Xayoliy mehnat qurollari va mehnat ahlining e‘zozlanishi
Ma‘lumki, ibtidoiy odamlar o’ziga noma‘lum bo’lib ko’ringan tabiat
kuchlaridan talvasaga tushar ekan, ayni paytda ularni yengishga harakat qilgan.
Ba‘zan buning uddasidan chiqa olmay, g’ayri tabiiy hodisalarga sig’ingan, ularni
totemistik tasavvurga aylantirgan.
Jonsiz narsalarga jonli deb qarashdan iborat ibtidoiy qarashlar animizm
nomini, g’ayritabiiy jonzodlar (qirq boshli ilon, ikki boshli odamsifat shoxli
hayvon ...) totemizm nomini olgan. Totemizm ibtidoiy jamiyatda paydo bo’lib,
unda odamning hayvon, o’simlik yoki tabiat hodisalari bilan aloqasi borligiga
ishonishga undaladi. “Yoriltosh” da tosh yorilib, qizni ofatlardan saqlash uchun o’z
bag’riga olsa, “Qilich botir” da qahramonning joni qilichida deb uqtiriladi.
Shuningdek, o’tmishda turkiy xalqlar ot, xo’kiz, ilon, bo’ri, it kabi hayvonlarga
e‘tiqod qo’yganlar, og’ir kunlarda bo’ri va otlardan najot kutganlar. O’zbek xalq
dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k singari otlar obrazlari
mavjud. Hatto sohibqiron Amir Temurning “Kuno’g’lon” deb atalgan oti ham
g’ayri tabiiy hisoblangan.
Qadimgi etnopedagogika manbalarida hayvonlarda mavjud bo’lmagan
xususiyatlar haqida ham fikr yuritiladi. Jumladan, otning qulog’ini burash bilan
ko’kka parvoz qilish, suvda suzish, dunyoning narigi chetiga, baland tog’lar osha
“uchar gilam” da borish samolyotlarning kashf etilishiga, suv ostida suzuvchi
qayiqlar – suv osti kemalarining yaratilishiga, “sehrli etikcha” lar ega
mashinalarning yaratilishini orzu qilish tufayli vujudga kelgan. “Sehrli oyna”
haqidagi afsona va orzu televizor misolida ro’yobga chiqqan bo’lsa, sehrli dastgoh
sehrli dasturxon haqidagi orzular ish unumi juda yuqori bo’lgan dastgohlarning
ishlab-chiqarish uskunalarining yaratilishiga olib kelgan. Chunki, har bir yangilik
dastlab orzularda, hayol (fantaziya) da tug’iladi. So’ngra inson uni amalga
oshirishga harakat qiladi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotning ma‘lum bosqichida
mavjud bo’lgan ish qurollari, asboblar, mehnat unumini jamiyat talabi darajasida
qondirmagach, yangi qurollar haqida o’ylanadi. Hind badiiy filmi “Ramayana”
dagi yoy paykonlarining uchishi, boshqarilishi raketalar haqidagi eng ibtidoiy
tasavvurga o’xshaydi.
Etnopedagogikada mehnat ahli g’oyat ulug’lanadi. Mehnatning tarbiyaviy
ahamiyatiga ham yuqori baho beriladi:
Donoga ish – shonu shuhrat,
Nodonga ish – g’amu kulfat.
Hosiling kam bo’lsa, havodan ko’rma!
Qolgan ishga qor yog’ar.
Qarasang, qand yersan,
Qaramasang, pand yersan.
166
Qo’li qimirlaganning og’zi qimirlar.
CHo’pchak degan – cho’p bo’lar,
Teraversang, ko’p bo’lar.
Ertalabki ish – ko’ngilni qilar xush.
To’kilsa, manglay tering,
Unumli bo’lar yering
va shu kabilar.
Mol boqqanning barmog’idan moy tomar.
Molga bersang soz yemish, boqar seni yozu qish.
Moling zotli bo’lsa, yemishing totli bo’ladi ...
Hozirgi zamon pedagogikasida mehnat tarbiyasini tadqiq etgan buyuk
pedagoglar tadqiqotlarini o’rganish shunday xulosaga olib keladiki, ular o’z
pedagogik fikrlarini xalq pedagogikasiga tayanib yaratganlar.
Hozirgi paytda yoshlarning mehnat tarbiyasini takomillashtira borish xalq
xo’jaligi ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’lib, ayni paytda bu jarayon komil
inson shaxsini shakllantirish vositasi hamdir. Chunki, mehnatning mohiyatini,
uning inson hayoti uchun zarur omil ekanligini tushunishgina, mehnatni, mehnat
ahlini, moddiy ne‘matlarni, tabiatni, madaniy yodgorliklarni asrashga, hurmat
qilishga o’rgatadi. Xalq pedagogikasida ta‘kidlangan bu boradagi fikrlar mazkur
muammoni hal qilishga yordam beradi:
Ko’p yurganga ergashma, ko’p bilganga ergash!
Mullaning qilganini qilma, aytganini qil.
Otang ta‘zirini yemay desang, otang ta‘sirini ol!
Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q.
O’z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas.
Aytuvchi nodon bo’lsa, tinglovchi dono kerak.
Ustoz otangdan ulug’. Ish ustasidan qo’rqar.
Asil aynimas, sariyog’ sasimas.
Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning ..
Do'stlaringiz bilan baham: |