254
Yozgi marosimlar: “CHoy momo” (SHamol ona demakdir,
unda shamolda
mevalarni to’kilishdan saqlashga undalgan), va boshqalar.
Oilaviy-maishiy marosimlar jumlasiga to’y, (beshik) to’yi, sunnat to’yi, nikoh
to’yi, kelin salom,
motam marosimi, yig’i-yo’qlovlar va boshqalarda ko’zda
tutilgan kishining tarbiyaviy sifatlari ulug’langan, insoniyat qadr-qimmati yuqori
ko’tarilgan, insonparvarlik, yoshlarda
ularga havas, hurmat uyg’otishga undalgan.
Qo’shiqlar – voqelikni yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiradi.
“Qo’shiq” – turkiy “qo’shmoq” so’zidan olingan bo’lib, misraga misrani qo’shib
kuylash, aytish ma‘nolarini anglatadi.
Qo’shiqlarda xalq ma‘naviyati qudrati, irodasi ifodalanadi. U kishilarni ruhan
tetiklikka, jasoratga,
mehnatsevarlikka, vatanparvarlikka, do’stlikka,
sevgi
sadoqatga chorlaydi. Xalq qo’shiqlarining mehnat qo’shiqlari (dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik), lirik qo’shiqlar, tarixiy qo’shiqlar, termalar singari
turlari mavjud.
Doston – qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng
tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi,
axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik,
do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy
sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi.
Shuning
uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi.
Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”,
“bag’sha” so‘zlaridan olingan bo’lib, “ustod” , “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni
anglatadi.
Og’zaki drama – etnopedagogika yo’nalishidagi ijodning mustaqil turi bo’lib,
qadim zamonlarda vujudga kelgan. U xalq ongi, axloqiy
mezonlari, estetik didini
tarbiyalashga xizmat qiladi. Og’zaki dramada tomosha ko’rsatish bahonasida hayot
qiyinchiliklari, sinfiy munosabatlar fosh qilingan, tomoshabinda
zarur tarbiyaviy
sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilgan.
Og’zaki dramani qiziqchilar, askiyabozlar, masxarabozlar satirik uslubda ijro
etishgan. Ularda ochko’zlik, ko’zbo’yamachilik, zulm, adolatsizlik, zo’ravonlik,
buzuqlik kabi salbiy axloqiy sifatlar hajv va yengil kulgi ostida tanqid qilingan.
Askiya – arabcha “zakiy” so’zidan olingan bo’lib, “so’zamol”, “o’tkir”,
“zehnli” degan ma‘nolarni anglatadi. Askiya – so’z o’yini
yoki hozirjavoblar
musobaqasidir. Askiyaning payrov turida “Bo’lasizmi”, “O’xshatdim”, “Gulmisiz,
rayhonmisiz, jambilmisiz” kabi turlari mavjud. Ularda kishilarning salbiy xislatlari
achchiq kulgi vositasida tanqid (masxara) qilinadi. Askiya ko’pincha to’y, sayil,
marosimlarda uyushtiriladi. Askiya Farg’ona vodiysida keng tarqalgan bo’lib, u
kishiga estetik zavq berish bilan birga did-farosat, aql-zakovat, sezgirlik, topqirlik,
hozirjavoblik sifatlarini tarbiyalaydi. Insonni izza qilish vositasida o’z-o’zini
tarbiyalashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: