Pedagogika kafedrasi


Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning 
ulug’lanishi haqida 
O’rta Osiyo va Qozog’iston sharoitida mehnat tarbiyasi yoshlar tarbiyasining 
ajralmas qismi sifatida qaralgan. Uni amalga oshirishda avvalo oila, so’ngra 
jamoatchilik mas‘ul hisoblangan. Mehnat vositasida madaniyat, san‘at, axloqiy 
sifatlar, ona Yerga muhabbat hissi tarbiyalangan. Chorvachilik, dehqonchilik, 
bog’dorchilik, pillachilik turkigo’y xalqlarda qadimdan asosiy mehnat turi 
hisoblanib, bolalar ularni amaliy hayot jarayonida o’rganganlar. 
Xalq pedagogikasi shuni ta‘kidlaydiki, inson faqat mehnati bilan aziz. 
Shuning uchun “Ko’mirchi yuzi qora bo’lsa ham uyalmaydi”, yoki: “Gap 
bilguncha, ish bil!”, “Bugungi ishni ertaga qo’yma!” deb o’git beradi xalq. Xalq 
hamisha yosh avlod mehnatsevar bo’lishi bilan birga u hunarli ham bo’lishini, 
hunarni quruq o’rganish emas, balki “qo’li gul usta” bo’lishni targ’ib etadi. 
Shuningdek: “Ortiqcha kasb boshni aylantirmaydi”, yoki: “Bir yigitga qirq hunar 
oz” deydi xalq. Ayni paytda o’z ishining ustasi bo’lish insonga darhol nasib 
etmasligi eslatiladi. Buning uchun irodali, sabr-toqatli bo’lishga chaqiriladi. 
Mehnatni sifatli qilish (ishning o’zini bilguncha, ko’zini bilish) kelajakda pan 
berishning oldini olishi alohida ta‘kidlanadi. 
Xalq yengil ish ortidan quvuvchilar, ishyoqmaslar ustidan kuladi, yoshlarni 
ulardan ibrat olmaslikka chaqiradi; ularni “oqbilak”, “tannoz” deb ataydi. 
“Dangasaning kosasi oqarmas” ligi, “Ishyoqmasga it boqmas” ligini ta‘kidlaydi. 
Shunday qilib, xalq vijdonan, muntazam, aql bilan ijtimoiy foydali mehnat qilish 
lozim deb hisoblaydi: “Yomg’ir bilan yer ko’karar, mehnat bilan el ko’karar”, “Yer 
yuzini er ochar, er yuzini yer ochar”, “Obro’ osmondan tushmas, mehnatdan 
kelar”, “Tekinning minnati ko’p, mehnatning ziynati ko’p” va boshqalar. 
Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarda, dostonlardagi qahramonlar o’z 
mehnatsevarligi, 
mehnatda 
toblanganligi, 
bir 
necha 
kasb-hunar 
sohibi 
bo’lganligidan hayot qiyinchiliklarini, og’ir sinovlarni yengib, o’z maqsadlariga 
erishadi, keng xalq ommasining baxti, manfaati uchun kurashadilar. Chunonchi, A. 
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhodning mehnati o’z ijtimoiy 
xarakteri bilan, xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” dagi Zumrad mehnatsevarligi va 
ijobiy axloqiy sifatlari bilan o’quvchini o’ziga tortadi. 
Markaziy Osiyoda mehnat tarbiyasi berish bilan bolalarni yoshligidan 
mustaqil hayotga tayyorlashgan. Jumladan, hatto A. Vamberi ham, bizda qiz 
bolalarga to’qish, bichish, tikish, sut mahsulotlari tayyorlash, 7-8 yoshdan 
dehqonchilik, chorvachilik ishlarida qatnashishga o’rgatilishini ta‘kidlagan. 
Chunki xalq: “Terga botgan rohatga botar”, “Ter to’ksang, dur terasan”, “Uyqu – 
g’adolat, mehnat - rohat”, “Xotin chiroyi erdan, hosil chiroyi yerdan”, “Qolgan 
ishga qor yog’ar”, “Quldek ishlasang, bekdek yotib yeysan”, “Qo’rada ko’rsam – 
qornim to’q”, “Hunar - birlikda, rizq - tiriklikda”, “Ko’pning rizqi mo’l bo’lur”, 


165 
“Baraka - ko’pchilikda”, “Ko’pdan quyon qochib qutulmas”, “Maslahatsiz bo’lgan 
ish, boshga keltirar tashvish” va boshqalar. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish