13- Mavzu: Xalq pedagogikasida jismoniy va mehnat tarbiyasi.
1. Etnopedagogikada jismoniy barkamollikning ijtimoiy axamiyati xakida.
2. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va mehnatsevarlikning ulug’lanishi.
3. Xayoliy mehnat qurollari va mehnat ahlining e‘zozlanishi .
Tayanch so‘zlar:
jismoniy tarbiya, barkamollik, mehnat tarbiyasi,
mehnatsevarlik, mehnat qurollari, mehnat ahli.
Etnopedagogikada jismoniy barkamollikning ijtimoiy axamiyati xakida
163
Utmishda insonning tabiat
stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi noma‘lum
tuyulgan hodisalarga javob topishga undagan. Bo’ron, sel, toshqin, zilzila kabi
g’ayri tabiiy ko’ringan kuchlarga qarshi kurasha oluvchi qahramonlar yaratishga
olib kelgan. Shuning uchun “Avesto” da Anaxita xushqomat, zabardast, kamtarin,
to’g’riso’z go’zal qiz sifatida namoyon bo’ladi. U kishilarga kuch-qudrat baxsh
etuvchi, suvning mo’l bo’lishini ta‘minlovchi ma‘buda. “Avesto” yovuzlikka
qarshi kurashuvchi pahlavonlar g’olib bulishida Allohdan madad so’raydi.
“Odami Od” hikoyasida Odami Od obrazi ham jismoniy barkamollikda
tengsiz qahramon sifatida tasvirlanadi. Uning bo’yi bulutga yetadi, kuchli,
dengizda baliqni qo’li bilan tutib, quyosh taftida pishirib yeydi. U Nuh
payg’ambarni yelkasiga mindirib, toqqa olib chiqibdi. Tog’da to’rtta bahaybat
chinorni tomiri bilan sug’urib, ustiga Nuh payg’ambarni o’tirg’izib, dengiz bo’ylab
ravona bo’libdi. Nonushtaga bir hovuz suvga non to’g’rab yer ekan, chinordan
kema yasab, hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o’zi kemani tortib
ketibdi.
“Avesto” dagi adolatli shoh Jamshid ham shunday qudratli qahramon sifatida
tasvirlangan. Yetti yuz yil Amudaryoda hukmronlik qilgan er Xubbi, qahramonlik
rivoyatlaridagi To’maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush, Alpomish singari
qahramonlar ham o’z jismoniy barkamolligi tufayli yovuzlikka qarshi
kurashganlar.
Hozirgi paytda unumdor yerlar, tabiiy boyliklar, suv resurslarining kamayishi,
alkogolizm, narkomaniyaning kuchayishi singari salbiy omillar insonning jismoniy
barkamolligi, sog’lig’i, yoshlar salomatligini asrashni taqoza etmoqda. Komil
shaxs tarbiyasida jismoniy tarbiya muhim yo’nalishga aylandi. Xalq hamisha
jismoniy tarbiya – salomatlik garovi ekanligini tushungan. Shuning uchun
yoshlarga o’yinlar, milliy kurash turlari, sport musobaqalariga, toza havodan
foydalanishga alohida e‘tibor bergan. Quyosh nuri va suvdan foydalanib, sog’liqni
saqlash mumkinligini qadimdayoq tushunib yetgan. Ba‘zan o’z sog’lig’iga
e‘tiborsiz qaragan yoshlarga qarata aytiluvchi o’gitlar shular jumlasidandir:
“Ikki narsa yo’qotilganidan so’ng qadrlanadi – sog’liq va yoshlik”, “Tan
sihatlik – tuman boylik”, qozoqlar: “Kambag’alning boyligi - sog’lig’i”, - desa,
turkmanlar: “Sog’liq bo’lsa, erkinlik bo’ladi” deyishadi. Shuningdek, xalq
sog’liqni saqolash uchun “Boshingni salqin, oyog’ingni issiq tut” deb pand beradi.
Sog’liqni saqlashda ovqatlanish madaniyatiga amal qilishga chaqiradi: “Qorning
og’risa – og’zingni, ko’zing og’risa – qo’lingni tiy” va b.
Zararli odatlar oqibati achchiq ekanligi ta‘kidlanadi: “CHekuvchining ichi
ham, puli ham kuyadi”.
O’z avlodlarini sog’lom, baquvvat, botir bo’lishini orzu qilgan xalq
farzandlariga Quvvat, Polvon, Arslon, Botir, Qahramon, Bahodir, Murod, Komil
singari ismlar qo’yishni taomilga kiritgan. Dostonlar va ertaklar qahramonlari
qahramonlar darajasida tasvirlangan. Ular vositasida yoshlar jasoratiga, mardlik va
insonparvarlikka undalgan.
Jismoniy tarbiyada “Ko’pkari”, “Qiz quvdi”, “Olomon poyga”, “Uloq
tortish”, “Kurash” singari milliy o’yinlarning ahamiyati katta bo’lgan. Ular hozir
ham muhim ahamiyatga ega.
164
Mehnat tarbiyasi ham jismoniy barkamol qiluvchi, ham moddiy to’kin –
sochinlikni ta‘minlovchi vosita sifatida talqin etilgan. Mehnatsevar yoshlarni
tarbiyalash xalqning bosh maqsadi sifatida qo’yilgan: “Mehnat – mehnatning tagi
rohat”, “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik”.
Do'stlaringiz bilan baham: |