Pedagogika kafedrasi


- Mavzu: Xalq pedagogikasida jismoniy va mehnat tarbiyasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

 
13- Mavzu: Xalq pedagogikasida jismoniy va mehnat tarbiyasi. 
 
1. Etnopedagogikada jismoniy barkamollikning ijtimoiy axamiyati xakida. 
2. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning ulug’lanishi. 
3. Xayoliy mehnat qurollari va mehnat ahlining e‘zozlanishi . 
Tayanch so‘zlar: 
jismoniy tarbiya, barkamollik, mehnat tarbiyasi, 
mehnatsevarlik, mehnat qurollari, mehnat ahli. 
 
Etnopedagogikada jismoniy barkamollikning ijtimoiy axamiyati xakida 


163 
Utmishda insonning tabiat
 
stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi noma‘lum 
tuyulgan hodisalarga javob topishga undagan. Bo’ron, sel, toshqin, zilzila kabi 
g’ayri tabiiy ko’ringan kuchlarga qarshi kurasha oluvchi qahramonlar yaratishga 
olib kelgan. Shuning uchun “Avesto” da Anaxita xushqomat, zabardast, kamtarin, 
to’g’riso’z go’zal qiz sifatida namoyon bo’ladi. U kishilarga kuch-qudrat baxsh 
etuvchi, suvning mo’l bo’lishini ta‘minlovchi ma‘buda. “Avesto” yovuzlikka 
qarshi kurashuvchi pahlavonlar g’olib bulishida Allohdan madad so’raydi. 
“Odami Od” hikoyasida Odami Od obrazi ham jismoniy barkamollikda 
tengsiz qahramon sifatida tasvirlanadi. Uning bo’yi bulutga yetadi, kuchli, 
dengizda baliqni qo’li bilan tutib, quyosh taftida pishirib yeydi. U Nuh 
payg’ambarni yelkasiga mindirib, toqqa olib chiqibdi. Tog’da to’rtta bahaybat 
chinorni tomiri bilan sug’urib, ustiga Nuh payg’ambarni o’tirg’izib, dengiz bo’ylab 
ravona bo’libdi. Nonushtaga bir hovuz suvga non to’g’rab yer ekan, chinordan 
kema yasab, hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o’zi kemani tortib 
ketibdi. 
“Avesto” dagi adolatli shoh Jamshid ham shunday qudratli qahramon sifatida 
tasvirlangan. Yetti yuz yil Amudaryoda hukmronlik qilgan er Xubbi, qahramonlik 
rivoyatlaridagi To’maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush, Alpomish singari 
qahramonlar ham o’z jismoniy barkamolligi tufayli yovuzlikka qarshi 
kurashganlar. 
Hozirgi paytda unumdor yerlar, tabiiy boyliklar, suv resurslarining kamayishi, 
alkogolizm, narkomaniyaning kuchayishi singari salbiy omillar insonning jismoniy 
barkamolligi, sog’lig’i, yoshlar salomatligini asrashni taqoza etmoqda. Komil 
shaxs tarbiyasida jismoniy tarbiya muhim yo’nalishga aylandi. Xalq hamisha 
jismoniy tarbiya – salomatlik garovi ekanligini tushungan. Shuning uchun 
yoshlarga o’yinlar, milliy kurash turlari, sport musobaqalariga, toza havodan 
foydalanishga alohida e‘tibor bergan. Quyosh nuri va suvdan foydalanib, sog’liqni 
saqlash mumkinligini qadimdayoq tushunib yetgan. Ba‘zan o’z sog’lig’iga 
e‘tiborsiz qaragan yoshlarga qarata aytiluvchi o’gitlar shular jumlasidandir: 
“Ikki narsa yo’qotilganidan so’ng qadrlanadi – sog’liq va yoshlik”, “Tan 
sihatlik – tuman boylik”, qozoqlar: “Kambag’alning boyligi - sog’lig’i”, - desa, 
turkmanlar: “Sog’liq bo’lsa, erkinlik bo’ladi” deyishadi. Shuningdek, xalq 
sog’liqni saqolash uchun “Boshingni salqin, oyog’ingni issiq tut” deb pand beradi. 
Sog’liqni saqlashda ovqatlanish madaniyatiga amal qilishga chaqiradi: “Qorning 
og’risa – og’zingni, ko’zing og’risa – qo’lingni tiy” va b. 
Zararli odatlar oqibati achchiq ekanligi ta‘kidlanadi: “CHekuvchining ichi 
ham, puli ham kuyadi”. 
O’z avlodlarini sog’lom, baquvvat, botir bo’lishini orzu qilgan xalq 
farzandlariga Quvvat, Polvon, Arslon, Botir, Qahramon, Bahodir, Murod, Komil 
singari ismlar qo’yishni taomilga kiritgan. Dostonlar va ertaklar qahramonlari 
qahramonlar darajasida tasvirlangan. Ular vositasida yoshlar jasoratiga, mardlik va 
insonparvarlikka undalgan. 
Jismoniy tarbiyada “Ko’pkari”, “Qiz quvdi”, “Olomon poyga”, “Uloq 
tortish”, “Kurash” singari milliy o’yinlarning ahamiyati katta bo’lgan. Ular hozir 
ham muhim ahamiyatga ega. 


164 
Mehnat tarbiyasi ham jismoniy barkamol qiluvchi, ham moddiy to’kin – 
sochinlikni ta‘minlovchi vosita sifatida talqin etilgan. Mehnatsevar yoshlarni 
tarbiyalash xalqning bosh maqsadi sifatida qo’yilgan: “Mehnat – mehnatning tagi 
rohat”, “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik”. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish