Pedagogika kafedrasi


Arusi charx tun-kun doya kirdor



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

Arusi charx tun-kun doya kirdor, 
Bo’lib har tavri holidin xabardor. 
Beshik davrida chiniyu xitoyi, 
Bo’lib yuz no’sh lab doston saroyi. 
Ko’zining nozi eldin eltib uyqu, 
Anga uyqu keturmakka navogo’. 
Bu dalilning qimmati shundaki, Farhod tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilar 
safida maxsus allachi yoki alla aytuvchi enaga ham bo’lganligini tasdiqlaydi. Ana 
shu tasdiq, o’z navbatida, alla ijrochiligining maxsus san‘at – navogo’lik darajasida 
tadrijiy takomilga erishganligini, shu soha bilan shug’ullanuvchilarning navogo’ 
sifatida alohida e‘tibor qozonganliklarini yaqqol ko’rsatdi. Jahon madaniyati 
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan ana shu uch buyuk siymo – Abu Ali ibn 
Sino, Mahmud Qoshg’ariy va Alisher Navoiyning bu guvohliklari allaning uzoq 
zamonlardan beri xalqimiz turmushiga, bolalar tarbiyasiga keng va chuqur 
singiganligidan dalolat beradi. 
Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida – ular to uch yoshni 
to’ldirgunlarigacha aytiladi. Shu sababli allalarni “sutda qorilgan va mehrga 
yo’g’rilgan qo’shiq” sifatida baholashlari bejiz emas. Allalar onalarning minglab 
avlodidan bir-biriga o’tib, sayqal topib, onalik mehrini, armonini silsilaviy bog’lab 
kelayotgan umrboqiy qo’shiqdir. Allalarning bu qadar uzoq yashovchanligi sababi, 
ularda onalik qalbining ayollik mahzunligining barq urib turishidadir. Xuddi shu 
xususiyat allalarning nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham yoqimliligini, 
qolaversa, har bir xonadonda kuylanishini va xush ko’rilishini ta‘minlagan. 
Ona o’zining tug’ma sezgirligi bilan bola uchun faqat tinchlantiruvchi, yorqin 
va monoton qo’shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla shakli yuzaga keldi. 
Onalik sezgilari allalarning qanday mazmunga ega bo’lishini aytib turadilar. 
Allalarni onalar dunyosisiz, sezgilarisiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Buni rus allashunosligi onalik tuyg’ularining uch bosqichi sifatida bir-biridan 
shunday ajratib ko’rsatadiki, bu holni o’zbek allalarida ham ko’rish mumkin. 
Allashunoslikda onalik tuygularining uch boskichi ajratib kursatiladi: 
Birinchi bosqich- allalarda bolani o’rab olgan muhit ifodasi bo’rtib turadi, 
aniqrog’i, bola bilan bog’liq predmetlar: beshik, belanchak va boshqalar 
ta‘riflanadi. Ammo bu poetik ta‘rif onaning shaxsiy kechinmalaridan, onalik 
tuyg’ularidan holi bo’ladi. Bu turdagi rus allalarida bolani uni o’rab olgan muhit 
bilan tanishtirishga alohida e‘tibor berilgan. Shu maqsadda turli-tuman qushlar va 
hayvonlar poetik maqtovida ularning ham salbiy, ham ijobiy xususiyatlarini 
ko’rsatishgan. O’zbek allalarida esa, asosan, beshik yoki belanchakning maqtovi 
bilan cheklaniladi. Xayvonlar, qushlar va hashoratlar poetik ta‘rifidan tarkib 
topgan allalar yo’q hisobi. Ammo, o’zbek allalarida hayvonlarning bolalari va 
qushlar nomi bilan aloqador erkalash ohangi bor: bolalar qo’zichoqqa, toychoqqa, 
toyloq yoki bo’taloqqa, bulbulga, suqsurga, lochinga qiyoslanib e‘zozlanadi. 


203 
Bunday qiyoslash aslida o’sha jonivorlarga bo’lgan samimiy munosabatlar 
zamirida tabiiylik kasb etgan. 
Ikkinchi bosqich- allalarda bola taqdiri asosiy o’rinda turadi. Lekin endi ona 
bola taqdiriga befarq qaray olmaydi. Bola taqdiriga bog’liq o’y-kechinmalar 
onaning shaxsiy kechinmalari fonida chuqurlasha boradi: fikr bola atrofida 
aylansa-da, unga onalik tuyg’ulari ham aralasha boradi. Ammo bu chuqurlashuv 
hali bir qadar sayozroq, aralashuv esa bir qadar daxlsizroq kechadi. Bunga ona 
qalbining uyg’ona boshlashi va undagi to’lg’anish darajasi sababchi bo’ladi. Xuddi 
shu jarayonda alla ohangiga didaktik yo’nalish – axloqiy-tarbiyaviy qarashlar 
singga boradi. O’zbek allalarida bola taqdiri bilan bog’liq didaktik yo’nalish g’oyat 
sezilarli ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. 
Uchinchi bosqich- bu allago’ylikning yuqori bosqichi hisoblanadi. Chunki bu 
boskichda ona qalbining to’lg’anishlari behad chuqurlashib, endi u o’z tuyg’ulari 
girdobiga g’arq bo’lib qoladi. O’z shirin tuygulari bilan ovora bo’lib, bolasi 
borligini hayolidan soqit qiladi. Dardlari va tashvishlarini yuragidan sizib chiqqan 
mayin, lekin bir qadar horg’inroq monoton ohangda kuylab yoradi, shu monoton 
ohangdan taskin topganday bo’ladi. O’zbek allachiligida bu xildagi allalar ancha. 
Buning sababini o’zbek onalari repertuarining qashshoqligi, binobarin, og’ziga qay 
bir qo’shiq tushsa, unga alla naqoratini qo’shib kuylagani bilan izohlash to’g’ri 
emas. Bu o’rinda folklorshunoslarning onalar repertuari boyigach, undagi allalar 
soni 3-7 tagacha yetgach, ixtisoslashgan allachilik bosqichi shakllanadi va xuddi 
shu davrda ona o’z tuyg’ulari asirasiga aylanadi, degan xulosasi asoslidir. O’zbek 
allachiligida bu xildagi allalarning xiyla ko’pligiga extimol, ulug’ Navoiy e‘tirof 
etgan usha davrning ixtisoslashgan NAVOGO’ lari bo’lganligi ta‘sir 
ko’rsatgandirlar?! 
Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish mumkin emas. Monoton (bir 
xil) ohang barcha o’zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir. Ammo, monoton 
ohang onaning ijro paytidagi holati va kayfiyati bilan bog’liq. Ona kayfiyati chog’ 
kezlarda allaning monoton ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik mayli 
sezilib tursa, xafa, iztirob chekayotganida ma‘yus tortuvchi hazinlikka moyil 
bo’ladi. Har ikkala holatda ham shu monoton ohang bola ruhiga ta‘sir etadi, 
qalbiga orom bag’ishlaydi, uni elitadi. Birinchi holatda bolaning serzavq bo’lib 
o’sishiga zamin hozirlansa, ikkinchi holatda bolaning ruhan ma‘yuslashuviga asos 
solinadiki, bu keyinchalik bola ulg’ayganda uning xarakterida o’z asoratini, 
albatta, qoldiradi. 
Bola uchun allaning so’zi emas, kuyi yoqimli. Chunki u hali so’zni 
anglamaydi. Ona uchun esa alladagi suzlarmuhim: ular – ona qalbining nidolari. 
Bir xil ohangdagi kuy bola ma‘naviy ehtiyojining dastlabki asosiy qondirgichi 
sifatida xizmat eta boshlaydi. Chindan ham “Bola birinchi oyligidayoq musiqiy 
idrokini – ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon etadi.CHunki allalar har 
qanday holatda ham jismoniy harakat, ham ruhiy faoliyat bilan uzviy bog’liqdir. 
Jismoniy harakat bolaning muttasil o’sishini, vujudining chiniqishini 
rag’batlantiruvchi muhim vosita bo’lsa, allalarning monoton ohangi esa shu 
jismoniy rivojlanishni ma‘naviy rivojlanishga ulaydigan, bola ruhiy faoliyatini 
faollashtiradigan vosita bulib xizmat qiladi. M. Alaviya: “Alla, asosan, to’rtlikdan 


204 
tashkil topgan bo’lsa ham, ba‘zan allalovchi to’lqinlanib ketsa, davom ettirib, 
boshqa misralarni ham qo’shib yuboradi va bir-biriga yaqin bir qancha to’rtliklarni 
aytib, bu bilan o’zining tilak, armonini izhor etadi”, - degan edi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish