Pedagogika kafedrasi


Mantiqiy bolalar folklor o’yinlari



Download 0,89 Mb.
bet15/33
Sana11.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#774369
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Ziyayva dis oxiri

6. Mantiqiy bolalar folklor o’yinlari: tez aytishlar. topishmoq
topish o’yinlari, sanoqlar, aytishuvlar, savol-javoblar, o’ylab top, xotirani tiklash, chamalash va boshqalar [44]..
O’zbek xalq og’zaki poetik ijodida milliy poetika qonunlari va printsiplari asosida yaratilgan topishmoqlar talaygina. O’zga xalqlarda bo’lgani kabi o’zbek xalq ijodida ham badiiy nutqning qiyoslash, istiora, jonlantirish, sifatlash kabi asosiy ko’rinishlari bir maqsadga — poetik idrok qilishga, voqelikni poetik tasvirlashga bo’ysundirilgan. O’zbek topishmoqlarida o’zbek voqeligi, o’zbek tabiati ifodalangan.
Shuning uchun ham xalq topishmoqlari xalq badiiy asarlarining jajji namunalari sanaladi. Ularda “biror narsa yoki voqelikning yashirilgan narsa bilan o’xshash tomonlariga asoslangan - bu narsa o’rnini topishmoq almashtira oladigan ko’chma ifodalar» beriladi. Shunday qilib, topishmoq aniq narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir.
Asrlar o’tavergan, keksa avlodlar hayotiy muhim hisoblangan sirli, shartli nutqlarni, bilimni yosh avlodga meros qoldiravergan. Ammo asta-sekin topishmoqlar o’zining dastlabki xususiyatlarini, sodda ko’rinishlarini o’zgartib, o’zgacha xarakter kasb etgan. O’zbek miflari va ertaklarida ko’pincha topishmoq inson donoligini sinash vositasi bo’lib keladi, uning yechimi og’ir damlarda qahramon hayotini saqlab qoladi. Bora-bora topishmoqlar vazifasi o’zgarib, u ko’proq so’z o’yinining badiiy formasiga aylanadi.
Ularning ko’ngilxushlik xususiyatlari quyidagi o’zbek topishmog’ida shunday ifodalangan: O’yin, o’yin, o’yinim, Ko’ngil ochar to’yinim. (Topishmoq) Topishmoqlar hozir ham xalq ijodida ko’ngilxushlik vositasigina emas, balki bolalar idrokini, zehnini o’stirishda o’ziga xos tarbiya maktabi sifatida yashab kelmoqda.
Hozir ham o’zlarining sevimli o’yin joylarida, sersoya qayrag’och yoki keksa yong’oq daraxti tagida — birbiriga topishmoq aytayotgan bolalarni tez-tez uchratish mumkin. Topishmoqchi uni yechayotgandan, agar u topishmoqning javobini topa olmasa arzimas narsani emas, balki uning shahari yoki butun mamlakatini talab qilish huquqiga ega. Bunday hollarda topishmoqni yecha olmagan: “Shahar berdim”, ya’ni yengildim, deydi. Garchi bu oddiy o’yin bo’lsa-da, mag’lub o’z shahrini osonlikcha bermaydi, g’olib esa albatta uning tug’ilgan shahrini talab qiladi. Mana shu shart topuvchini jiddiy o’ylashga, topqirlikka majbur qiladi.
Topishmoqlarning tarbiyaviy ahamiyati ana shunda. Topishmoqlarning dunyoviy ahamiyati shubhasiz. Og’zaki ijodning bu «yoqimtoy kichik» janrning tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari g’oyat rang-barangdir. Topishmoqlar xalq ijodiga, obrazli so’zga muhabbat uyg’otadi, bolalarga estetik zavq bag’ishlab, ularni og’zaki she’riyat dunyosiga olib kiradi. O’ziga xos tasviriy san’atning, milliy badiiy usullarning ifodasi bo’lmish bu jajji asarlar o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy ehtiyojlariga oziq bo’ladi.
Topishmoqlar jahon go’zalligini ko’rishga, xayol va tasavvur qilishga, dunyo quvonchlaridan bahramand bo’lishga yordam beradi. Topishmoqlar maqol, matallar va boshqa obrazli so’zlar kabi nutqimizni bezaydi, uning ixchamligi, jarangdorligini ta’minlaydi. Ezgulikka chorlab, inson uchun eng aziz bo’lgan ona tiliga, tug’ilgan yurtiga muhabbat uyg’otadi. Topishmoqlarda ifodalangan narsa va hodisalarning kengligi, bizningcha, topishmoqlarning voqelikni, o’ziga xos badiiy shaklda tasvirlashi bilan bog’liq.
Ular qanday yashashni o’rgatgan. Ular xalqning ma’naviy tajribasini saqlash vositalaridan biri bo’lgan. Shuning uchun ham topishmoqlarning mavzui g’oyat rang-barang, mazmuni juda boy. O’zbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bog’liq; topishmoqlar o’z qiziqish doirasiga o’simliklar va hayvonot dunyosini, uy xo’jaligiga oid ko’plab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan.
An’anaviy o’zbek topishmoqlarida voqealar asosan qora uy yoki o’tovlarda kechadi. Ularning saranjomligi, tegrasi to’g’risida so’z boradi. Yashash joyidan tashqaridagi voqealar esa o’zbeklarga bolalikdan tanish bo’lgan yerlar - tog’lar, cho’llar, vodiylarda bo’lib o’tadi. O’zbek topishmoqlari ajoyib tasvirlari bilan kishini lol qoldiradi: Bir qozondan qirq tuya suv ichadi. (Chuchvara) O’zbek topishmoqlarini ma’no jihatidan o’zaro qiyoslaganda, ularning ayrimlarida yangi zamon izlarini ham ko’rish mumkin.
Ular tarixiy bosqichlar ta’sirining namunalari sifatida diqqatga sazovor. Bizning vazifamiz o’quvchini garchi oz bo’lsa-da, o’ziga xos, qaytarilmas etnografik dunyo bilan tanishtirish edi, toki o’quvchi o’zbek madaniy merosining bebaho ahamiyatini his qilsin. Topishmoqlardan ayrimlarni keltiramiz:
Tabiat hodisalari Ko’k ko’ylakka qo’l yetmas. (Osmon)
Ko’k kosani to’ntardim. (Osmon)
Ko’k ko’ylakka g’o’za yoydim. (Osmop, yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi, Olamga nur sochildi. (Osmon, quyosh)
Uzoq tog’da o’t yonar. (Quyosh)
Suvda yotar - suv ichmas, Yurganini odam bilmas. (Quyosh)
Oltin kelganda, kumush ketar, Kumush kelganda, oltin ketar. (Quyosh, Oy)
Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy)
Kecha tomda bir patir ko’rdim, Erta qarasam - yo’q. (Oy)
Tom ustida bir anor, Hadding bo’lsa, ushlab ol. (Oy)
Onasi bitta. Bolasi mingta. (Oy va yulduzlar)
Og’a -ini ming botir, Ko’m -ko’k gilamda yotir. (Osmon, yulduzlar)
Qora uyda ming chiroq, Uyni yoritmas. (Osmon, yulduzlar)
Kichkinadir o’zi, Yiltir -yiltir ko’zi. (Yulduz)
Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. (Quyosh, oy, yulduzlar)
Zar gilam, zar -zar gilam, Ko’taray desam, og’ir gilam. (Yer)
Ketaveradi, ketaveradi, Orqasiga qaramaydi. (Suv, ariq)
Yorug’i bor, O’zi yo’q, Dovrug’i bor, Ovozi bor. (Yashin, momaqaldiroq)
Novcha yigit tom teshar. (Yomg’ir)
Qozonda emas, qaynaydi, Qishin -yozin tinmaydi. (Buloq)
Oyog’i yo’q, qochadi, Qanoti yo’q, uchadi. (Bulut)
Qora biyam qalt etdi, Qovurg’asi yalt etdi. (Bulut, yashin)
Bultur ketgan bo’z otim Bu yil kelarmikan-da, Oyog’ida qirq kishan Kishnab kelarmikan-da, Ajriq, qamish ko’rganda, Tishlab kelarmikan-da. (Qor, yomg’irning sovuq shamol bilan kelishi)
Yopilsa, ochilmaydi, Ochilsa, yopilmaydi, Nusxasi topilmaydi. (Tun, kun)
Oyog’i yo’q, qo’li yo’q, Yo’lda turib yo’l boshlar. (Shamol)
Bir tol o’sdi to ko’kka qadar, Bu tolning o’n ikki shoxi bor. Har shoxida to’rttadan uya bor, Har uyada yettitadan tuxum bor, Har tuxumning yarmi qoradir ko’rsang, Yarmi oppoqdir, topgan bo’lsang. (Yil, o’n ikki oy, hafta, kun, kecha -kunduz)
To’rtida tariqday, O’ttizda ayiqday, To’qsonida tovuqday. (Odam - bolaligi, yigitligi, keksaligi)
O’zi bitta, Kallasi ikkita, Dumi bitta, Oyog’i oltita. (Ot mingan odam)
Yerga ko’milmaydi, Kosaga quyilmaydi, Dunyoda hamma odam ichmay qo’ymaydi. (Ona suti)
Bodomcha bodomcha bilan, Yetti kalit tom bilan. Na ko’zi bor, na og’zi bor, So’ylashadi odam bilan. (Kitob)
Oq yer ochdim, Qora bug’doy sochdim. (Qog’oz, yozuv)
Qo’l bilan ekilar, Og’iz bilan yig’ilar. (Yozish, o’qish)
Tog’dan tayladim sinmadi, Suvga tayladim sindi. (Qog’oz)
Sirti tayoq, Ichi bo’yoq (Qalam).

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish