo’naltirilganlik strukturasida qoyaviy e’tiqod katta rol uynaydi. g’oyaviy e’tiqod - bu bilimning, o’sha shaxsga xos bo’lgan intellektual, emosional va iroda sifatlarining sintezi, qoyalar va xatti-harakatlar bir butunljgining negizidir.
To’rtinchi tizim o’z ichiga shunday xususiyatlar, munosabat,g’ar va xatga-harakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy «o’y fikrlari va his^guyqulari» aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas’ul arboblari sifatida xulq-atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizm va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.


Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart-sharoitlar
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir kursatuvchi besh yuzta uziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tutiladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga . qanday ta’sir qiladi?»
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turlm hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga kura, ilk yoshlik choglaridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katga odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar, Bolalar oilada, ko’cha - kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim qayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sivg Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi, Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi. Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi, Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida ulib qoladilar, Bu hodisa odamning’ shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil ta’lim- tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning "uzigagina bogliq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim-tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat, lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim-tarbiya mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali shugullanadigan va umuman shugullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tugma berilishi mumkin. Lekin shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hyech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tugma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlariga nasliy yo’l bilan berilishi mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida tuxtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akselerasiya terminini ishlatayapmiz. Xo’sh akselerasiya bu nima ? Akselerasiya - «tezlatish» degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo’lib turibmiz. Xo’p buning sababi nima? Albatta, bunga gurli fikrlar bor. Ayrim olimlar akselerasiyaning sababini ilmiy-texnika^ bilan boglab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiytexnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning oldiga mislsiz ko’p informasiyalarni idrok qilshp va fikrda qayta ishlash talablarini qo’ydi. Bu talab uz navbatida insonni har tomonlama, ya’ni ham jismoniy, ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga olib keddi. Yuqorida aytib utilgan olimlarning fikricha, akselerasiya - bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo’lgan hodisadir.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish