3. Hikoyat nima?
a) sharq va janubi-sharqiy Osiyo xalqlaridagi adabiy termin..
b) Ertakka qiyoslangan badiiy asr.
s) 2-3ta kitobdan iborat bo’lgan asar.
d) Og’izdan-og’izga o’tib kelayotgan janr.
4. «Mifologik» tushunchasining lugaviy ma’nosi
a) (yunoncha-mifos naql, rivoyat,logos- tushuncha, ta’limot).
b) Naql va afsonalar to’plami.
s) Naql va afsonalar gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shakli
d) Ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlangich davri.
19-Mavzu:
Allalarning tarbiyaviy ahamiyati
Reja:
1. Allalarning vujudga kelishi
2. Allalarning aytilishidagi bosqichlar
3. Allalarning pedagogik ahamiyati
1-masala. Allalarning vujudga kelishi
Beshikdagi farzandiga muhabbat va umid qo’shig’ini kuylamagan ona olamda
bo’lmasa kerak, albatta. Bu kushiklar – ona allalari – san‘atning bebaho xazinasiga
aylandi. Ammo afsuslar bo’lsinki, bu qo’shiq turli nashrlarda sochilib yotibdi va
201
hech kim ularni bir joyga yig’ishni xayoliga ham keltirmayotir. Nega bizning
bolalar nashriyotimiz barcha xalqlar allalarini to’plab, ularni alohida kitob shaklida
nashr etishi mumkin emas?! Bunday kitob bizning poeziyamizda ajoyib hodisa
bo’lib qolmay, yana ham ma‘rifiy, ham tarbiyaviy qimmat kasb etgan bo’ladi. Bu
hayratlanarli kitob bo’ladi”.
Rasul Hamzatov
Allalar – beshik qo’shiqlarining keng tarqalgan an‘anaviy janri hisoblanadi.
Jahonda biror xalq, elat yoki millat yo’qki, ularning tilida alla kuylanmasa ...
ruslarda “bayki” yoki “bayushki” deb yuritiluvchi bunday qo’shiqlar turkmanlarda
“huvdilar”, ozarbayjonlarda “lay-lay”, tatarlarda “alli-balli”, qoraqalpoqlarda
“heyya-heyya”, turklarda “ninni”, forslarda “lolo”, nemislarda “wiegelied”, ,
o’zbek va tojiklarda “alla” va “allo” atamalari bilan mashhurdir. Binobarin, alla
jahon onalarining mehrga yo’g’rilgan bir qadar farahbaxsh, ammo o’rni bilan esa
bir qadar g’amgin, eng muqaddas qo’shig’idir.
Alla ijtimoiy – estetik qimmatiga ko’ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi,
bolalarni uxlatish (“alla” so’zining lug’aviy ma‘nosi ham allalash – ovutib, avaylab
uxlatish) dan iborat. Bunday allalab ovutish yoki uxlatish, kuylash jarayonida
namoyon bo’ladi.
Xuddi shu asnoda ularning ikkinchi vazifasi – tarbiyaviy-estetik mohiyati
namoyon bo’ladi: bu allaning emotsional ta‘sirchanligidan kelib chiquvchi
xususiyati bo’lib, bolani kuy og’ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida
hayot ma‘nosini anglashiga yo’l ochish, shu zaylda estetik didini o’stirish
maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali ibn Sino allaning ana shu xususiyatini ming
yil ilgariyoq payqab, shunday degan edi: “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun
unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni
uxlatish uchun odat bo’lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish
miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyasiga va ruhi bilan musiqaga
bo’lgan iste‘dodi hosil qilinadi”. Ulug’ hakim “bolani sekin-sekin tebratish” ning
badantarbiya bilan bog’liqligini maxsus ta‘kidlagan ekan, umuman, tebratishni,
aytaylik, faqat beshikda tebratishnigina emas, balki belanchakda yoki o’tirib olib,
ikkala oyoqni yonma-yon holatda uzala cho’zgancha ustiga qo’yilgan yostiqda
bolani tebratib alla aytishni, tikka turgan holda bag’riga bosib tebranishni yoki
yelkasiga bir maromda qoqa turib alla aytishni ham ko’zda tutgan. Ammo bu
jarayonlar allasiz bajarilishi ham mumkin, shunchaki tebratib turilib, bola
uxlatiladi. Shunisi ham borki, bu jarayonlar har bir xalqning etnografik
xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq. Aytaylik, o’zbek yoki tojiklarda allaning
kuylanish ohangi tebratishning muvozanati va ritmiga mos bo’lib, bunda
tebratilayotgan narsa beshikmi yoki belanchakmi – hammasining alla ohangiga
mutanosibligiga qat‘iy rioya qilinadi. O’zbeklarda beshik yoki belanchakka
shaqildoq bog’lash odati bo’lsa-da, baribir, tebranish ritmiga mos ovoz bilangina
allaga jo’r bo’linadi, frantsuzlarda alla kuyi shaqildoq jo’rligida hosil qilinadi.
Allalarning Ibn Sino zamonidayoq Markaziy Osiyodagina emas, balki O’rta
va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlar orasida xam muhim ahamiyat
kasb etgan mustaqil janr sifatida keng tarqalganligi turkiy xalqlar o’rtasida “balu-
202
balu” nomi bilan yuritilganligiga oid “Devonu lug’otit turk” dagi ma‘lumot ham
tasdiqlaydi. Alisher Navoiy ham Farhodning beshikdalik davrida unga mukammal
tarbiya berish uchun “navoguy”( uxlatish uchun alla aytuvchi) berkitilganligini
shunday tasvirlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |