Pedagogika kafedrasi


Mavsumiy-marosim qo’shiqlarning turlarini ayting



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

 
4.Mavsumiy-marosim qo’shiqlarning turlarini ayting
.
 
A) “Sust xotin”, “Choy momo”, “Yo, Haydar. 
B) Alla qo’shig’i. 
S) Lirik qo’shiqlar, “Sust xotin. 
D) “Sust xotin”, “Choy momo”, “Yo, Haydar”, alla.
 
 
29-mavzu:Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi. 
 
Reja 
1. Xalq pedagogikasida kasb-hunar egallashning afzalligi haqida 
2. Kasb-xunarning vorisiyligi va kasb-hunar sohibining ma‘naviy-axloqiy 
sifatlari xususida. 
3. Etnopedagogikada iqtisodiy tarbiyaning yoritilishi. 
 Etnopedagogikada kasb-hunar egallashning afzalligi va vorisiyligi 
haqida 
“Insonning o’zi va o’z oilasining baxt-saodati yo’lida mehnat qilishga 
shaxsan tayyor ekanligi uning ichki imkoniyatlarini tashkil etadi”, -degan edi 
Prezident I.A. Karimov (“O’zbekiston - buyuk kelajak sari”, T., “O’zbekiston”, 
1998. 63- bet). Darhaqiqat, bugungi yoshlarni kelajak hayotiga tayyorlash ularga 
zamon talabiga mos kasb-hunar o’rgatishni taqoza etadi. Zero: “Jahon bozoridagi 
integratsiya, ilmiy – texnikaviy taraqqiyot sur‘atlari ... tarbiya, ta‘lim, siyosiy va 
kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga jamul – jam yondoshishni taqoza 
qilmoqda”. Hozirgi paytda yoshlarga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib 
yetishishlariga sharoit yaratmay turib, biz respublika xalq xo’jaligi, ishlab 
chiqarish sohalarini tubdan o’zgartira olmaymiz. Chunki, ishsizlik, maosh kamligi, 
kadrlar taqchilligi va boshqalar ana shu tufaylidir. Bunda unutib yuborilgan xalq 
an‘analari va udumlarini tiklashga ham e‘tibor berish kerak”(Usha manba). 
Ko’rinib turibdiki, kasb-hunar tarbiyasi hozir mamlakatimizda ustivor 
yo’nalishga aylanmoqda. “Ta‘lim to’g’risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” ham xuddi shu maqsadga qaratilgan hujjatlardir. Ushbu maqsadlarni 
amalga oshirishda bizga xalq pedagogikasi yordam berishi mumkin. Chunki 
ajdodlarimiz kasb-hunar tarbiyasiga alohida e‘tibor berishgan. Ilmni, kasb-hunarni 
so’rab urganish or hisoblanmagan, balki “Orlanib so’ramagan o’ziga zolim” 
hisoblangan. 
Qadimgi xalq maqollarida kasb-hunar egallashning afzalligi va ijtimoiy 
ahamiyati ko’rsatib utilgan. Chunonchi, “Temirchining ming urgani, 
bosqonchining bir urgani” maqolida temirchiga qaraganda bosqonchining zarbi 
kuchliligi emas, balki hunarsizdan hunarlining zarbi unumli ekanligi aytilsa: 
“Ko’ra-ko’ra ko’zchil bo’lasan, so’zlay-so’zlay so’zchil bo’lasan” maqolida esa, 
ilmni va kasb-hunarni asta-sekinlik bilan o’rganib, mahoratli bo’lish mumkinligiga 


257 
ishora qilinmoqda. Xalq maqollarida hunarni mashaqqatsiz o’rganib bo’lmasligi 
“Tikansiz gul bo’lmas, mashaqqatsiz - hunar”makolida yakkol ko’rsatiladi. Hunar 
boylikka yetaklovchi yo’l ekanligi shunday ta‘kidlanadi: “Tekin boylik 
axtarguncha, o’zingga bop hunar top!”. Hunarni bilimdon ustozdan o’rganish 
lozim, deyiladi xalq maqolida. Aks holda: “Usta ko’rmagan shogird, har maqomga 
yo’rg’alar”. Har bir ishni shu sohani kasb qilgan kishi bajarsa sifatli bo’lishi: 
“CHumchuq so’ysa ham, qassob so’ysin” maqolida ta‘kidlanadi. Hunarning inson 
hayotidagi ahamiyati makollarda shunday ko’rsatiladi: “Hunar – zar, hunarsiz - 
xor”, “Hunarli kishi och qolmas”, “Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining” 
kabi va b.. Shuningdek, kasb-hunarni o’rganishda kechikmaslik zarurligi: 
“Qirqingda surnaychi bo’lsang, qachon chalasan?”, yoki: “Qirqida qo’liga soz 
olgan, qiyomatda qulog’ini burar” maqollarida ta‘kidlangan. 
Kasb-hunar 
o’rganishning ijtimoiy ahamiyati ham etnopedagogika 
manbalarida alohida ta‘kidlab o’tilgan. Jumladan, “CHistoni Elikbek” afsonasida 
jinlarga qarshi kurashgan Elibek, “Xubbi” afsonasida Amudaryoda 700 yil 
hukmronlik qilgan Xubbi, “Gershasp” afsonasida ajdarga qarshi kurashgan 
Gershasp, Ibn Sinoning “Tadbiri manozil” asarida (“... bir kasb-hunarni 
o’zlashtirishga kirishgan bo’lsin ...”), Kaykovusning “Qobusnoma” sida (“... Ey 
farzand, ogoh bo’lgilki, hunarsiz kishi ... hech kishiga naf‘ yetqurmas ...” tarzida) 
kasb-hunar egallashning ijtimoiy ahamiyati ochib berilgan. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish