Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi



Download 2,39 Mb.
bet52/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi:

Birinchi tipda xatti-xarakatlarni o’zlashtirish xatolar bilan


kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’limoluvchi ta’limning asl moxiyatini tushunib yetmaydi. Ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to’la tushunilishi va material bilan bog’lik tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi tir tez, samarador va bexato xatti-xarakatlarni o’zlashtirilishini ta’minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o’kuvchilarni ilmiy tushunchalarni uzlashtirilishini targ’ib kiladi. Bunda o’quvchilar tomonidan ta’lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o’zlashtirilishi lozim bo’lib, bu o’z o’rnida xususiydan umumiy bilimlarga o’tilishni ta’minlaydi. Kator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bog’lik bo’lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadkikotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga karatilgandir.
Ta’limning psixolik asoslari muammosi ko’pgina masalalarni kamrab oladi. Ta’limning muvaffakiyati bir kator psixologik omillarga bog’lik bo’ladi. Avvalo o’kuvchining o’kishga bo’lgan munosabatiga to’xtalaylik. Bu munosabat dikkatda, xis-tuyg’ularda, kizikishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo’lida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayeni avvalo o’kuvchilar dikkatini yo’lgan solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali kurollardan, texnik vositalar, EXM vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz dikkatni yuzaga keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash xolatini yuzaga keltirishgina emas, balki o’quvchilarning darsda o’tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish xamdir. Dars jarayonida o’kuvchilarning dikkati o’zgarib turadi. O’kitish jarayonida bu konuniyatlarni nazarda tutish va o’kuvchilar dikkatini materialning asosiy yeralriga jalb etish xamda ularni takrorlash kerak.
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko’p jixatdan o’kituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga xam boklik. Ukituvchining roli shundan iboratki, u o’kuvchilarga tegishli ustanovkani xosil kilishi, nimani vaktincha, nimani umrbod esda olib kolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib kolmasdan, fakat tushunib olish kifoya kilishini, nimani so’zma-so’z esda olib kolishni, nimaning ma’nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib kolish zarurligini ko’rsatib o’tishi lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganda, o’kuvchilarda ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar vujudga keladi. O’kitishning emosionalligi ta’limning muvaffakiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emosional jarayon. Ugar o’kuvchilarga berilayotgan axborot ularda xech kanday xis tuyg’u uyg’otmasa, uni o’kuvchilar yaxshilab esda olib kolmaydilar. Gap o’kuvchilarning psixik xolatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari xakida xam borishi kerak, albatta. Ulardagi kuvonchli, optimistik kayfiyat o’kuv faoliyatini juda samarali kiladi. O’kuvchilar emosional ruxdagi materialni durustrok o’zlashtirib oladilar. O’tkazilgan tajribalar o’kuvchilar xech kanday xis tuyg’u uyg’otmaydigan materialga karaganda, emosional ruxdagi materialni yaxshirok eslab kolishlarini ko’rsatadi. O’kutuvchi o’kuv jarayonining emosional tomoni xakida g’amxurlik kilishi kerak. Bu muammo juda muxim axamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nixoyatda murakkablashib, xajmi esa g’oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffakiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun o’kuvchilarning o’kuv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg’ular o’kuv mexnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Xafsala bilan bijarilgan beg’araz munozara paydo bo’ladi, baxslashiladi, befark karagan yoki undan xam beshbattar, salbiy munosabatda bo’lishgan ishga esa xech kanday xafsala bo’lmaydi.
Jamiyatimizdagi mexnat - xakikiy ijod, kuvonch manbai. Maktab o’kuvchilarida o’kuv mexnatiga ijodiy munosabat uyg’otib, mexnatning xakikiy ijodga, kuvonch manbaiga aylanishiga ko’maklashish kerak.
Kadimda greklar juda ajoyib iborani ko’llaydilar: "Talaba-to’ldirilib turilishi kerak bo’lgan idish emas, balki yokib turilishi lozim bo’lgan mash’aldir". Bu fikrning tagida chukur ma’no bor. Zero, o’kituvchi biz yukorida ta’kidlab o’tgan ta’lim metodlari muammoli ta’lim, kisman izlanish metod iva tadkikot metodlaridan keng ko’llanishi kerak. Ta’lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talabalaridan biri erkin fikrlovchi, mustakil tafakkurga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish bo’lib, yukorida aytib o’tgan metodlardan foydalanish uchkunlardan kata mash’allar paydo bo’lishini ta’minlab beradi. Ta’lim jarayonida o’kuvchilarning bilishga kizikishlari g’oyat kata rol uynaydi. Ma’lumki, kizikish o’quvchilarning emosional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo’nalishidir. Ma’lumki, psixologiyada kizikishning ikii turi o’kuvchilarning ta’lim jarayonida aniklanadi. Birinchisi, bevosita kizikish, ikkinchisi bilvosita kizikish. Xar bir o’kituvchi o’z o’kuvchilarida o’z faniga nisbatan bilvosita kizikishni tarkib toptirishga xarakat kiladi. kizikishlar orkali o’kuvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon bo’ladi. Psixoligiyada kizikish bu - shaxsning o’zi uchun kimmatli yoki yokimli bo’lgan muayyan narsa yoki xodisalarga munosabatidir. kizikishlar shaxsning muxim va individual xususiyatlaridan biri bo’lib xisoblanadi. kizikishlar o’kuvchilar xayotida katta rol uynaydi. Ular o’kuv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar motivlaridir, kizikishlar maktab o’quvchisiga fan asoslarini durustrok uzlashtirib olishlariga, akliy kobiliyatlarning o’sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. Ukituvchilarning vazifasi o’kuvchini dastlab kiziktirib kolgan ishning o’zi bilan shug’ullanishga majbur kilish emas, balki undagi kizikishlarni chukurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan kilish, kizikishlarining markaziga aylanib kolgan faoliyat bilan shug’ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir. O’kuvchilarning muayyan maksadni ko’zlab ish tutishida, kiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg’itadigan narsalar bilan shug’ullanishdan o’zini tiya olishida, unda o’kishga ishtiyok tarkib toptirishda namoyon bo’ladigan iroda ta’lim jarayonida aloxida axamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan sizga ma’lumki, iroda bu shaxsning o’z oldiga ko’ygan maksadining anikligi, uni amalag oshirish uchun intilishi, maksad yo’lida ma’lum bir karorga kelish tezligi va uni o’z vaktida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir. Ta’lim jarayonida o’kuv materialiga bo’lgan dikkatning barkaror bo’lishida irodaviy zo’r berishning axamiyati nixoyatda kattadir. Ta’limda iroda o’kuvchida maktab va uyda o’tkaziladigan mashg’ulotlarga tayyor turishda namoyon bo’ladi. O’quv materialini o’rganish -eslab kolish va o’kuvchining irodaviy zo’r berishgaiga bog’lik. Iroda o’kuvchilarning firklash faoliyatlarida - masalani yechishga, ko’yilgan savolga javob topishga va xakozolarga intilishda namoyon bo’ladi. Ular o’kuvchilarda ko’nikma va malakalarni xosil kilishda xam tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadkikotlarida o’quvchilar tomonidan berilgan materialning uzlashtirilishi ko’p jixatidan irodaning tarbiyalanishiga ko’p jixatidan bog’likdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasidagi ta’lim jarayonining o’zi o’quvchilardan irodaviy ustirish omillaridan biridir. Bunda o’quvchilarning kundalik rejimi, ukish va okilona dam olishni bir-biri bilan to’g’ri almashtirib turish katta rol uynaydi.Ta’lim jarayonida bilish jarayondarini shakllantirishga aloxida e’tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo’lib, unda jonli mushoxadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o’tiladi, anna shundan so’ng obyektiv xakikat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko’rib chikishimiz lozim bo’lgan narsa o’quv materalini idrok kilish jarayonidir. Umumiy psixoligiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va xodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda o’kituvchining og’zaki xikoya kilishida, suxbat o’tkazishda, leksiya o’kishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko’rsatmali kurollar ko’rsatish, ekskursilar o’tkazish, o’kuvchining o’ziga darsliklar xamda boshka ko’llanmalarni o’kitish tarzida o’tishi mumkin. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o’kuvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olish nixoyatda muximdir. Chunki, fazoni, vaktni va xarakatlarni idrok etishda xam yosh xususiyatlarda turli farklar mavjud bo’ladi.



Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish