Pedagogika kafedrasi


Bolalarning ermak folklor o’yinlari



Download 0,89 Mb.
bet17/33
Sana11.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#774369
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Ziyayva dis oxiri

8. Bolalarning ermak folklor o’yinlari.
Bolalar folklori - og’zaki ijod namunalari. odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. O’zbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o’yin qo’shiqlari, erkalama, masxaralama va b. ni o’z ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o’yiniga, qo’shig’iga moslangan bo’ladi.
Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehr muhabbati bilan yo’g’rilgan bo’lib, ularda go’dakning istiqboliga oid orzu umidlar, bola yashayotgan muhit o’z ifodasini topadi. Bolani belash, o’tqazish, atak-chechak yurgizish, sakratish, o’ynatish va ovutishlarda “Toy-toy”, “Bordi-bordi” va boshqa ovutmachoqlar aytiladi. Bolalar qo’shiqlarining ko’plari yil fasllari bilan boglik. “Boychechak”, “Oftob chiqtsi olamga”, “Chitti-gul”, “Laylak keldi, yoz bo’ldi”, “Qurbaqa”, “Qaldirg’och” kabi qo’shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko’chalarida aytishadi.
Ular bahor kelishi, yomg’ir yog’ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog’liq. “Bu bog’chada olicha”, “Zuv-zuv borag’on”, “Chamandagul”, “Oq sholi, ko’k sholi” va boshqa qo’shiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog’liq mehnat jarayonlari, kattalar xatti-harakatlariga taqlid aks etadi.
O’yinlar ham, qo’shiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uyg’otadi. O’yinlar Bolalar folklorining murakkab turi bo’lib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. O’yinlarni kichik yoshdagi bolalar ”Choriy chambar”, ”Hakkalakam” kabi sanama o’yinidan, katta bolalar ”Qushim boshi” degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bog’chalari, maktablarda o’yinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qat’iyatli, qiyinchiliklarni yengishga, o’rtoqlariga yordam berishga tayyor bo’lish singari yaxshi sifatlarga ega bo’lib o’sishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va o’qish kitoblariga kiritilgan [38].
O’zbek xalq madaniyatining real hayot tarzi bilan yo’g’rilgan hozirgi o’zbek bolalar folklor o’yinlari uzoq zamonlardan beri yashab, shakllanib, har bir davrda o’ziga xos sayqal topib tahrirlarga uchrab, rivojlanib kelayotgan qadimiy, ammo hamisha navqiron san’at turidir. Ko’hna Turon, shu jumladan o’zbek xalqining ota-bobolari va momolarini tashkil etgan urug’ va qabilalarining ijtimoiy hayoti, ijtimoiy estetik, etnik dunyo qarashi, milliy xususiyatlari bilan bog’liq turli etnografik mazmun ma’nolaridagi rang-barang o’yinlar kishilarning maishiy hayotlari bilan bog’liq ongli o’yin harakatlarining ilk ildizlari bo’lib hisoblanadi.
Shu tufayli ular boshlang’ich, sodda elementlaridan murakkab shakllarga o’sib yetgan uzoq jarayonlar tarixiga ega. Inson dunyoga kelganidan to qabrgacha o’yinlar bilan mashg’ul bo’ladi. Demak, o’yinlar inson hayotining ajralmas bo’laklaridandir. Har bir o’yin shunchaki oddiy hatti harakatlardan yohud ruhiy holat vaziyatlaridan iborat bo’lmay, ma’lum ritm, ohang, badiiy emotsional so’z, muayyan syujet va kompazitsion murakkablikdan ham iboratdir. O’yinda uni bajaruvchisining kuch-quvvati, aql-idroki, fahm-farosati, topqirligi, zukqoligi, epchilligi ham namoyon bo’ladi.
Uzoq va murakkab taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan xalq o’yini san’atning salmoqli qismini bolalar, shu jumladan kichik va o’rta yoshdagi bolalar o’yinlari tashkil etadi. Zero, bolalar ham kattalar kabi mazmun ma’nosi yuksak maroqli, kishiga olam-olam shavqu-zavq beruvchi ayni choqda sinovlardan o’tkazuvchi o’yinlarsiz yashay olmaydilar, hatto, o’sib-unib, kamolga erisha olmaydilar.
Darhaqiqat, har qanday bola xilma-xil o’yinlar bag’rida inson sifatida shakllanadi, voyaga yetadi. Ayni shu xalq o’yinlari bolalarning u yoki bu narsa-hodisaga qiziqish e’tiborini shakllantiradi, rivojlantiradi. Jismoniy, axloqiy ma’naviy, estetik, etik tarbiyasini shakllantiradi. Bora-bora mazkur o’yinlar bag’rida kamol toptiradi. Shu jihatdan an’anaviy folklor o’yinlari asrlar davomida xalq pedagogikasining ajralmas qismi sifatida muhim va zarur tarbiya vositalaridan biri bo’lib kelgan. Qanoatli ibora bilan aytganda, o’yinlar bolalar dunyosining doimiy yo’ldoshi bo’lib, hozirgi kunimizda ham muntazam hamrohlik qilmoqda O’zbek bolalar folklor o’yinlarining ildizlarini juda qadimdan, ya’ni eramizdan oldingi ming yillardan izlash ma’qul.
Mahmud Qoshkariyning “Devonu lug’atit-turk” kitobi hamda IX-asrda yaratilgan didaktik asar ”Irq bitigi” (faol kitobi) va manbalardagi qaydlar, qatlamlarida ham bolalar folklorlari, jumladan bolalar folklor o’yinlarining izlari bor albatta. An’anaviy xalq bolalar o’yinlarining faol yashovchanligi, tarbiya bobida asosiy o’rinlardan birida turishligining boisi nimada? Nima uchun, bolalar hatto, kattalar ham o’yinlarga o’ch bo’ladilar, o’z hayotlarini o’yinlarsiz tasavvur qila olmaydilar [2142].
Buning sababi birinchidan, o’yinlarning benazir qiziqarli bo’lishi; ikkinchidan, ularning bag’oyat emotsional-ta’sirchanligi, uchinchidan did-farosatni, tafakkurini, shuningdek, jismoniy kuchquvatni oshirishga qaratilgan bo’lishligidandir; to’rtinchidan, yonatrofdagi voqea hodisalarni anglash, dunyoni tanish, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyaga alohida ta’sir etishligidandir. Bolalar o’yinlari, qolaversa umuman o’yinlarning chuqur milliy, ayni chog’da, baynalminal xususiyatlarga ega bo’lishliklari, ruhiyatni ko’tarish qalbni zabt etish, o’ta ta’sirchan va hayajonli bo’lishliklarida namoyon bo’ladi.
Darhaqiqat, o’yinlar xususan, folklor o’yinlari har bir kishiga, jumladan bolaga olam-olam quvonch, shodlik bag’ishlaydi. Harakat va aql-idrokining favqulodda qiziqarli olamiga olib kiradi, uni o’zligini unutayozib o’yinga berilishini ta’minlaydi. Tafakkur, did-farosat va aql-idrokni o’stiradi. Tevarak-atrof, kishilar bilan tanishuvida yordamlashadi. Aqliy va jismoniy kamolot sari yetaklaydi.
Bolalar folklor o’yinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning hatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish sharoitlari, jug’rofik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar o’yinlari ham, o’yin san’ati kabi konkretik tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan.
Demak, o’yinlarning asosi mehnatdir. Ijodkor esa kattalar va bolalarning o’zlaridir. Xalqimizning o’zbekona zukkoligi, topqirligi, ijodkorligi, jangarligi, oqilu-donoligi ana shu san’at turi, ya’ni o’yinlarida ham namoyon bo’ladi. Ayni chog’da o’yinlar xalq hayoti, intilishi, kurashi, orzu-umidi, maqsad-niyati, uning falsafasi, dunyoqarashi, etik-estetik did qarashlarining o’ziga xos darajadagi ramziy ifodasi hamdir.
O’zbek an’anaviy bolalar folklor o’yinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslubilari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga tushmagan bo’lsin . Boshqacha so’z bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi bo’lmasinki, o’yinlarga ”ko’chmagan”, ularda o’z ifodasini topmagan bo’lsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan o’zbek bolalar folklor o’yinlari boshidan – oyoq ma’naviy-ma’rifiy axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish